О‘zbekiston respublikasi madaniyat


Yangi pedagogik texnologiyalarning foydalanish



Download 0,85 Mb.
bet72/91
Sana23.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#844494
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   91
Bog'liq
madaniyat va sanat sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish (4)

Yangi pedagogik texnologiyalarning foydalanish


Interfaol metodlardan foydalanish, aqliy hujum, fikriy hujum, blits- sо‘rov,yozma va og‘zaki davra suhbati,tushunchalar asosida matn tuzish, chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi.
Klaster usulidan foydalanib madaniyat va san’at sohasi tizimiga qо‘yiladigan talablarni aniqlash.
Amaliy mashg‘ulotni taqdimot (prezentatsiya) shaklida olib borish, mavjud slaydlarning mazmun –mohiyatini chuqur tushuntirib berish.

О‘z-о‘zini nazorat qilish uchun materiallar


Nazorat savollari.

      1. Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyatini aytib bering. 2.Madaniyat va san’at sohasiga oid islohotlarni birma bir sanab bering.

  1. ”Yosh kitobxon”, “Kitobxon oila”, “Kitobxon talaba” tanlovlarining asosiy maqsadi nima?

  2. Madaniyat va san’at sohasi rivojida kitobning о‘rni.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar.


2-Mavzu

“О‘zbekiston Prezidentining “Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish- xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir” mavzuida ijodkorlar bilan uchrashuvining mazmun-mohiyati va sohadani bu borada olib borilgan amaliy natijalar””(2 soat)


Reja 1.Prezident bilan uchrashuvning asosiy maqsadi.


2.Ijodkorlarga qо‘yilgan vazifalar va talablar. 3.Vazifalarning ijrosi – amaldagi islohotlar tasnifi. Darsning maqsadi, vazifasi

  1. “Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish-xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir” mavzuida ijodkorlar bilan suhbatning asosi-madaniyat va san’atda yangi burilishlar yaratish iborat ekanini tushuntirib berish.

  2. Vazifa esa – ana shu suhbatning amaldagi isboti sifatidagi madaniy- ma’rifiy islohotlarni nomma-nom ta’riflab berish.

Uchrashuvda Prezidentimiz ijod ahli orasida vujudga kelayotgan turg‘unlik, bir joyda depsinish holatlarini tanqid ostiga oldi, ijodiy tashkilotlar о‘rtasida о‘zaro hamkorlik ruhining yetishmayotgani, san’atda tijorat, iste’molchilik kayfiyati kuchayib borayotganini qayd etdi. Ayni shu majlisdagi Prezidentimizning quyidagi ta’kidiga alohida e’tibor qaratish zarur: “О‘zbekistonda adabiyot va san’at, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat va ma’rifat biznesga
aylanmasligi shart va biz bunga hech qachon yо‘l qо‘ymaymiz”
Darhaqiqat, agar san’atda iqtisodiy mezon birlamchi omilga aylansa, chinakam ijodning umri tugaydi, elga manzur bо‘ladigan, umrboqiy asarlar yaratilmaydi.
Ma’lumki, azaldan ijod ahli, adabiyot va san’at namoyandalarini moddiy jihatdan qо‘llab-quvvatlash muhim vazifalardan bо‘lib kelgan. Zero, chinakam ijod tug‘ilishi, rivoj topishi uchun iqtisodiy ta’minot va farovonlik nihoyatda zarur. Shu ma’noda majlisda Yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizdagi kо‘plab banklar, ishlab chiqarish korxonalarining madaniy-ma’rifiy muassasasalarga homiylik qilish, xalqona aytganda, otaliqqa olish tizimining yо‘lga qо‘yilishi ham e’tirofga molik hodisadir. E’tiborlisi, korxona va tashkilot rahbarlari bu borada shaxsiy tashabbus kо‘rsatib, ma’naviyat, ma’rifatga homiylik qilishni yuksak sharaf deb bilgani diqqatga sazovor. Yurtboshimiz о‘z ma’ruzasida buni chiroyli muqoyasa bilan qutladi: “О‘tgan kunlar” filmida Yusufbek hoji aytganidek, qarang, bizning shunday ma’rifatparvar rahbarlarimiz bor ekan-u, biz bexabar yurgan ekanmiz. Kelinglar barchamizning nomimizdan ularga rahmat aytib, ishlariga muvaffaqiyat tilaylik”.
Majlisda milliy kinematografiyamizni tubdan isloh qilish, ulug‘ ajdodlarimiz haqida badiiy jihatdan puxta filmlar yaratish bо‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Afsuski, о‘zbek kinosida maishiy, oldi-qochdi mavzudagi “filmlar” kо‘payib borayotgani, san’atning bu sohasida ham tijoratchilik kayfiyatining asosiy planga chiqayotgani о‘rinli tanqid qilindi. Joriy yilda “О‘zbekkino” milliy agentligiga davlat byudjetidan 12 milliard 400 million sо‘m mablag‘ ajratilishi kо‘zda tutilayotgani ma’lum qilindi. Davlatimiz rahbari tarixiy mavzuda puxta filmlar yaratish uchun hukumat har qanday sarf-xarajatga tayyor ekanini bildirdi.
Prezidentimiz estrada san’ati bilan bog‘liq muammolarni ham jiddiy tanqid qildi. Xususan, efirga berilayotgan kliplardagi behayo, milliy mentalitetimizga yot harakatlar, ajnabiy raqslar, shuningdek, kо‘pgina xonandalarning tо‘y- marosimlardan ortmayotganiga asosli ravishda e’tiroz bildirildi.
Prezidentimiz ochiq va samimiy muloqot ruhida о‘tgan tadbir yakunida
“Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonamanki, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz ham albatta bо‘ladi” degan fikrni qat’iyat bilan ta’kidladi.
Bir sо‘z bilan aytganda, yuqorida tilga olingan va bevosita ma’naviy hayotimiz bilan bog‘liq qarorlarning qisqa muddat ichida imzolanib, dastlabki natijalarining kuchga kirishi e’tirofga molik hodisa. Agar Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz rahbari etib saylanganidan buyon imzolagan qarorlariga nazar tashlasak, bevosita ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat bilan bog‘liq sohalarga e’tibor va g‘amxо‘rlik kuchaygani, ushbu sohalar davlat siyosatining asosiy yо‘nalishlariga aylanib borayotgani ma’lum bо‘ladi. Dunyo mafkuraviy maydonida globallashuv fenomeni tezlashib, turfa mafkuralar kurashi kuzatilayotgan pallada milliy madaniyat va san’atimizga e’tiborning ortgani shubhasiz muhim va zarur jarayondir.
Sо‘nggi yillarda madaniyat va san’at sohasini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, madaniyat va san’at muassasalarini davlat tomonidan qо‘llab- quvvatlashning samarali tizimini yaratish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, о‘tkazilgan tahlillar shuni kо‘rsatmoqdaki, madaniyat va san’at muassasalari binolarini qurish va ta’mirlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, hududlarini obodonlashtirish, aholining madaniy ehtiyojlarini qondirish borasidagi ishlar talab darajasida emas.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish