2. . 3 Damli va urma zarbli cholg‘ular
Markaziy Osiyo hududida damli va zarbli cholg‘ular ham ibtidoiy jamoa davridan shakllanib asrlar davomida takomillashib borgan. Tarixiy manbalar bu hududda qadim zamonlardan bo‘ylama va enlama naysimon cholg‘ular keng tarqalganligidan dalolat beradi.
Afrosiyob terrakotalarida aksariyat hollarda bo‘ylama naylarni chalib turgan ayollar siymosi tasvirlangan. Bo‘ylama nayning turlari ko‘p bo‘lib, turli xalqlarda turlicha nomlanadi. Xususan, o‘zbeklarda cho‘pon nay, qamish nay, g‘ajir nay, qozoqlarda – sibizg‘i, totor va boshqirdlarda – quray yoki chibizg‘a, turkmanlarda – kargi tuydyuk, qirg‘izlarda – choor, cherkeslarda – sibizgi, ozarbayjonlarda – tutek, armanlarda – shvi, abxazlarda – acharpin, kabardinlarda – bjami, Misr arablarida – nay, venger, bolgar va moldavanlarda - kaval, fluyer, mo‘g‘ullarda tsoor, oltoylarda – shoor nomlanishlariga ega.
Sibizg‘a turkiy xalqlar musiqa madaniyatida keng tarqalgan. Sibizg‘aning uzunligi 600-650 mm. bo‘lib, 4, kam hollarda 6 ta tovush hosil qiladigan teshigi mavjud.
Markaziy Osiyo g‘ajir nayiga o‘xshash cholg‘u turklarda ham uchraydi. U hushtak deb nomlanib, qarg‘a qanoti suyaklaridan yasaladi. 15-30 sm. uzunlikda bo‘lib 7 ta tovush chiqarish teshigi bor(6 tasi ustida, 1 tasi ostida ).
Turkiyada bo‘ylama naylarning yana bir nechita turi mavjud bo‘lib, ular turli uzunlikka, har xil tovush pardalariga ega. Bu cholg‘ular suyaklardan, yog‘och, qamishlardan .
Moldaviya, Ruminiya va boshqa bolqon davlatlarida keng tarqalgan fluyer cholg‘usi bo‘ylama nay turlaridan bo‘lib, tumshuqsimon munshtukka ega.
Uning uzunligi 250-350 mm.ni tashkil etadi. 2 guruhga bo‘lingan 6 ta tovush chiqarish teshigi mavjud. U qimmatbahodaraxtlardan yasaladi, tovushi kuchli va yorqin yangraydi. Bu cholg‘u ham cho‘ponnay hisoblanadi. Ijro amaliyotida qo‘sh fluyer ham uchraydi. U qo‘shnay singari ikkita naylardan iborat. Birida 6 ta, ikkinchisida 4 ta tovush chiqarish teshigi mavjud. Bu cholg‘u ikki ovozli kuylarni ijro etish imkoniyatini tug‘diradi.
Yaponlarda qamishdan yasalgan syakuxati nayi mavjud. U 5 ta tovush chiqarish teshigidan (4 tasi ustida, 1 tasi ostida) iborat bo‘lib, o‘ziga xos tembrga ega. Bambukning silliqlashtirilmagan poyasidan esa xottiku cholg‘usi yasaladi. U ham 5 ta tovush chiqarish teshiklariga ega bo‘lib, kamida ikki oktava diapazonga ega bo‘ladi. Xottikuning uzunligi har xil bo‘lib, qanchalik uzun bo‘lsa shunchalik past diapazonlarni egallaydi.
Bo‘ylama naylar orasida kaval cholg‘usi o‘zining murakkabligi, xromatik tovushqatorga egaligi bilan ajralib turadi. Bu cholg‘u Bolgariya, Makedoniya, Turkiya, Vengriya, Albaniya, janubiy Serbiya, Ukraina, Moldaviya, shimoliy Gretsiya, Ruminiya, Armaniston va Ozarbayjonda keng tarqalgan. Bu cholg‘uning o‘ziga xos xususiyati nayning ikki tomondan ham ochiq bo‘lganligidadir. Unda cholg‘uning siqilgan tomoniga havoning urilishi orqali tovush hosil bo‘ladi.
Kaval bodom, o‘rik va boshqa daraxtlar yog‘ochidan, qamishdan, metal yoki plastikdan yaxlit yoki uchta bo‘lakka bo‘lingan holda yasaladi. O‘rta qismi 8 ta teshikka (7 asi ustida, 1 tasi ostida) ega. Ostki qismida to‘rttagacha pezonator teshiklar bo‘ladi. Ular tembrni yaxshilashga va aniq yangrashga xizmat qiladi. Uzunligi 500 dan 800 mm.gacha, diapazoni 2,5-3 oktavani tashkil etadi.
T.Vizgoning “Muzikalniye instrumenti Sredney Azii” kitobida yonlama nay haqida ham qiziqarli ma’lumotlar berilgan. Hususan, yonlama nay hozirda ko‘pgina xalqlarda uchrasa-da, uning paydo bo‘lish tarixi doirasi (geografiyasi) juda torligi aytib o‘tiladi. Tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlariga asoslangan holda yonlama nay qadimda Misrda ham, Gretsiyada ham uchramasligini, Hindiston madaniyati tarixida uning ilk tasvirlari eramizning birinchi asrlariga oid Gandxar releflarida uchrashini yozadi. Xitoy manbalarida yozilishicha, qadimda “xenchuy” deb nomlangan xu (ya’ni, chet ellik) nayi bu yerga G‘arbdan kirib kelgan. “TSzyan tarixi”ning musiqaga bag‘ishlangan bo‘limida yozilishicha, eramizdan avvalgi ikkinchi asrda xitoylik sayyoh va diplomat Chjan TSyan Sintzyan, O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Shimoliy Hindistonda safarda bo‘lib o‘sha yerlardan bu cholg‘uni o‘zi bilan olib borgan va uni qabiladoshlariga o‘rganish uchun bergan1.
Afrosiyob topilmalari orasidagi yonlama nay tasviri eramizdan oldingi III-I asrlarga ta’luqliligidan kelib chiqib, yonlama nayning vatanini ham O‘rta Osiyo deb taxmin qilish mumkin.
Naysimon cholg‘ular deyarli barcha xalqlarda uchraydi va turlicha nomlanadi. Masalan, O‘zbekiston va Tojikitonda nay, Buryatiya va Mangoliyada limba, Hindistonda bansuri, Xitoyda di deb nomlanadi.
Yonlama naylardan bo‘lmish xitoy di cholg‘usi 6 ta tovush chiqaradigan teshikka ega. U ko‘pincha bambuk yoki qamishdan yasaladi. Nayni yopiq tomoniga yaqin puflanadigan teshigi, uning oldida esa yupqa qamish bilan yopilgan teshik joylashgan. Ochiq tomonidagi 4 ta qo‘shimcha teshiklar cholg‘uni sozlashga xizmat qiladi. Uning tovushi juda baland va toza. Bu qamishli qatlamning rezonatorligi bilan bog‘liq.
Tarixiy ma’lumotlarda di cholg‘usining kelib chiqishini O‘rta Osiyo bilan bog‘liq ekanligi aytib o‘tilgan1.
Xuddi shunday cholg‘u yaponlarda ham mavjud bo‘lib, u sinobue deb nomlanadi. Shu bilan bir qatorda bu yerda Komabue, ryuteki, nokan, kagurabue, koreyslarda tegim cholg‘ulari ham keng ommalashgan. Ular qo‘llanilish joyi, tovush teshiklarining soni, hajmi, diapazoni va tembri jihatdan ma’lum darajada farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |