FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………….………46-47 bet
KIRISH
Ma’lumki, Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etilmasdan avval tizimda zamonaviy dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash boʻyicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan, taraqqiy etgan mamlakatlar singari ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof-muhit bilan tanishuvga yoʻnaltirilgan maxsus davlat taʼlim dasturlari tatbiq qilinmagan edi. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlib, bolalarni maktab taʼlimiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermas edi.
Bundan tashqari, maktabgacha taʼlim sifati monitoringini yuritish tuzilmaviy va tashkiliy jihatdan nazarda tutilmaganligi sababli, maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi taʼlim jarayonining sifati, samaradorligini baholash zamon talablariga umuman javob bermagan.
Maktabgacha taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, bolalarni maktabgacha taʼlim bilan bosqichma-bosqich toʻliq qamrab olishni taʼminlash maqsadida Prezidentimizning 2017-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmoni bilan Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi.
Vazirlik tashkil etilganidan soʻng ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Respublikada davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari orasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bosqichma-bosqich qamrab olinishini taʼminlash, ularga soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish, byudjetdan subsidiyalar ajratish, shuningdek, bolalarning maktabgacha taʼlimi va tarbiyasining muqobil shakllari amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Maktabgacha ta’lim tizimini yaxlit uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish maqsadida maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy standartlarini ishlab chiqish va joriy etish hamda maktabgacha ta’lim tizimiga joriy etilayotgan ta’lim usullari va dasturlarini tahlil qilish va samaradorligini baholash ishlari belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlangan bo‘lib, bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari, boshqa idoraviy mansub tashkilotlarning nizomlari va tuzilmalarini, shuningdek, ularning boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini tasdiqlash huquqlari berilgan.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari, ta’lim-tarbiya dasturlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari talablariga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiena, ijtimoiy-kommunikativ rivojlanish, nutq, o‘qish va chet tillarni o‘rganish, bilish jarayoni, dunyo haqidagi bilimlar va dunyoni anglashi, ijodiy-estetik rivojlanishini ta’minlaydi.
Ushbu kurs ishida maktabgacha ta’lim sohasida ta’limni boshqarish, MTT ta’lim-tarbiya jarayoni va uni tashkil etishda direktorning faoliyati yoritilgan bo‘lib, kurs ishi “Maktabgacha ta’limda ta’limni boshqarish” deb nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |