O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish


ota-ona ibratidan kuchliroq va mustahkamroq



Download 3,84 Mb.
bet2/20
Sana21.03.2022
Hajmi3,84 Mb.
#505289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
QO\'RQUV TAVSIYANOMA

ota-ona ibratidan kuchliroq va mustahkamroq
o’rin oladigan ibrat yo’q”
Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolalarning psixik salomatligi, ijobiy tomonlama yuksalishi, ta’lim tarbiya jarayoniga samarali usullarni qo’llash bo’yicha maktabgacha ta’lim tizimida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishni ta’minlash, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3955-son qaroriga muvofiq, maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama, intellektual , axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shar-sharoitlar yaratish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg’or pedagogik ishlarni, innovatsiyalarni olib kirishga keng imkoniyatlar yaratildi. Kelajak avlodni salomat va baxtli voyaga yetkazish nafaqat ota -onalar balki, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi pedagoglar jamoasi uchun ham muhim vazifa hisoblanadi. Sog’lom bola bu - eng avvalo, hayotsevar, quvnoq, ijodkor, atrofdagi olam hamda o’zi haqidagi bilimlarni o’rganishga ishtiyoqmand boladir. Aynan psixologik sog’lom bolalarni tarbiyalash maktabgacha ta’lim tashkilotlarining muhim vazifalaridan biri.
Bunda maktabgacha ta’lim psixologining o’rni beqiyos. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolalarning psixologik jihatdan rivojlanishi bolalarning yosh davrlarini o’rganilishi va tegishli hamda asosli xulosalar berilishi psixologlarga bog’liq. Bola shaxsini rivojlantirish , bolalarning ruhiy va jismoniy tomonidan rivojlantirish ma’lum ma’noda maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologiga tegishli hisoblanadi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti psixooglarini saviyasini oshirish davr talabi hisoblanadi. Ota – onalar va bolalar o’rtasidagi munosabatlar inson hayotida muhim o’rin egallaydi. Ota – onalarning munosabati bolaning birinchi taasurotlarini anglatadi va boshqalar bilan keying barcha aloqalar ohangini belgilaydi. Mustahkam oilaviy rishtalar mustaqillik, qiziquvchanlik, o’zini – o’zi anglash va qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Shunday ekan har bir bolaning sog’lom bo’lib rivojlanishida eng asosiy roni ota – ona o’ynaydi. Ammo hozirgi kunda ko’pgina ota – onalar farzandlarida kuzatilayotgan psixologik o’zgarishlarni bilib bilmaganlikka, yoki shu holda qoldirishga, e’tibor bermaslikka harakat qilishadi. Bu ularning eng katta xatolari ekanligini afsuski kech anglaydilar. Psixologik xizmatda psixokorreksion ishlarning samarali yo’lga qo’yilishi maktabgacha ta’lim muassalarida psixologik iqlimning yaxshilanishiga bolalarning erkin va faol rivojlanishiga yordam beradi. Bolalarning qo’rqishi muammosi ancha dolzarb bo’lib, psixologlar orasida keng muhokama qilinadi. Gap shundaki , agar vaqtida mos keluvchi choralar ko’rilmasa , oddiy bolalar qo’rquvi havotirlik yoki qanchalik mantiqqa zid yangramasin , tajavuzkorlik kabi xarakter jihatlariga aylanadi. Ushbu tavsiyanoma bolalarga ta’lim va tarbiya berishning samarali usullarini qidirib topish bilan bog’liq urinishlaringizni osonlashtirish maqsadida berilayotgan mavzular maktabgacha ta’lim tashkilotlari psixologlari, tarbiyachilari va bolalarning ota – onalari, yaqinlariga murosa qilish qiyin bo’lgan ba’zi toifadagi bolalar bilan qanday ish olib borish, ularni boshqalardan ajratib olishlari oson bo’lishi uchun yaratilgan. Ushbu tavsiyanoma maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida olib boriladigan korreksoin ishlarning bir bo’lagi sifatida qo’llaniladigan metodikalar, ulardan foydalanish usullari, ijobiy tomonlarini yoritib beradi. Bolalarning xulqida, bilish jarayonlarida, nutqi hamda psixosomatikasida kechayotgan o’zgarishlarni aniqlash, ruhiyatidagi salbiy o’zgarishlarni bartaraf etishda yuzaga keladigan qiyinchilik sifatida, maktabgacha ta’lim pedagog-psixologlari uchun sodda bo’lsada, qo’llanmalar yetishmasligini keltirishimiz mumkin. Tavsiyanomamizda keltirilgan ma’lumotlar va mashg’ulotlar asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologlari maktabgacha yoshdagi bolalarning qo’rquvini aniqlash va ularni bartaraf etishda korreksion hamda korreksion- rivojlantiruvchi ishlarni samarali olib borishda, ota-onalar, pedagoglar bilan birgalikda, bolalarning psixologik salomatligini saqlashda, ularni ijtimoiy hayotga faol tayyorlashda foydalanishlari mumkin.

Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish