O‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi o‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti xalq ijodiyoti fakulteti


II. ASOSIY QISM: 2.1 XX asr Oʻzbek teatr sanʼati tarixi



Download 56,7 Kb.
bet3/9
Sana16.06.2021
Hajmi56,7 Kb.
#68217
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqillikkacha bo'lgan davr dramaturgiyasi

II. ASOSIY QISM:

2.1 XX asr Oʻzbek teatr sanʼati tarixi


Oʻzbek teatr sanʼati tarixida onalar timsoliga aylangan, minglab, millionlab tomoshabinlarning mehr-muhabbatini qozongan va xalq eʼzoziga sazovor boʻlgan aktrisalar nomini koʻpchiligimiz yaxshi bilamiz. Zaynab Sadriyeva timsolidagi ona qattiqqoʻl, haqiqatgoʻy, choʻrtkesari; Maryam Yoqubova timsolidagi ona biroz kibrli, hukmfarmo, maqtanishni yoqtiradigan, oʻziga oro beradigan; Muhabbat Yoʻldosheva ijrosidagi ona magʻrur va jasur; Manzura Hamidova yaratgan ona timsoli esa nihoyatda kamtarin va koʻngilchan… Xullas, bularning barida oʻzbek onalariga xos boʻlgan xarakter, ularning ichki olami, mehribonligi, ruhiyati rang-barang qiyofalarda aks etadi. Biroq Lutfixonim Sarimsoqova timsolidagi ona obrazi boshqa obrazlardan tubdan farq qiladi. U – jaydari, sodda, mehribon va oʻta gʻamxoʻr. “Sen yetim emassan”, “Mahallada duv-duv gap” filmlaridagi onalarni yodga olaylik. Boshqalarini sanamaganda ham ana shu ikki filmdagi ona obrazlari Lutfixonimni elning “aya”siga aylantirib yuborgan edi. Vaholanki, “aya” faqat ijobiy rollarning emas, salbiy rollarning ham mohir ijrochisi edi. Baʼzi sanʼatkorlar ijodida shunday hollarni kuzatish mumkinki, ular yo salbiy yo ijobiy rolni mahorat bilan ijro eta oladilar. Lutfixonim har ikkalasida ham oʻz mahoratini namoyon eta oladigan sanʼatkor edi. Xurshidning “Farhod va Shirin” asarida ijro etgan Yosuman rolini yodga olaylik. Aktrisa Yosuman kampirning ham tashqi ham ichki olamini imo-ishoralar, qiliqlar, hatti-harakatlar orqali ochib berolganining oʻzi uning yorqin isteʼdodidan dalolat beradi. Yoxud “Farzandlar” badiiy filmidagi “Menga bir piyola suv beringlar”, deya zorlanadigan telba ona obrazini koʻz oldimizga keltiraylik. Bir-biridan farq qiluvchi bu rollar Lutfixonim Sarimsoqova talqinida oʻziga xos uslubda namoyon boʻldi. U insonning psixologiyasi, ruhiy olamini ochib bera olardi. Bir holatdan boshqasiga kira oladigan, inson ruhiyatidagi evrilishlarni maʼlum bir daqiqalarda namoyon eta oladigan, qahramonining xarakterini toʻla ochib beradigan aktrisa edi. Iztirobni, qaygʻuni, alamni, kezi kelganda, qahrini ham baralla ifoda etish qudratiga ega edi…

1924 yili Qoʻqondagi “Taroqchilik” mahallasida shahar xotin-qizlar klubi ochiladi. Uning qoshida tashkil etilgan kashtachilik, musiqa, xor, savod chiqarish singari toʻgaraklar mahalla ayollarining dunyoqarashini shakllantirishga, tafakkurini kengayishiga imkon yaratadi. Lutfixonim dastlabki saboqni, yaʼni oʻqish va yozishni shu yerda oʻrganadi. 1926 yilning koʻklami uning xotirasida oʻchmas boʻlib qoldi. Oʻshanda bu maʼrifat maskaniga Hamza tashrif buyurib, Lutfixonimning boshqalardan ajralib turadigan yorqin isteʼdodini koʻrib, unga maslahatlar bergan, yoʻl koʻrsatgandi. Shundan keyin L. Sarimsoqova Qoʻqon (1926–1928), Andijon (1928–1931), Margʻilon (1931–1934) teatrlarida, Oʻzbek davlat musiqiy teatrida (1934–1939), Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida (1940–1973) ishladi. Shuni taʼkidlash joizki, ayaning 1940 yildan 1973 yilgacha davom etgan 33 yillik ijodiy faoliyatining salmoqli qismi Muqimiy teatri bilan chambarchas bogʻliq. Lutfixonim – ning oʻzbek kino sanʼatidagi xizmati ham alohida eʼtirofga loyiq. U kinodagi ilk qadamlarini 20-30 yillari ovozsiz kinoda boshlagan edi. “Qasam” filmida Ona, “Opa-singil Rahmonovalar” filmida Sharofat va boshqa obrazlarda aktrisa oʻziga xos qiyofa kasb etdi. Shundan keyingi ijodiy umri teatr kabi kino bilan uzluksiz bogʻliqlikda oʻtdi. Lutfixonim Sarimsoqova ham lirik, ham fojeaviy, ham hajviy aktrisa boʻlib, xalq qoʻshiqlarining mohir ijrochisi, hozirjavob askiyachi, usta raqqosa va yaxshigina dutorchi sifatida ham tanilgan. U rejissyor Shuhrat Abbosovning “Mahallada duv-duv gap” filmida hokisor Mehriniso ona obrazi tufayli ayol qalbining nozik tebranishlarini, feʼl-atvorini, ruhiyatini tabiiy boʻyoqlarda aks ettira olgan boʻlsa, “Sen yetim emassan” asaridagi Fotima opa obrazida oʻzbek ayolining matonatini, sabr-bardoshini, bukilmas irodasini yorqin ranglarda gavdalantirgan. Hamzaning “Maysaraning ishi” komediyasidagi Maysara obrazida oʻz imkoniyatlarini ayol erki va qadr-qimmatini himoya qilishga qaratgan boʻlsa, “Paranji sirlari”dagi Mastura satang obrazida, aksincha, aql – idrokini ayollarning huquq va tuygʻularini poymol qilishga sarflaydi. Lutfixonim Sarimsoqovani “monolog ustasi” ham deyishadi. Muqimiy nomidagi musiqiy drama teatrida sahnalashtirilgan “Nurxon” musiqali dramasidagi (K. Yashin asari, T. Jalilov musiqasi) Kimyo obrazida chuqur dramatizm bilan yoʻgʻrilgan ichki kechinma monolog vositasida oʻta taʼsirchan ifoda topgan. Asar soʻngida Mamat singlisi Nurxonning koʻksiga pichoq sanchadi. Kimyo asta-sekin gandiraklab sahnaning oʻrtasiga keladi. “Qani sen, ey, zolim bola?! Laʼnat senga! Men sening onang emasman! Sening onang – shayton! Boʻz tuproq boʻl! Yuzing qaro boʻlsin! Qani, mard boʻlsang, kel. Onangni ham oʻldir! Pichogʻingni senga sut bergan shu koʻkrakka sanch!’’

Aktrisa ushbu monologni boshlashdan avval kuchli ruhiy iztirobga choʻmadi. U bir nafas karaxt boʻlib, koʻzlari javdirab, kimnidir izlaydi. Soʻng uning yuragidan otilib chiqqan faryodga tomoshabin chidab turolmaydi, koʻzlardan yosh sizib chiqadi… Tomoshabinlarning vujudlari quloqqa aylanadi. Aktrisaning buyuk mahorati ham shundaki, u har bir xatti-harakatini irod etayotgan soʻz bilan uygʻunlashtira oladi. Bu kabi isteʼdod esa hamma sanʼatkorga ham nasib etavermaydi.

Ming afsuski, aktrisa kinoda va sahnada onalar obrazlarini talqin qilish baxtiga muyassar boʻlgan esa-da, hayot unga farzand koʻrib, ona boʻlishdek buyuk baxtni ravo koʻrmagani uchun oʻgʻil farzand asrab olgan. Aktrisa 1991 yilning 14 yanvarida 95 yoshida vafot etdi.





Download 56,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish