O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish


Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalaridagi qo’rquv va ularning psixologik xususiyatlari



Download 3,84 Mb.
bet3/20
Sana21.03.2022
Hajmi3,84 Mb.
#505289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
QO\'RQUV TAVSIYANOMA

Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalaridagi qo’rquv va ularning psixologik xususiyatlari
Qo’rquv - bu xavf hissi tufayli yuzaga keladigan psixologik jarayondir. Psixologiyada qo'rquv salbiy hissiy jarayon hisoblanadi. Rus psixolog va shifokor A. I. Zaxarov qo'rquvni "inson hayoti va farovonligi uchun muayyan tahdidning ongda hissiy aks ettirish" deb ta'riflagan. Bolalardagi qo'rquv - yoshga xos tarzda xavotirlanish, tashvish, haqiqiy yoki xayoliy tahdidga javob sifatida paydo bo'ladi. Tashxis psixolog, psixoterapevt, psixiatrlar tomonidan amalga oshiriladi. Suhbat metodi, anketa - so'rovnomalar, proektiv testlar kabi metodlardan foydalaniladi. Korreksion ishlar psixoterapiyalar, psixologik metodlar va ota-onalarga tavsiyalar berish orqali amalga oshiriladi. Har bir ota – ona, pedagog ertami kechmi bolaning yolg'iz qolishdan, qorong'ulikdan, biron ishni qilish yoki qilmaslikdan qo'rqish singari holatlarga duch keladi.
Bolalarning tasavvuridagi qo'rquvlarga holatlar juda ham ko'p. Ularni birma bir aytib o'tishning hojati bo'lmasa kerak. Ota-onalar, pedagog hodimlar ana shunday vahima va qo'rquvlardan yakuni ijobiy yakun topishida o'z farzandlarimizga ko'mak berishimiz kerak. Qo'rquvni boshqarish orqali biz uni boshqara olamiz va farzandlarimiz ustidan g'olib chiqishiga yo'l qo'ymaymiz. Qo'rquv, vahima, aybdrolik hissi va jahl kabi hissiyotlar aksariyat (balki barcha) kasalliklarning asosida turadi. Kichkintoylarda qo'rquv hissi qayerdan paydo bo'ladi?
Qo'rquv - bu tabiiy his etish jarayonidir. U juda katta kuchga ega bo'lib, bizning hayotga o'z ta'sirini o'tkazadi. Yuqorida ta’kidlanganidek ushbu hissiyot himoya vazifasini bajarib, havf paydo bo'lish paytida ishga tushadi.
QO'RQUVLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI!
Biz hammamiz qo’rquvni boshdan kechirishni yoqtirmaymiz, bu yoqimsiz va og’riqli tuyg’u va tabiiyki, biz farzandlarimiz ham buni boshdan kechirishni xohlamaymiz. Bolalardagi qo’rquvlar juda boshqacha. Ular zulmatdan, shovqindan, tushunarsiz soyalardan va g’ayrioddiy nurdan qo’rqishadi, yolg’iz qolishdan qo’rqishadi, ular shifokorlar va politsiyachilardan, jazodan, maktablardan, bolalar bog’chalaridan qo’rqishadi. Bundan tashqari, hatto chivin, sirk masxarabozi, pochtachidan qo’rqadigan bolalar ham bor. Umuman olganda, aksariyat bolalar qo’rquvi paydo bo’ladi va izsiz yo’qoladi, lekin ko’pincha qo’rquv saqlanib qoladi, bola buni yashiradi, lekin hayotda o’ziga ishonch va xotirjamlikka ega bo’lmaydi.
Bolaning qo'rquvlarini hisobga olmagan holda, befarq bo'lmang, ayniqsa ularning ustidan kulmang. Har bir yoshda o'ziga xos qo'rquv turlari mavjud.
Bir yoshgacha bo'lgan bolalarni baland tovushlar va ovozlar yoki onaning uzoq yo'q bo'lishi qo'rqitadi. Ikkidan uch yoshgacha bo'lgan bolalarni turli jazolar, og'riq va shu bilan bog'liq bo'lgan shifokorlar huzuri, shu bilan birga yolg'iz qolish va qorong'ulikda qolish qo'rqitadi. Uch yoshdan so'ng bolaning tasavvur etishi juda keng rivojlanadi, bola o'zi o'ylab topgan yoki hayolida tasvirlab olgan narsalari sababli qo'rqish holatlari yuzaga kelishi mumkin.
Bola qancha katta bo'lsa, uning qo'rquvlari ham shuncha ongli tusni egallay boshlaydi. Olti-yetti yoshlik bolalar momaqaldiroq, balandlik va chaqmoqdan qo'rqishni boshlaydilar. Boladagi qo'rquvni ma'lum, undagi sifatni rivojlantirish usuli sifatida qarang va ularni yengib o'tish va nima sababdan aynan shunday o'zini his etayotganini tushuntirish lozim. Tushuntirish ishlari esa bolaga kelajakda asqotadi. Insondagi qo'rquv hissi bu o'zini himoya qilish kabi foydali vazifani bajaradi. Lekin uning me'yordan ortiq ko'payib ketishi havflidir, u bolaning ruhiyatiga ta'sir etadi. Bola qo'rqqanida sizdan yordam qo'lining albatta kelishini aniq bilishi kerak, u nimadan qo'rqayotganini va o'sha tuyg'ulari haqida sizga so'zlab berishi kerak.
Tasvirlab, so'zlab berilgan qo'rquv hissiyoti - bu uni yengishdagi yarim yo'l deb aytsa ham bo'ladi. Bola uchun ana shu tuyg'uni his etish juda dahshatlidir, lekin ota-onaning bolani tushunmasligi bu undan ham dahshatliroqdir. Bola o'z ota-onasidan mehr-muhabbatni, qo'llab-quvvatlashni kutib turadi.
Farzandingizni tushunayotganingizni unga ayting va siz ham kichkina bo'lganingizda u kabi qo'rqqanligingizni aytib unga dalda bo'ling. O'sha sizni yoshlikda qiynagan qo'rquvlar haqida bolaga so'zlab bering va ularni qanday MUVAFFAQIYAT BILAN YENGANINGIZNI so'zlab bering. Bunday yo'l tutishingiz bolaga juda katta kuchni beradi. Agarda siz o'z farzandingizni tushunmasangiz va bolaga jahl qilsangiz, siz aksincha noto'g'ri qilgan bo'lasiz - bunday yo'l bola sizdan kutgan va unga muhtoj bo'lgan qo'llab-quvvatlashingizdan judo bo'lib, shu bilan birga undan juda katta kuchni olib qo'yasiz, bu bilan qo'rquvning bola ustidan g'olib kelishiga sababchi bo'lasiz.
Ruhiy jihatdan sog'lom bolajonlarda qo'rquvning asosan 2 turi kuzatiladi:

Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish