MAVZU: BOLALAR NUTQINING TOVUSH MADANIYATINI TARBIYALASH USLUBIYOTI Reja: Kirish. I BOB. BOLALAR NUTQINING TOVUSH MADANIYATINI TARBIYALASHNING NAZARIY ASOSLARI 1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tovush madaniyatini tarbiyalash
1.2. Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan organlar.
II BOB. NUTQNING TOVUSH MADANIYATINI TARBIYALASH YO’LLARI 2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining tovush madaniyatini tarbiyalash usullari.
2.2. O’rta guruhda tovush madaniyatini tarbiyalash faoliyatlarini tashkil etish.
Xulosa va tavsiyalar. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Ilovalar. Kirish Mavzuning dolzarbligi. Muhtaram yurtboshimiz maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish naqadar zarur ekanligi haqida shunday ta’kidlagan edi: “Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta'lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: ta'lim-tarbiya – biz uchun hayot-mamot masalasidir. Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlanadi”1.
Har bir oila barkamol avlodni tarbiyalash uchun qayg’urishi lozim. Shu bois “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunining yangi tahririda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashning asosiy omili bo’lgan kadrlarni tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berildi. Sog’lom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yo’nalishidir.
So’nggi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli, vosita va metodlarning yangilashga alohida e’tibor berilmoqda. Davlat va jamiyat maktabgacha yoshda bo’lgan bolalarni yagona talab asosida rivojlantirish vazifasini qo’ydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo’yilgan davlat talablariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga integral tarzda ta’lim-tarbiya berish maqsadida tayanch dasturlari taqdim etilmoqda. Bu tayanch dasturlari bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb etilmagan bolalarni har tomonlama rivojlantirish va yagona davlat talablari asosida maktabga tayyorlash imkonini beradi va bunda ota onalarning ro’lini kuchaytirish ularning tarbiyasi barkamol avlodlar yetishtirishlarida davlatimiz tomonidan ko’plab ishlar olib borilmoqda.
Ota-ona va maktabgacha ta’lim muassasalarini hamkorligini oshirish ular o’rtasida turli xil treninglar o’tkazish va bu treninglarning vazifasi maktabgacha ta’lim muassasa uslubchisi, maktabgacha tayyorlov guruh tarbiyachisi va tarbiyalanuvchilari hamda ularning ota-onalari, boshlang’ich sinf o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilishi bola rivojlanishida to‘g’ri tashxis qo'yishga yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida kamol topayotgan bolalarning nutq madaniyatini oshirishda yangi mashg’ulotlardan foydalanish zarur. Bolalarga dunyo tan olgan mashg’ulotlarga murojaat qilmog’imiz kerak. Ularning yanada kengroq namayon bo’lishlarida so’zlarining ravon chiqishida tovush ma’daniyatining ham hissasi salmoqli chunki bolada tovush ma’daniyati rivojlansa uning erkin so’zlashi, erkin tinglash, so’zlarning tutilmasdan aytish kabi jihatlar rivoj topadi. Bunday nutq madaniyati hozirgi zamonaviy MTMlari o’zlarida keng miqyosda sinab ko’rishmoqda. Bu esa kelajak avlodlar har tomonlama yetuk inson bo’lib yetishishlari uchun zarur ahamiyatga ega.