O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti


III-BOB. Milliy musiqa cholg‘ularining jahon musiqa madaniyati rivojiga ta’siri



Download 499 Kb.
bet23/31
Sana20.03.2022
Hajmi499 Kb.
#503379
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
Bog'liq
Bekzod Davronov Dissertatsiya (2)

III-BOB.
Milliy musiqa cholg‘ularining jahon musiqa madaniyati rivojiga ta’siri
Markaziy Osiyo mintaqasi milliy cholg‘ularga boyligi jihatidan dunyo xalqlari orasida yuqori o‘rinlarda turadi. Bu yerda barcha guruhdagi (urma zarbli, torli, damli) va ijro etish vositalaridagi (torli chertma, torli urma, torli kamonli, puflama, zarbli va h.z.) cholg‘ular mavjud. Torli kamonli sozlarning kelib chiqish tarixi ham bevosita Markaziy Osiyo, yanayam aniqroq qilib aytganda O‘zbekiston san’ati bilan bog‘liq1.
Markaziy Osiyo musiqa cholg‘ulari jahon musiqa madaniyati rivojida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bu yerdagi musiqa cholg‘ularning jahon bo‘ylab tarqalishi bir nechta mezonlarga asoslanadi. Asosiy mezonlardan biri bu - Markaziy Osiyo mintaqasining Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashganligidir. O‘tmish davrlarda Buyuk ipak yo‘li orqali nafaqat savdo sotiq ishlari olib borilgan, balki madaniy aloqalar ham keng yo‘lga qo‘yilgan. Bir mamlakatda kashf etilgan cholg‘u turli sabablar bilan boshqa yurtlarga keltirilgan. Manbalarda cholg‘ular xalqaro tijorat va madaniy almashuvlar jarayoniga jalb etilgan, turli o‘lka hukmdorlari tomonidan tinchlik elchisi va qimmatbaho sovg‘a sifatida bir-birlariga tortiq qilinganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Ana shu “sayohatlar” (migratsiya) davomida u yoki bu sozning shaklu shamoili o‘zgarishlarga uchragan bo‘lishi, shuningdek, har bir xalqning temperamenti, milliy ruhiyatiga moslashuvi asnosidagi muayyan ko‘rinishlari yuzaga kelgan bo‘lishi haqiqatga yaqindir2. Mazkur bobda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan cholg‘ularning jahon musiqa madaniyati cholg‘ulariga ko‘rsatgan ta’siri masalasi har bir cholg‘u bo‘yicha o‘rganiladi.


3.1. Qadimiy noyob cholg‘ular
XX asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyo hududida, xususan, Xorazm, Surxondaryo, Marv va Sharqiy Turkistonda olib borilgan arxeologik qazilmalar paytida udsimon cholg‘ular tasvirlangan terrakotalar bo‘laklari udning shu yerda kashf etilganligidan dalolat beradi. Ud cholg‘usining boshqa davlatlarga, yevropa mamlakatlariga tarqalishiga arablar istilosi katta rol o‘ynagan.
Qadimgi Misr musiqashunoslari ud cholg‘usi Misr hududiga Osiyodan keltirilganligi haqida yozib qoldirganlar. Xitoy tarixchilari udsimon pipa cholg‘usi Xitoyning shimoliy hududlarida turkiy qabilalarning ko‘chib kelishi bilan bog‘lashadi.
Kushonlarning Shimoliy Hindiston hududiga siljishi natijasida Gandxar hududida udning dastasi tekis, do‘mbirasimon ko‘rinishi paydo bo‘lgan. Pokistonda 3 torli, kosaxonasi udga nisbatan ensizroq va dastasi biroz uzun udsimon cholg‘u qo‘llanilgan.

Download 499 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish