O`zbekiston respublikasi maktabgachata’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va mutaxasisslarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Download 238 Kb.
bet5/16
Sana31.12.2021
Hajmi238 Kb.
#236288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
ABDISALOMOVA ZILOLA KURS ISHI

Birinchidan, yosh avlodga bog‘cha, maktab va oliygohda sifatli ta’lim-tarbiya berishni yo‘lga qo‘yamiz, ular jismoniy va ma’naviy sog‘lom, vatanparvar insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz.

Ikkinchidan, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan insonlar etib voyaga yetkazamiz.

Uchinchidan, o‘g‘il-qizlarimizni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, ish va uy-joy bilan ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz.

Bir so‘z bilan aytganda, bola tug‘ilganidan boshlab, 30 yoshgacha bo‘lgan davrda uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o‘rin topishi uchun ko‘mak beradigan, yaxlit va uzluksiz tizim yaratiladi.[10]

Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga o‘n, yuz barobar ko‘p foyda keltiradi.

Yangi O‘zbekistonni ana shunday bilimli va bunyodkor yoshlarimiz bilan birgalikda barpo etamiz.

Ana shu muhim yo‘nalishlarda boshlagan ishlarimizni davom ettirish va yangi, yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida 2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nom berildi.

2021 yil nomida belgilangan sohalarni tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish bo‘yicha maktabgacha ta’lim sohasida quyidagi keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish belgilab olindi.

Jumladan, bola dunyoga kelganidan boshlab, unda aynan maktabgacha bo‘lgan yoshda aqliy faollik oshadi, axloqiy-estetik va jismoniy xislatlar shakllanadi.

Shu bois ham kelgusi yillarda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish borasidagi strategik maqsadimiz – bog‘cha yoshidagi har bir bolani ushbu ta’lim yo‘nalishi bilan to‘liq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat.

Kelgusi yil yakuni bilan maktabgacha ta’lim qamrovini 65 foizga, 2023 yil oxirida esa 75 foizga yetkazishimiz kerak. Bu ishlarga byudjetdan 600 milliard so‘m subsidiya berish hisobidan qo‘shimcha ravishda 2 mingta nodavlat bog‘cha tashkil etilib, xususiy sektor ulushi 25 foizga yetkaziladi. Shuningdek, 2021 yilda maktabga tayyorlashning bepul tizimi bilan 560 ming nafar 6 yoshli bolalar yoki ularning 82 foizi qamrab olinadi. Uzoq qishloqlarda maktabgacha ta’limning muqobil shakllari yanada kengaytiriladi. Bunda YUNISEF hamda Jahon banki bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta’limni uyda berish modeli ham yo‘lga qo‘yiladi, - deydi Prezidentimiz o‘z nutqlarida.[22]

Ma’lumki, farzandni odob-axloq doirasida voyaga yetkazish, uni komil inson etib tarbiyalash jamiyat taraqqiyotini belgilovchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Insonlar va jamiyatga nafi tegadigan insonni tarbiyalash, avvalo, ma’naviyatli va ma’rifatli ota-onaning oilada tashkil etadigan oqilona tarbiyasiga, shuningdek, turli ta’lim bosqichlaridagi tarbiyaviy jarayonlarga mustahkam bog‘liqdir. Shuning uchun oila hamda ta’lim-tarbiya muassasalarida bu borada samarali faoliyatlarni tashkil etish maqsadga muvofiq. Bu jarayonni tizimli ravishda, ishlab chiqilgan mukammal dastur va rejalar asosida olib borish zarur. Shu jihatdan, bu borada muhim metodik qo‘llanmalarga, didaktik ta’minot takomiliga ehtiyoj yuqori.

Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etilmasdan avval tizimda zamonaviy dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash boʻyicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan, taraqqiy etgan mamlakatlar singari ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof-muhit bilan tanishuvga yoʻnaltirilgan maxsus davlat taʼlim dasturlari tatbiq qilinmagan edi. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlib, bolalarni maktab taʼlimiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermas edi.
Bundan tashqari, maktabgacha taʼlim sifati monitoringini yuritish tuzilmaviy va tashkiliy jihatdan nazarda tutilmaganligi sababli, maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi taʼlim jarayonining sifati, samaradorligini baholash zamon talablariga umuman javob bermagan.

Maktabgacha taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, bolalarni maktabgacha taʼlim bilan bosqichma-bosqich toʻliq qamrab olishni taʼminlash maqsadida Prezidentimizning 2017-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmoni bilan Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi.


Vazirlik tashkil etilganidan soʻng ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Respublikada davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari orasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bosqichma-bosqich qamrab olinishini taʼminlash, ularga soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish, byudjetdan subsidiyalar ajratish, shuningdek, bolalarning maktabgacha taʼlimi va tarbiyasining muqobil shakllari amaliyotga tatbiq etilmoqda.

MTT milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob oʻqishga qiziqishni uygʻotuvchi oʻquv-metodik, didaktik materiallar, oʻyin va oʻyinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan taʼminlanmoqda.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni hisobga olgan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir boʻlgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari qayta tayyorlanib, malakasi oshirilmoqda. Buning uchun Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tashkil etildi.

Prezidentimizning 2019-yil 8-maydagi tegishli qarori bilan tizimni yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha taʼlimdan teng foydalanishini taʼminlash, maktabgacha taʼlim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi.

“Vazirlik tashkil etilgandan buyon 2 yil davomida biz oʻsish dinamikasini kuzatmoqdamiz, barcha oʻzgarishlar ham oson amalga oshavermaydi”, – dedi maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin. – “2019-yildagi eng murakkab holat bu maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yoʻllanma olish boʻyicha elektron navbat algoritmidagi oʻzgarish boʻldi. Arizalar topshirishdagi qoʻpol xatolar tufayli tizim algoritmlarini oʻzgartirishga toʻgʻri keldi. Ushbu qadam bolalarning 1 millionga yaqin elektron navbatini 480 mingga qisqartirish imkonini berdi. Joriy yil dekabr oyida “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida“gi qonunning qabul qilinishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qonun bilan 6 yoshli har bir bola maktabgacha 1 yillik majburiy tayyorgarlikdan oʻtishi shartligi, jumladan, maktabgacha taʼlimning turli shakllari belgilandi. Shuningdek, sudlanganlar yoki turli salbiy sabablar bilan ishdan boʻshatilgan fuqarolarning sohada ishlashi uchun qatʼiy taqiqlar oʻrnatildi. Bu esa korrupsionerlar yana rahbarlik lavozimiga qaytishi va talon-taroj bilan shugʻullanishining oldini oladi.”

Taʼkidlanishicha, vazirlikning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olingan. Bunda asosiy eʼtibor yangi MTT binolarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, bir paytlar bogʻcha boʻlgan binolarni qayta vazirlik hisobiga qaytarish, maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini joriy etish kabi chora-tadbirlarni bajarishga qaratiladi.

Maktabgacha taʼlimning muqobil shakllari MTTlarda oʻrin yetishmasligi muammosini tez, ortiqcha chiqimlarsiz samarali yechish imkoniyatini beradi. Bu shakllar, ayniqsa, MTTlar qurish imkoniyati boʻlmagan chekka va aholi soni kam boʻlgan hududlarda katta samara beradi. Vazirlik tashkil topganidan buyon MTTning oilaviy avtobuslardagi mobil, dengiz konteynerlari asosidagi modul, shuningdek, toʻliq kunli boʻlmagan muqobil shakllari joriy etildi.

Mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tizimida nodavlat sektorini rivojlantirish allaqachon boshlab yuborilgan. Ayni kunda Oʻzbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 6 mingtadan oshdi. 2021-yilda yana 2 mingta oilaviy hamda davlat-xususiy sheriklik asosidagi 420 nodavlat MTT ochish rejalashtirilgan. 992 loyihaga ajratilgan imtiyozli kreditlar hajmi 1 trillion 1628 milliard soʻmga yetdi.

2020-yildan boshlab MTTlarga xoreograf va ikkinchi til oʻqituvchisi, shuningdek, metodistlar uchun qoʻshimcha shtatlar kiritildi.”[23]

Vazirlik turli imtiyozlar joriy etish yoʻli bilan aholini faol ijtimoiy qoʻllab kelmoqda. Masalan, 1 oiladan MTTga 2 yoki undan ortiq bola qatnayotgan boʻlsa, ular uchun toʻlov 28 foizga kamaytiriladi. Kam taʼminlangan oilalar farzandlari MTTning tarbiyalanuvchilari umumiy sonining 15 foizigacha hamda maʼlum jismoniy va psixik nuqsonlarga ega tarbiyalanuvchilar davlat MTTlariga bepul qamrab olinadi. Aholining ijtimoiy turmush darajasi nisbatan past boʻlgan 65 tuman va 1 aholi punktida toʻlovlar 50 foizga pasaytirilgan.

Maktabgacha taʼlim tizimida moliyaviy huquqbuzarlikka qarshi kurash izchillik bilan amalga oshirilmoqda. 2019-yil vazirlik ichki audit xizmati tomonidan 20 milliard soʻmdan ortiqroq hajmdagi moliyaviy huquqbuzarliklar aniqlangan. Bunda noqonuniy xarajatlar va talon-torojlar, davlat xaridlari borasidagi qonun buzilishlari, mablagʻlarni maosh va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga noqonuniy sarflash holatlari kuzatilgan. 431 holat boʻyicha materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan. Aniqlangan qonun buzilish faktlari boʻyicha 3,6 milliard soʻm undirilgan.

Toshkent shahrida oʻtkazilgan tekshiruvlar maxsus ixtisoslashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi oʻrinlarning 70 foizdan 94 foizgachasi sogʻlom bolalar bilan bandligini koʻrsatdi va shu sababli ular qayta tashkil etildi. Natijada barcha reabilitatsion muolajalar va kuchaytirilgan korreksion ishlarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi 18 koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan MTT tashkil etildi. Qolgan MTT quvvati 7 ming 600 oʻrinli boʻlgan umumiy tipdagi MTTga aylantirildi. Qayta tashkil etish orqali alohida parvarishga muhtoj bolalarni zarur sharoitlar bilan taʼminlash, shuningdek, sogʻlom bolalar uchun 4 ming 600 oʻrinli MTT yaratish imkoniyati tugʻildi.

2019 yildan vazirlik maktabgacha taʼlim tizimiga inklyuziya prinsiplarini faol joriy etib bormoqda. Joriy yil aprel oyida Toshkentda sogʻlom va alohida parvarishga muhtoj bolalar birgalikda tarbiyalanishi uchun maxsus MTT oʻz faoliyatini boshladi.

2020 yildan reabilitatsiya markaziga ega MTT tarmogʻi kengaymoqda. “Pedagoglar sonini koʻpaytirish, shuningdek, xodimlarni saralash, tayyorlash va malakasini oshirishga yangi yondashuvlarni tatbiq etish ishlarini davom ettiramiz”, – dedi maktabgacha taʼlim vaziri A.Shin. – “Vazirlik vakillari masʼul xodimlar faoliyatini har daqiqada nazorat qilish imkoniga ega emas. Shuning uchun ham MTTlarda malakali, vijdonli kadrlar ishlashi biz uchun nihoyatda muhim.”

MTTlarda bolalarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashlash ham doimiy eʼtibor markazida boʻlib kelmoqda. Bu borada tadbirkorlarning autsorsing asosida xizmat koʻrsatish tizimi joriy etildi. Bu usul MTT direktorlariga asosiy diqqatini taʼlimga qaratish imkoniyatini yaratishi bilan ham yanada ahamiyatlidir.

Vatanimiz hayotida tub o‘zgarishlar kechayotgan bir davrda ta’lim va tarbiya tizimi ma’naviy yangilanishlarning yorqin istiqbollarini ochib bermoqda. Albatta, bu jarayonda uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirish katta ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy tarbiyani maktabgacha ta’lim davridan boshlab, ya’ni bola dunyoga kelishi va uning o‘sib-unib borishi jarayonida tizimli olib borish inson kamolotida muhim o‘rin tutadi. Bu borada davlatimiz rahbarining 2018 yil 14 fevralda maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish chora tadbirlari natijalarining tahlili bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda “Bolalarimizning go‘dakligidan ongi va tafakkurini to‘g‘ri shakllantirib bormasak, kelajakda yuksak saviyali, bilim va ma’naviyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash qiyin kechadi”,- deya ta’kidlagani ham bejiz emas.

Shu jihatlarni e’tiborga olgan holda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida bir guruh taniqli pedagog, psixolog olimlar ishtirokida uch bosqichli (oila – 0-3 yoshgacha; matabgacha ta’lim muassasasi – 3-7 yosh; umumiy o‘rta ta’lim – 7-17 yosh) uzluksiz ma’naviy tarbiya trilogiyasi metodik qo‘llanmasi yaratildi va amaliyotga joriy etila boshlandi. Shakllangan axloqiy ko‘rsatkichlarni qayta ishlashdan ko‘zlangan maqsadga erishish bir qadar samarasiz kechishini e’tiborga olgan soha xodimlari ma’naviy tarbiya jarayonini to‘g‘ri va samarador tashkil etishda yosh va fiziologik, intellekual xususiyatlarni birlamchi vosita sifatida talqin qilib, shaxs ma’naviy qiyofasini bosqichma-bosqich, tizimli ravishda shakllantirib, takomillashtirib borish yuzasidan muhim didaktik tavsiyalarni ilgari surishadi. Bu yo‘nalishdagi faoliyatda, ayniqsa, maktabgacha ta’lim bosqichi bilan bog‘liq masalalarning ham keng qamrab olinganligi, maxsus yondashilganligi diqqatga sazovor. Jumladan, uch bosqichli ma’naviy tarbiya trilogiyasining birinchi qismi “Yosh ota-ona kitobi”da 0-3 yoshgacha bo‘lgan davr oralig‘ida berilishi lozim bo‘lgan ma’naviy tarbiya bo‘yicha ota-onalar va tarbiyachilar mas’ulligi, milliy qadriyatlarni mujassamlashtirgan muhim tavsiyalar o‘z aksini topgan. “Baxtli bola ma’naviyati” nomli maktabgacha ta’lim yoshidagi (3-7 yosh) bolalarni tarbiyalash mazmunini takomillashtirishga qaratilgan, bu boradagi tarixiy-an’anaviy, milliy va zamonaviy yondashuvlar, xalqaro tajribaga tayanilgan. Kuzatishlardan oydinlashadiki, zamonaviy pedagogik tizimda maktabgacha ta’lim sohasi nisbatan yangilandi va takomillashtirildi. Shunga ko‘ra, maktabgacha tarbiya muassasalarini zaruriy metodik manbalar bilan boyitish, didaktik materiallar bilan ta’minlab borish dolzarb va kechiktirib bo‘lmaydigan masalalardan biri bo‘lib qoladi.[13]



    1. Download 238 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish