- “Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib, biron-bir o‘zgarishsiz farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlanadi”.
- Sh.M.Mirziyoev
- “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi bo’yicha “Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv (rivojlanish sohasi)” mavzusida mashg’ulotni tashkil etish va o’tkazish metodikasi
- Tayyorladi: Badalova Dilshoda Ikromjonovna
- Annotatsiya: Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o‘rtoqlarini o‘sishiga yordam beradi.
- Mundarija 1.Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘rni.
- 2.Pedagog olimlarning tarbiyachi shaxsi to‘g‘risidagi fikrlari.
- 3.Tarbiyachi kompetensiyasi
TARBIYACHI AVVALO, BILIMLI BO‘LISHI, O‘ZI YASHAB TURGAN ULKAN HAYOTINI BILISHI, TABIAT VA JAMIYATNING QONUNIYATLARINI TUSHUNISHI, IJTIMOY FAOL BO‘LISHI, UMUMIY VA MAKTABGACHA TARBIYA PEDAGOGIKASINI, BOLALAR RUHIYATI VA FIZIOLOGIYASINI EGALLASHI VA BOLALARNING YOSH XUSUSIYATLARINI BILISHI KERAK. - “Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz... tarbiyachi bolalarimizga zamonaviy bilim berishi uchun avvalo, murabbiyning ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”. Yuqoridagi qayd etilgan fikrlardan bugungi kun tarbiyachisi shaxsiga nisbatan qo‘yilayotgan talablarning naqadar muhimligini anglash lozim.
- Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, ahloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, unda “men”obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.
- “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
- Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |