O‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi o‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti xalq ijodiyoti fakulteti



Download 56,7 Kb.
bet2/9
Sana16.06.2021
Hajmi56,7 Kb.
#68217
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqillikkacha bo'lgan davr dramaturgiyasi

I. KIRISH


XX asr oʻzbek madaniyati va sanʼatida uning rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan, ijro etgan rollari, yaratgan obrazlari bilan xalqimizning koʻnglidan joy olgan, oʻz ovozi, uslubiga ega boʻlgan atoqli sanʼatkorlarning nomi talaygina. Lutfixonim Sarimsoqova (1896 yil, 8 may, Fargʻona), Gʻani Aʼzamov (1909 yil, 9 may, Toshkent), Abbos Bakirov (1910 yil, 16 may, Andijon), Qudrat Xoʻjayev (1911 yil, 5 may, Toshkent), Mukarrama Turgʻunboyeva (1913 yil, 31 may, Fargʻona)… Taqdirni qarang-ki, yuqorida nomlari zikr etilgan sanʼatkorlarning beshalasi ham oʻzbek, ayni chogʻda jahon madaniyati va sanʼatida oʻchmas iz qoldirgan noyob isteʼdod egalari boʻlib, ularning barchasi may oyida tavallud topgan ekanlar. Bu ulkan sanʼatkorlarning nomlarini tilga olishimiz hamono ijro etgan rollari, yaratgan obrazlari, qahramonlarining yorqin qiyofalari koʻz oʻngimizda gavdalanadi.

Jadid teatri va dramaturgiyasining muhim xususiyati — uning oila ha­yotini tasvirlash bilan inson qalbiga kirib borish, uni ma’rifiy tarbiyalash va shu orqali jamiyat hayotida avj olib borayotgan milliy uyg’onish g’oyalarini tarannum etishda ko’ringan edi.

Jadid ma’rifatparvarlari yoqqan ma’rifat mash’ali qariyb 1930-yillarga qadar yangi g’oya va intilishlar bilan teatr hamda dramaturgiyaga kirib kelgan ahli san’at yo’llarini yoritib turdi.

Shuni ta’kidlash joizki, o’zbek teatri milliy mahdudlik qobig’ida o’ralashib qolmay, balki o’z taraqqiyoti yo’lida jahon teatri tajribasini o’zlashtirib bordi. «Turon» truppasida boshlangan o’zga xalqlar dramaturgiyasini sah­nalashtirish tajribasi keyinroq, o’zbek sahnasiga Shiller, Gogol, Shekspir singari dramaturglar asarlarining kirib kelishi bilan davom ettirildi. O’zbek aktyorlarini 1924—1927-yillari Boku teatr texnikumi va M. Uyg’ur, Cho’lpon rahbarligida Moskva teatr studiyasida tahsil ko’rganliklari ularning kasbiy darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Moskvadagi ta’lim davri rus teatrida turlicha uslubiy yo’nalishlar, izlanishlar avj olgan davrga to’g’ri kelgan edi. O’zbek aktyorlari bu shov-shuvli teatr hayotini astoydil kuza­tadilar, o’rganadilar. Lekin shunisi e’tiborliki, ularga taqlid qilish, uslublarini ko’r-ko’rona qabul qilish yo’lidan bormaydilar. Cho’lpon «Meyer­xold teatri» degan maqolasida, masalan, 1920-yillarda Moskva teatri ha­yotining yalovbardoriga aylangan bu rejissorning shon-shuhrati haqida ilhom bilan qalam tebratgan bo’lsa-da, lekin biron joyda unga ergashish, undan andoza olish fikrini olg’a surmaydi. «Bu teatrning soddaligi biz uchun kerak. Ko’pchilikka yaqin kelishi biz uchun lozim. Bizning xalq teatri unsurlaridan ba’zilari bu teatrda bor» (Cho’lpon. «Adabiyot nadir», 111-bet). Ya’ni ulug’ shoir chet ta’sirlarga nisbatan sezgir, hushyor tu­rishga da’vat etib, faqat o’zbek xalq teatriga xos «ba’zi unsurlar», «soddalik», «ko’pchilikka yaqinlik» jihatlarini olish mumkinligi g’oyasini olg’a surgan.

Bu o’zbek teatrining dastlabki davrdanoq o’z milliyligini asrash yo’lida qat’iy turganligidan guvohlik beradi. Bir jihatdan, bu ajablanarli emas. Sababi, taqdirlarini teatr va dramaturgiya bilan bog’lashga ahd qilgan kishilar eski maktab, madrasa ko’rgan, mumtoz adabiyot, musiqa, xalq teatri ta’sirida bu nafosat olamiga chinakam milliy teatr san’atini barpo etish ezgu istagi bilan kirib kelgan zotlar edi. O’zbek teatrining asoschilari, xususan, atoqli rejissor va teatr arbobi Mannon Uyg’ur o’z atrofiga eng iste’dodli drama­turg va san’atkorlarni uyushtirib, ular bilan ilhombaxsh izlanishlar olib borar ekan, xalqimizning boy ma’naviyatiga mushtarak keladigan zamona­viy teatr barpo etish yo’lidan borgan edi.


Download 56,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish