O’ZBEK LINGVOMADANIYATIGA XOS EKZOTIZMLAR
(O’tkir Hoshimovning ”Dunyoning ishlari” asari misolida)
Abduxalilova Odinaxon Jaloldin qizi FarDU talabasi
Annotasiya: Boshqa xalqlar bilan madaniy hamkorlikning keng yo’lga qo’yilishi munosabati bilan o’zbek tilida yaratilgan badiiy asarlar bilan boshqa xalqlarni tanishtirish ham avj oldi. Badiiy asarlarda xalqning milliy madaniyatiga til birliklari ham uchraydi. O‘zbek tilida yaratilgan badiiy asarlar
boshqa tilga tarjima qilinsa, ularda qo‘llangan o’zbek milliy madaniyatiga xosbunday birliklarga maxsus izoh berish lozim bo‘ladi. Maqolada ”Dunyoning ishlari” asarida qo’llangan ekzotizmlar tahlil qilingan
Kalit so‘zlar: badiiy asar, milliy madaniyat, ekzotizmlar, izoh, lingvokulturologik xususiyat.
Ekzotizmlar–o’zbek tiliga tarjima qilingan adabiyotlarda, yoki chet o’lka xalqlari turmushi haqida hikoya qiluvchi asarlarda uchraydi. Ekzotik leksikani o’zbek tekstlariga kiritishdan maqsad o’sha asarda hikoya qilinayotgan xalqning turmushi, odatlari, etnografiyasi, til xususiyatlari haqida ma’lumot berishdir.[1] Jumladan, o’zbek tilida yaratilgan asarlarni boshqa tillarga tarjima qilish jarayonida, yoki o’zbek o’quvchilari chet tillarni o’rgansih va o’rgatish jarayonida alabatta bunday birliklarga duch kelishi tabiiy. Bunday birliklar lingvomadaniy birlik sanaladi. Bunday birliklarni quyida O’tkir Hosimovning ”Dunyoning ishlari” asarida qo’llangan ba’zi ekzotizmlar misolida tahlil
qilamiz.
Murojaat, muomala so’zlari: Pochchangga salom bermaysanmi? [2.38] Pochcha-opaning turmush o’rtog’i. Ovozidan tanidim: qo'shnimiz Mo'min akaning xotini. Kattayu kichik hamma uni kelinoyi deb chaqiradi.[2.63] Kelinoyi –1)bosh ma’noda ”akaning (uka yoki singilga nisbatan)”. Yuqoridagi
misolda 2) ”yoshi o’ zidan katta bo’lgan qarindosh yoki yaqin kishining xotini va shu xotinga muraojaatni bildirish” ma’nosida qo’llangan.[4.O’TIL.2.346-b.] –Voy, poshsha nima qilib qo’ydingiz?[2.36-b.] Poshsha–o‘zbek mentalitetida xotin-qizlarga murojaatda hurmatni ifodalaydi. -Voy, o'zimning toychoq o'g'limdan aylanay! Toychoq bosh ma’noda ”otning bolasi”.Ko’chma ma’noda
yosh o’g’il bolalarga nisbatan erkalash ma’nosida qo’llanadi. - Qalay, polvon! yosh o’gil bolalarga nisbatan erkalab murojaat qilishda qo’llanadi. Polvon bosh ma’noda 1)bahodir, pahlavon; 2)kurash tushadgigan sportchi;
Milliy taom, ichimlik va boshqalar nomlari: Nima uchundir onam teztez tolqon qilardi.[2.18-b.] Tolqon -qotgan nonni ezib tayyorlanadigan yegulik. Ha, moshkichiri jindak tagiga olib, qotib ketibdi.[2.57-b.] Moshkichiri-mosh bilan guruchdan pishiriladigan quyuq taom. Turshak,-dadam xijolat chekib, iljaydi. -Qantak o'rikniki. Turshak- quritilgan o’rik mevasi. Oyim bir tog’ora qushtili pishirdi [2.125b] Qushtili–yupqa xamirdan uchburchak, to‘rtburchak yoki romb shaklida kesib yog‘da pishiriladigan ovqat.(4.5-394-b.) Habiba buvi shinni pishirib shu xumlarga to‘ldirib qo‘yadi.[2.71-b]) Shinni–tut uzum kabi
mevalar shirasidan tayyorlanadigan qiyom. Parvardaga o'xshatib kesilgan obakini og'zimga soldimu maza qilib so'ra boshladim. [2.73-b.] Parvardabug;doy uni,o’simlik yog’i va shakar qiyomi qoshib tayyorlangan shirinlik turi. Obaki –shakar qiyomidan tayyorlangan shirinlik turi
Milliy kiyimlar nomlari: Bu safar novcha xotin qarg‘ashoyi ko‘ylak kiygan...Yana biri yoshroq, boshiga g‘ijim ro‘mol o‘ragan, atlas ko‘ylagining ustidan baxmal nimcha kiygan.[2.54-b.] Qarg‘ashoyi–shoyining qora, sariq, ko‘k gulli turi. G‘ijim ro‘mol–”g‘ozapo‘choq shaklida bo‘rtiq naqshlar solib to‘qilgan ipak ro‘mol” [2.5-,443-b.] Do‘ppi– avra-astarli, ko‘pincha qavima,
pilta urilgan, tepa, kizak va jiyakdan tarkib topadigan guldor yoki gulsiz, to‘garak, yoki to‘rtburchak shaklidagi bosh kiyim. [2.1-,66-b.] Zum o‘tmay oynaband ayvonning eshigi sharaqlab ochildi-da, yelkasiga beqasam to‘n tashlagan kishi chiqib keldi. [3.126-b.] Oyim eski kalishini yechib, kiyib ko‘rgan edi, kavush lop-loyiq keldi. Kichik akamga chiyduxoba shim tegdi. [3.117-b.]
Kavush charmdan tikilgan va odatda maxsi bilan kiyiladigan oyoq kiyimi. Chiyduxoba –duxobaning yo‘l-yo‘l bo‘rtma chiziqli xili. Duxoba–orqasi ip, yuzi tekis va qalin iplar bilan qoplangan mato; baxmal”[2.1-,670-b.]
Milliy san’atga oid tushunchalar: Dutorga hech kim qo'l tegizolmas, dadam uni doim hujrasida saqlar, ba'zan kechqurunlari «Dilxiroj», «To'rg'ay»,
«Qari navo», yana allaqanday kuylarni chalib o'tirishni yaxshi ko'rardi.[69-b.]
Dutor-milliy cholg’u asbobi. «Dilxiroj», «To'rg'ay», «Qari navo»- milliy kuy
nomlari
Milliy urf-odatlar:Udumlar, urf-odatlar hamda ularning nima sababdan va qaytarzda o‘tkazilishi haqida hikoyalarni o‘qish jarayonida, masalan, ”Oltin baldoq” hikoyasida to‘y,”Kelintushdi” marosimi, yoki”Ermon buvaning tilagi” hikoyasida Habiba buvining aza marosimi va ularning tartib –qoidalari ma’lumot ham olish mumkin. ”Sovchilar” hikoyasida o‘zbek udumlaridan biri– sovchilik va sovchilar haqida hikoya qilinadi. Sovchi ikki xonadaonga qarindoshlik iplarini bog‘lashga da’vat etilgan kishilardir. Sovchilar yigitning oilasi nomidan qiznikiga borishadi. Sovchilar har ikki oilani, ularning
farzanadlarini so‘rab-surishtitirib, so‘ng vazifalariga kirishgan. [3]
O’lchov va pul birliklari nomlari: Do‘stim bilan tanffus paytlari to‘rt tiyinlik talabalar somsasini bo‘lishib yerdik. [3.31-b.] Tiyin–bir so‘mning yuzdan biriga teng pul hamda shunday qiymatga ega bo‘lgan mayda chaqa.[2.4- ,85-b.] Mundoq qarasam narvonning tagida g‘ijimlangan besh so‘mlik
yotibdi.[3.233-b.] So‘m–O‘zbekiston Respublikasining asosiy pul birligi.
Ekzotik leksika boshqa xalqlarning turmushi, uy jihozlari, rasm-odatlari, kiyim-kechaklari va boshqalar haqida informatsiya tashiydi. O’zbek adiblari tomonidan yaratilgan asarlar tarjima qilinganda tabiiy holki, o’zbek milliy madaniyatiga xos birliklar uchraydi. Va ular stilistik maqsadda tasvirlanayotgan voqea-hodisalarga mahalliy koloritni berish uchun qo’llanganini ko’rish
mumkin. Bunday ekzotizmlarni izohlash lozim va izoh snoskalarda beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Jamoa mualliflar. O’zbek tili leksikologiyasi. T.1981. 88-b.
2. O’tkir Hoshimov. Dunyoning ishlari.T.:2018.
3. Mahmud Sattor. O‘zbek udumlari. T.1993.106-b.
4. O’zbek tilining izohli lug’ati. 5 jildlik.1-,2-,3-,4-,5-jildlari.O’zME nti.:T.:2006-2008.
Do'stlaringiz bilan baham: |