KIRISH
Har bir millatning o’zligini ko’rsatadigan va dunyo xalqlari ichida boshqalardan ajralib turishini ta’minlaydigan narsa, albatta, bu o’sha xalqning tili hisoblanadi. Har bir xalqning kelib chiqishi, uning tarixiy ildizlarini o’rganish, shu bilan birga zamonaviy til xusususiyatlarini, til ta’limotida sodir bo’ladigan yangiliklar, xususan, til o’rganish va o’qitish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham har bir xalqning tili uning yuzi hisoblanadi.
Ijtimoiy hayotda ro‘y beradigan har bir o’zgarish tilda o‘z aksini topadi. Til shu tarzda rivojlanadi, yangilanadi, boyiydi. Til qay darajada o‘zgarmasin, uni ma’lum me’yorga keltirish kerak bo‘ladi. Ayniqsa, hozirgi “axborot asri”da tilning aniq, sodda, ixcham va hammaga bir xilda tushunarli bo‘lishi juda muhim. Bugungi kunda texnika, texnologiya, diplomatiya, yuristprudensiya, meditsina, biznes, sanoat, sport kabi bir qator sohalar juda rivojlanib ketdi. Bu sohalarda axborotni tez va aniq yetkazish uchun ma’lum bir til shakli – uslubga ehtiyoj tug’ildi.
Biz yuqoridagi fikrlarni to’g’ri anglagan holda, yurtimizda biz uchun yaratilgan imkoniyatlardan keng va unumli foydalanishimiz lozim. Chunki, har qanday davlatda yosh avlod asosiy kuchni egallaydi. Agarda yosh avlodning dunyoqarashi keng bo’lsa, turli xil mafkuraviy qarashlardan holi bo’lsa, o’sha davlat kelajakda albatta katta yutuqlarga erishadi.
Shuni ham aytib o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ilm-fanni o‘rganish va ajdodlar merosini tadqiq etish bo‘yicha quyidagi fikr va mulohazalarni bildirganlar:
“Bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko'tarishni talab qilmoqda. Zotan, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz yechish qiyin. Mazkur sohani va olimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlatimizning ustuvor vazifalaridandir. Mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasida rivojlanishini ilm-fansiz tasavvur qilish qiyin.
Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar o‘zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi. Jahonning yetakchi institutlari, universitetlari, ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishni zamonning o‘zi talab qilmoqda.
Mamlakatimizda yuqori salohiyatga ega, jahon miqyosida e’tirof etilgan olimlar ko‘p. Ular o‘z maktablarini yaratishi, shogirdlar tarbiyalashi lozim. Yosh avlodni salohiyatli kadrlar etib tarbiyalashdagi birinchi bosqich – maktab ta’limini tubdan takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonining uzluksizligini ta’minlash zarur. Bu yo‘lda hech narsani ayamaymiz”1.
Shu ma’noda bizning mazkur kichik tadqiqotimiz ham mamlakatimizdagi ilm-fan rivoji yo‘lida, shuningdek, turkologiyaning yurtimizda ilmiy jihatdan kengroq tadqiq qilish yo‘lidagi kichik bir qadam deyishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |