7-mavzu: turkistonning xonliklarga bo’linib ketishI, uning sabablari va oqibatlari



Download 40,5 Kb.
bet1/3
Sana14.06.2022
Hajmi40,5 Kb.
#668128
  1   2   3
Bog'liq
7 mavzu


7-mavzu: TURKISTONNING XONLIKLARGA BO’LINIB KETIShI, UNING SABABLARI VA OQIBATLARI
XV-XVI- asr boshlarida Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat
1405 yilda Amir Temur vafotidan so’ng uning yirik davlati parchalana boshladi. Temuriy shahzodalarning taxt uchun o’zaro kurashlari qudratli davlatning bo’linishiga asosiy sabablardan biri bo’ldi. Sohibqiron taxtiga valiahd qilib nabirasi Pirmuhammadni qoldirgan bo’lsada, ko’pgina amirlar va amaldorlar uning hukmronligini tan olmadilar. 1405 yil mart oyida Temurning boshqa bir nabirasi Xalil Sulton Samarqand taxtini egalladi. Undan tashqari, Xurosonda Shohruh; Balx, Qazna va Qandahorda Pirmuhammad; Qarbiy Eron va Ozarbayjonda Mirzo Umar va Abu Bakr Mirzo; Turkiston, Sabron, O’tror, Sayramda Amir Berdibek; O’ratepa va Farg’onada amir Xudoydod; Xorazmda amir Idiku o’zlarini hukmdor deb e’lon qildilar.
Mamlakatdagi parokandalik va o’zaro urushlarga barham berish uchun Shohruh Mirzo ko’p sa’yi-harakatlar qildi. XV asrning 20-yillariga kelib Amir Temur mulklarining qariyb hammasi Shohruh va uning oila a’zolari qo’l ostida edi. Movarounnahr erlarini 1409 yildan boshlab Shohruhning to’ng’ich o’g’li Mirzo Ulug’bek boshqara boshladi. Ulug’bekning hukmronlik davri (1409-1449 yy.) asosan, Movarounnahrda ijtimoiy-iqtisodiy hayot, ilm-fan va madaniyatning rivojlanishi bilan izohlanadi.
Ulug’bek bobosi Amir Temur kabi harbiy iste’dodga ega emas edi. U mamlakat ichidagi va atrofidagi osoyishtalikni saqlab turish maqsadida ayrim harbiy yurishlar qilib turdi xolos. 1447 yilda Shohruh Mirzo vafotidan so’ng Temuriyzodalar o’rtasida kurash boshlanib ketdi. Oqil va dono hukmdor Ulug’bek bu kurashlarga barham berishga harchand harakat qilmasin buning uddasidan chiqolmadi. Aksincha, o’g’li Abdulatifning bevosita ishtiroki tufayli o’zi bu kurashlarning qurboni bo’ldi. Xullas, XV asrning o’rtalariga kelib, Mirzo Ulug’bek vafotidan keyin (1449 y.) Temuriy shahzodalar o’rtasida toj-taxt uchun kurash yana avj oldi. Abduqosim Bobur (1452-1457) va Abdusaid Mirzolarning (1458-1468) faoliyati ham o’zaro urushlarga barham bera olmadi. 1469 yilga kelganda Xurosonda Xusayn Boyqaro hokimiyatni egallab, bu hududlarda nisbatan tinchlik o’rnatdi. Uning do’sti-buyuk shoir Alisher Navoiy (1441-1501) muhrdor, vazir, Astrobod hokimi lavozimlarida ishlab, Xuroson ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o’ynaydi. Navoiyning sa’y-harakatlari bilan O’irotda ilm-fan, madaniyat gurkirab rivojlandi. O’zaro urushlarga nisbatan barham berildi.
Movarounnahrda esa bu davrga kelib siyosiy tarqoqlik avjiga chiqdi. O’ar bir viloyat, har bir shaharlarda temuriy shahzodalar o’zlarining mustaqil hukmronligini o’rnatishga harakat qildilar. Ular hokimiyat uchun o’zaro kurashlarda Dashti Jipchoq qabilalari kuchlaridan foydalanishar edilar. Masalan: 1451 yilda Urusxonning nabiralari Abdusaidga hokimiyatni egallash uchun yordam bergan bo’lsa, oradan uch yil o’tgach Abulhayron Muhammad Juqiyga hokimiyatni egallashga ko’maklashdi. Bu o’zaro kurashlar Movarounnahr ahlining ahvolini yomonlashishiga olib keldi.
XY asr oxirlariga kelib, Movarounnahrda Temuriylarning bir-biridan o’zaro mustaqil bo’lgan uchta hokimiyati vujudga keldi: 1. Samarqandda Sulton Ahmad Mirzo hukmronligi (1468—1503); 2, Toshkentda Sulton Mahmud Mirzo hukmronligi (1468-1498); 3. Andijonda Umarshayx I Mirzo hukmronligi (1468-1494).
Bu uchala davlatning o’zaro urushlari Movarounnahr ahlining temuriylardan noroziligini yanada avj oldirdi. Ayniqsa, yuqori tabaqa vakillari markazlashgan davlat tarafida turdilar. Bu temuriyzodalarning davlat boshqaruvida mustahkam tayanchga ega emasligidan dalolat berardi. Bu vaqtda temuriylar huzurida ta’lim olgan Abulxayrxonning nevarasi Muhammad Shohbaxt Dashti Jipchoqda dasht urug’larini birlashtirib, o’z hokimiyatini mustahkamlamoqda edi.
Shayboniyxon harbiy harakatlar olib borib markazlashgan davlat tuzish maqsadida goh temuriylar, goh shimoldagi mo’g’ullar bilan ittifoq tuzdi. U 1487-88 yillarda O’tror, Sayram, Yassa (Turkiston), SiQnoq shaharlarini bosib olib, 1499 yilda Movarounnahr hududlariga jiddiy harbiy harakatlar boshladi.
Mahalliy hukmdorlar o’rtasidagi o’zaro kurashlar avj olgan Samarqand shahrini Shayboniyxon 1500 yilning boshlarida jangsiz egalladi. Dasht ulug’lari bir necha oy shaharni shafqatsiz talon-taroj qildilar. Bu esa mahalliy feodallar noroziligiga sabab bo’ldi. Bundan foydalangan Temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur o’sha yili (1500 yil) Samarqand taxtini ikkinchi marta egalladi. Ammo mahalliy zodagonlar ko’pchiligi Boburni qo’llab-quvvatlamadilar. 1501 yilning bahorida Bobur Shayboniyxon bilan bo’lgan jangda engiladi va Samarqandni unga topshiradi.
Dashti Jipchoqliklar qisqa muddat ichida Buxoro (1500), Samarqand (1501), Toshkent (1503), Xisor (1504), Urganch (1505), O’irot (1507) kabi shahar va viloyatlarni egallab, Sharqiy Turkiston chegaralaridan Markaziy Afg’oniston hududlarigacha cho’zilgan erlarda markazlashgan shayboniylar davlatiga asos soldilar. Temuriylar davlatidagi siyosiy tarqoqlik, ayrim hukmdorlarning ajralib mustaqillikka intilishi bu davlatning emirilishiga olib kelgan bo’lsa, Shayboniyxon bunday tarqoqlikka chek qo’yib mamlakatning birligini mustahkamlay oldi.
Shayboniyxonning janubga tomon yurishlari Eron shohi Ismoil I tomonidan to’xtatildi. 1510 yil Marv atroflarida bo’lgan jangda dasht qo’shinlari tor-mor etildi va Shayboniyxon halok bo’ldi. Eroniylar tomonidan qo’llab-quvvatlangan Bobur 1511 yilda Xisor, Ko’lob, Junduz, Badaxshon va Samarqandni egalladi. Ammo 1512 yilda shayboniylardan bo’lgan Ubaydulla Sulton qo’shinlari o’ijduvon yaqinida Bobur va shoh Ismoilning birlashgan kuchlarini maQlubiyatga uchratdi. Shundan so’ng Bobur avval Jobulda, keyin esa Hindistonda o’z hokimiyatini o’rnatdi. Dashti Jipchoq qabilalari esa Movarounnahrda o’rnashib qoldilar.
XV asr oxiri-XVI asr boshlaridagi Dashti Jipchoq, Movarounnahr va Xurosondagi ijtimoiy-siyosiy voqealar to’g’risida yozilgan muallifi noma’lum «Tarixi guzidai Nusratnoma», Muhammad Solihning «Shayboniynoma», Boburning «Boburnoma» asarlari muhim manbalar hisoblanadi.
Temuriyzodalar o’rtasidagi o’zaro urushlar, birodarkushliklar nafaqat quyi tabaqa ahlining, balki yirik zodagonlarning ham noroziliklariga sabab bo’ldi. Natijada Amir Temur asos solgan ulkan saltanat tanazzulga yuz tutdi va tugatildi. Temuriylardan keyin hokimiyat tepasiga kelgan shayboniylar sulolasi davrida ham markaziy hokimiyat unchalik mustahkam emas edi (bu o’rinda Abdullaxon II hukmronligi davri (1583-1598) birmuncha diqqatga sazovordir). Bu holat o’sha davr Vatanimiz hududlarining parchalanib, alohida davlatlarga bo’linib ketishi va zaiflashuvi uchun zamin yaratdi.

Download 40,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish