O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti



Download 499 Kb.
bet25/31
Sana20.03.2022
Hajmi499 Kb.
#503379
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Bog'liq
Bekzod Davronov Dissertatsiya (2)

Balalaykadomraning takomillashgan, shaklan o‘zgargan variantidir. Bu cholg‘u XVII asrda tarqalgan. Ehtimol Osiyo do‘mbirasidan kelib chiqqan1, degan taxminni biz uning kelib chiqishi haqiqatdan ham Markaziy Osiyo do‘mbirasi bilan bog‘liq, degan fikr bilan almashtiramiz. Bunga yuqorida bir qator asoslarni ham keltirib o‘tgan edik. Balalaykaning takomillashgan ko‘rinishi 1883 yilda ma’rifatparvar musiqachi Vasiliy Andreev va sozgarlar V.Ivanov, F.Paserbskiy, S.Nalimovlar ishlab chiqdilar. F.Paserbskiy tomonidan yaratilgan balalaykalar oilasi (piccolo, prima, alt, tenor, bas, kontrabas) esa rus xalq orkestrining asosini tashkil etdi. Bugungi kunda balalayka cholg‘usi yakka tarzda, konsertlarda, ansambl va orkestrlar tarkibida qo‘llanib kelinmoqda.
Boshqirdistonda do‘mbra, Dog‘istonda tamur (pandur), Gretsiya, Isroil, Irlandiyada (bu yerda “Zuk” deb nomlanadi) keng tarqalgan buzuki cholg‘ularining ildizi ham Markaziy Osiyo do‘mbirasiga borib taqaladi. Turkcha va grekcha bog‘lama cholg‘usi, yapon Syamiseni, xitoy sansyan cholg‘usi ham Markaziy Osiyo cholg‘ulari asosida yaratilgan.
Afg‘on rubobi oilasiga mansub cholg‘ular ham turli xalqlarda uchraydi. Jumladan, Hindistonda sarangi, sarod, Kashmir rababi, ukrain xalq musiqasida turban va kobza keng tarqalgan.
Qo‘biz va g‘ijjak Markaziy Osiyo hududida keng tarqalgan kamonli torli cholg‘ulardir. Kamonli cholg‘ularning aksariyati Markaziy Osiyo hududidan olib ketilgan va shakl jihatdan, ko‘rinishi jihatdan, torlari soni jihatdan o‘zgartirilgan.
Qo‘biz cholg‘usi Markaziy Osiyo mintaqasidan tashqari Ozarbayjonda, Armaniston, Turkiyada keng qo‘llaniladi. Markaziy Osiyoda ikki torli qo‘biz, qil-qo‘biz bo‘lsa, Turk, Ozarbayjon, armanlarda uch torli golcha qo‘biz mavjud. G‘ijjak cholg‘usi oilasiga arab rebabi, turk kemanchasi, hind sarangisi, kavkaz xalqlarining kema, chagane, chuniri cholg‘ulari, xitoy erxu, banxu va xutsinlari, slovyan jigasi, bolgar gadulkasi, frantsuz pasheti, ispan fideli, britaniya krottasi, yevropa skripkasi kiradi. Bu cholg‘ular dastasi pardalarga bo‘linmaganligi sababli ijrochiga kuylarni xonish va nolalar bilan maromida ijro etishga imkoniyat yaratadi.
Damli va zarbli cholg‘ularning ham dunyo bo‘ylab tarqalishida Markaziy Osiyo hududi alohida ahamiyat kasb etadi. Afrosiyob terrakotalarida aksariyat hollarda bo‘ylama naylarni chalib turgan ayollar siymosi tasvirlangan. Bo‘ylama nay o‘zbeklarda cho‘pon nay, qamish nay, g‘ajir nay, qozoqlarda – sibizg‘i, totor va boshqirdlarda – quray yoki chibizg‘a, turkmanlarda – kargi tuydyuk, qirg‘izlarda – choor, cherkeslarda – sibizgi, ozarbayjonlarda – tutek, armanlarda – shvi, abxazlarda – acharpin, kabardinlarda – bjami, Misr arablarida – nay, venger, bolgar va moldavanlarda - kaval, fluyer, mo‘g‘ullarda tsoor, oltoylarda – shoor nomlanishlariga ega. Yaponlar madaniyatida qamishdan yasalgan syakuxati va bambuk poyasidan yasalgan xottiku cholg‘ulari mavjud.
Naysimon cholg‘ular barcha xalqlarda uchraydi va turlicha nomlanadi. Masalan, O‘zbekiston va Tojikitonda nay, Buryatiya va Mangoliyada limba, Hindistonda bansuri, Xitoyda di, yaponlarda sinobue, komabue, ryuteki, nokan, kagurabue, koreyslarda tegim deb nomlanadi. Ular qo‘llanilish joyi, tovush teshiklarining soni, hajmi, diapazoni va tembri jihatdan ma’lum darajada farq qiladi.

Download 499 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish