O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 0,52 Mb.
bet32/36
Sana12.05.2023
Hajmi0,52 Mb.
#937281
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Jazo

JK 51-moddasi 3-qismi hech qanday sharoitlarda davlat majburlovining mazkur chorasini qo‘llash yo‘l qo‘yilmaydigan shaxslar doirasini belgilaydi. Bu shaxslarga yoshidan qat’i nazar barcha ayollar, shuningdek, 18 yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslar va 60 yoshdan oshgan erkaklar kiradi.
Erkak jinsidagi shaxslarga umrbod ozodlikdan mahrum qilish qo‘llanishi mumkinligi masalasini aniqlashda sud quyidagilarni hisobga olishi lozim:

  • quyi yosh chegarasi yuzasidan (18 yosh) favqulodda jazo chorasining qo‘llanishi jinoyatni sodir etish paytiga kelib shaxs ushbu yoshga yetmagan holda yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda voyaga yetgan kuni deb tug‘ilgan kunidan keyingi kun hisoblanishi kerak;

  • sud hukmini e’lon qilish paytiga kelib sudlanuvchi 60 yoshga yetganda favqulodda jazo chorasini tayinlash mumkin emas. Bu holda oltmish yoshga to‘lgan kuni deb shaxsning tug‘ilgan kuni tan olinishi kerak. Shaxsning yoshini hisoblash masalasining ushbu hal etilishi JK insonparvarlik va adolat tamoyillariga to‘liq mos keladi.

Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni tayinlash uni albatta ijro etilishini anglatmaydi. Masalan, ushbu favqulodda jazo chorasini tayinlashda mahkumga majburiy tartibda afv etish huquqi tushuntirilishi lozim.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan shaxs JK 76- moddasi 3-qismiga muvofiq, afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin, agar jazoni o‘tash davrida mahkum qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishda faol


1 Ўша жойда, 4-банд, 1-хатбоши.
ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin berilishi mumkin.
Shuni nazarda tutish kerakki, jazoning ushbu turi qo‘llanishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni sodir etishda shaxsni aybdor deb tan olish to‘g‘risidagi ishlar tuman (tumanlararo) jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rilishi mumkin emas. JPK 389-moddasiga muvofiq, umrbod va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazolar qo‘llanishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasining harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, viloyat va Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarida ko‘rib chiqilishi mumkin.

    1. Download 0,52 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish