O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHATA’LIM VAZIRLIGI
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI RAHBAR VA MUTAXASISSLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
|
|
“Himoyaga ruxsat etaman"
O`quv va uslubiy ishlar bo`yicha prorektor
____________ N.F.Abdunazarova
"_______" ___________ 2021 yil
|
“Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi” yo`nalishi
21-guruh tinglovchisi
ABDISALOMOVA ZILOLA ANVAR QIZINING
MAKTABGACHA TA’LIMDA TA’LIMNI BOSHQARISH
mavzusidagi
KURSNI TUGATISH ISHI
Malakaviy loyiha ishi rahbari: M.B.Matnazarova
Toshkent-2021
ANNOTATSIYA
Raqobatbardosh maktabgacha ta’lim tizimini yaratish uchun unga yangicha boshqaruv tamoyillarini kiritish lozim. Ya’ni, bunda axborot, kadrlar, boshqaruv va moliyaviy resurslarining integratsiyalashuvi va hamkorligiga asoslangan tamoyillarni joriy etish talab etiladi. Maktabgacha ta’lim sohasidagi o‘quv muhitini yaratish va shakllantirishning samarali mexanizmlarini joriy yetish nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmog‘ini rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini yaxshilash va sog‘lom raqobat muhitini imkoni boricha tezroq shakllantirishga yordam beradi.
Agrippina Shin
Mamlakatimizda milliy genofondni mustahkamlash, yosh avlodni yetuk kadrlar etib tarbiyalash masalalariga so‘nggi besh yil ichida yanada e’tibor kuchaydi. Xususan, maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan.
Prezidentimizning 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi.
Muhtaram Prezidentimiz o‘z nutqlarida: “Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: ta’lim-tarbiya – biz uchun hayot-mamot masalasidir. Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi.”, - deb ta’kidlaydilar.[22]
Mazkur kursni tugatish ishida maktabgacha ta’lim tizimi, tizimdagi boshqaruv va unda olib borilayotgan islohotlar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |