Har bir millatning o’zligini ko’rsatadigan va dunyo xalqlari ichida boshqalardan ajralib turishini ta’minlaydigan narsa, albatta, bu o’sha xalqning tili hisoblanadi


II. BOB. ABDURAHIM NIZARIY SHE’RLARIDAGI BADIIY IFODALAR TAHLILI



Download 49,13 Kb.
bet4/7
Sana29.12.2021
Hajmi49,13 Kb.
#80480
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Mirsamadova S.

II. BOB. ABDURAHIM NIZARIY SHE’RLARIDAGI BADIIY IFODALAR TAHLILI.

    1. Abdurahim Nizariy hayoti va ijodi

O`zbek millatiga qardosh xalq sifatida hayot kechirgan uyg`ur xalqini barchamiz bilamiz. Geografik joylashuvi Chinning yuqori qismi bo`lishiga qaramay tili, dini, urf-odatlari, e‘tiqodi turkiy xalqlarga monand bo`lgan mazkur xalqning badiiy me‘rosi juda boydir. Sharq adabiyotiga mansub asarlarda bu xalqning quvonchi, pand-nasihati, dardi va qayg`u - alamlari badiiy asarlarda o`z aksini topgan. Ushbu ma‘suliyatli vazifani shoirlar ado etishadi. Ana shunday so`z ustalaridan biri shoir Abdurahim Nizariydir.

Tug‘ilgan sanasi XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlari deya taxmin qilinuvchi Abdurahim Nizariy ajoyib asarlarning muallifidir. Ya’ni, uning tug‘ilgan sanasi haqida turxi xil taxminlar mavjud. Masalan, Nizariy o‘zining1843-yilda yozgan “Zad ul-najot” asarida 67 yoshga yetkanligini keltirib o‘tadi. Agar shu ma‘lumotga asoslanadigan bo‘lsak, shoir 1776-yilda tavallud topgan deya qaraladi. Shoir hunarmand oilasida tug`ilgan. Abdurahim o`z zamondoshlari singari Firdavsiy, Abdurahmon Jomiy, Umar Hayyom, Alisher Navoiy ijodini o`rgangan.15 Shoirning hayot tarzi hazrat Navoiynikiga o`xshab ketadi. Jumladan, quyidagi muxammasi Alisher Navoiyning she`rlariga o`xshash tarzda yozilgan:


Menga amr etib shoh oliy maqom,

Senga so`z budir ayla imtihon.

Zamin ahlidur guftigu o`zicha,

Jahon ahli raftordur o`zgacha.

Qilib so`zni loyiq xaridorga,

Javohir sochib ahli bozorga.

Qilib ishqi holin ravshanu bayon,

O`qib anglagay barcha ahliyu jahon.16
Abdurahim Nizariy madrasada tahsil olib yurgan vaqtida she’r yozishni boshlaydi. Shu bilan birgan u xattotlik san’atini ham mukammal egallaydi. Madrasani tamomlaganidan so‘ng shoir asosan xattotlik kasbi bilan mashg‘ul bo‘ladi. Nizariy umrining ko‘p qismini kishilarning ehtiyojiga zarur bo‘lgan xat va arizalarni yozib berish, shu bilan birga, ilmiy-adabiy va tarixiy asarlardan nusxa ko‘chirib yoki shunday kitoblarga muhtoj bo‘lgan odamlarning buyurtmalarini bajarish bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Nizariy amaliy tajribasiga tayanib, ona tilidagi yutuqlarga tayangan holda qardosh xalqlar adabiyotlariga ham katta hurmat bilan qaradi.

Abdurahim Nizariyning boy ijodini o‘rganish uchun dastlab shoirning dunyo qarashi va ijtimoiy-badiiy kamolotiga asos bo‘lgan davrning iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy hayotini diqqat bilan o‘rganish zarur.

Shoir yashagan davr XVIII asrning oxiri va XIX asrning birinchi yarmida Sharqiy Turkistonda feodal tuzumi hukmron bo‘lib, mamlakat iqtisodiy qoloqlikda, xalq ommasi diniy xurofot ham feodallar, turli bosqinchilar ekspluatatsiyasi ostida og‘ir hayor kechirgan. Uning ona Vatani murakkab ziddiyatlarga to‘lgan sharoitda hayot kechirmoqda edi.

Uyg‘ur xalqi bosib o‘tgan bu dahshatli davr o‘z mustaqilligi yo‘lida kurash jarayonida chiniqqan, yuksak insonparvarlik, vatanparvarlik, ozodlik ruhida tarbiyalanib o‘sgan bir qancha mashhur shoirlarning ijodida o‘z aksini topgan. Abdurahim Nizariy, Turdi G‘aribiy, Noruzaxun Ziyoyiy shular jumlasidandir.

Abdurahim Nizariy hayoti haqida ma’lumotlar juda ham oz. Uning shaxsiy hayoti haqida ma’lumot beradigan asosiy manbaa esa shoir asalarining kulliyoti hisoblanadi.

Muallif to‘plamining muqaddimasidagi ma’lumotlarga asoslanadigan bo‘lsak, u manjur-feodal hukumatining Qashqardagi hokimi Zuhriddinnig talabiga binoan o‘rda xizmatiga keladi. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, manjur-xitoy bosqinchilari Sharqiy Turkistonni o‘ziga bo‘ysundirganidan so‘ng, hududlar bo‘ylab hukumatga vakil tayinlab, o‘zlari ularni boshqarganlar. Zuhriddin bey aynan shunday hokimiyat boshliqlaridan biri edi.

Shoir uyg‘ur xalqining manjur bosqinchilarining eng og‘ir zulmiga uchragan bir davrda yashab ijod etgan. U o‘z xalqining chekkan azob-uqubatlari, ommaning istibdotchilarga qarshi ozodlik uchun ko‘tarilgan qo‘zg‘oloni qurboni boldi. O‘z davrining vakili – ko‘rar ko‘zi, otashin qalbi bo‘lgan shoir o‘zining dostonlarida zulmga qarshi norozilik, erkinlikkla intilish, xalq, vatanga muhabbat bog‘lash kabi insoniy fazilatlar haqida chuqur fikr yuritdi.17




Download 49,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish