Har bir millatning o’zligini ko’rsatadigan va dunyo xalqlari ichida boshqalardan ajralib turishini ta’minlaydigan narsa, albatta, bu o’sha xalqning tili hisoblanadi


I BOB. UYG‘UR TILINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI



Download 49,13 Kb.
bet2/7
Sana29.12.2021
Hajmi49,13 Kb.
#80480
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Mirsamadova S.

I BOB. UYG‘UR TILINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

    1. Uyg‘ur tili va adabiyoti haqida tushuncha

Har bir xalq o‘zining kelib chiqish etnografiyasiga qarab ma’lum davrlar tarixiga ega bo‘ladi. Bu ayni vaqtda shu xalqning yaratgan moddiy va ma’naviy boyligini aks ettirib, shu bilan birga xalq tarixida o‘z o‘rniga ham ega bo‘ladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, uyg‘ur xalqi dunyo tarixida o‘ziga xos o‘rinni egallagan yuksak madaniyatga ega bo‘lgan qadimiy xalqlarning biridir.2

Men hozirda o‘rganayotgan til, ya’ni uy‘ur tili yaqindagina paydo bo‘lib qolgan til emas. Uyg‘urlar – sharqdagi boy tarixga, necha asrlik madaniy taraqqiyotga ega yirik xalqlardan biridir.3 Uyg‘ur tilining ham xuddi o‘zbek tilidek o‘ziga xos tarixi, taraqqiyot bosqichlari mavjud. Bu til ustida qanchadan-qancha olimlar ilmiy ishlar, izlanishlar olib borgan. Xuddi shunday uyg‘ur adabiyotida ham.

Uyg‘ur xalqi qadim zamonlardan tortib to bugungi kunga qadar
Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoninig hududida yashagan va yashab kelmoqda. Bu haqida qadimgi tarixchilarning, olimlarning asarlarida ma’lumotlar uchraydi.
II asrda yashab ijod qilgan Klavdey Ptolomeyning dastlabki uyg‘urlar haqidagi ma’lumotini rus olimi akademik V.V.Radlov o‘zining “К вопросу об уйгурах” nomli kitobida keltirib o‘tgan. Unga ko‘ra Ptolomeyning oyxard degan aholisi uyg‘ur bo‘lib, Tarim vodiysi (hozirgi XXR hududi)da yashagan ekan.4

Xunlarning qabila ittifoqida katta ahamiyat kasb etgan uyg‘ur qabilalarining bir qismi eramizning boshlarida Ordos va Gansu atroflarida ko‘chmanchi holda hayot kechirgan. Olim Radlov shu haqida o‘z asarlarida quyidagicha yozadi:

«Большая часть этих восточних тюрков проникла, без сомнения, еще в период процветания государства Хун-ну, в Восточный Туркестан и уже очень рано отчасти смешались с туземцами, отчасти основалась отдельными поселениями. К этим последним принадлежат несомненно Че-шы, древние обитатели Хами и восточных отрогов Тянь-Шаня… Эти Че-шы в течение нескольких столетий выказывают склонность подчиняться Хун-ну и отвращение от господства китайцев… Истории этих Че-шы все исследователи постоянно посвящали особое внимание, так как на потомков их указывают, как на последние остатки уйгуров»5.

Milodiy asrning boshlarida Sharqiy Turkiston, Yettisuv va oltoyda yashagan uyg‘ur qabilalari sharqiy o‘lkalardagi qarindoshlaridan oldinroq o‘troq hayotga moslashgan. Aholi hayotidagi bu o‘zgarish uning madaniyatining o‘sishiga olib keladi. Buning natijasida uyg‘ur xalqida yozuv paydo bo‘ldi. Yozuv paydo bo‘lgandan keyin yozma yodgorliklar qog‘ozga ko‘chirila boshlandi.

Shuningdek, Sharqiy Turkistondagi uyg‘urlar manixey dinini sharqdagi qarindoshlaridan bir necha asr avval qabul qilgan edi. Uyg‘urlarning xitoy manbaalarida gaogyuy deb atalgan davrida ikkiga bo‘linganligi haqida professor D.I. Tixonov quyidagicha o‘z bilgalarini yozgan edi:

«Ближайшие предшественники уйгуров гаюгюй во второй половине V в. После продолжительной борьбы с жуань-жуаньями разделились на две части. Одни ушли на север в долины рек Орхана, Селеньги, а другие к Алтаю и Тянь-Шаню. Видимо с этим делением следует связывать указание о том, что он уйгуры, составляющие южное объединение, в III в. Начали передвигаться на запад, а токуз-уйгуры – северное объединение – подались на север»6.

“IV-V asrlarda, deb yozadi professor Y.Z.Shirvaniy, - manixeizm Uyg‘uristonga tarqalib, o‘sha yerda joylashib qoladi. Keyingi vaqtlar manishilar uyg‘ur madaniy muhiti bilan qo‘shilib, uyg‘urlashib, uyg‘ur yozig‘ini qabul qiladi”7.



    1. Download 49,13 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish