“О‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasi faoliyati boshqaruvining rivojlanishi”(2 soat)
Reja
О‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha “2017-2021 yillarga mо‘ljallangan Harakatlar strategiyasi va “Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir” Prezident Shavkat Mirziyoyevning О‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi (2017 yil, 3 avgust) ma’ruzasi.
Harakatlar strategiyasining 4-yо‘nalishi.
3.2017 yilning 12 yanvarida esa Prezidentning “Kitob mahsulotlarini chop etish va
tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bо‘yicha komissiya tuzish tо‘g‘risida” farmoyishi mazmun-mohiyati.
Talabalarga madaniyat va san’at sohasi faoliyatining shakllanishida, taraqqiy topishida davlat boshqaruv organlarining e’tibori, qо‘llab-quvvatlashi, Harakatlar dasturining amaldagi islohotlari soha faoliyatida tub burilish yasayotgani haqidagi aniq misollar bilan tushuntirib berish.
Vazifa esa – har bir talabaning davlatimizning ustuvor vazifalari sifatidagi madaniy taraqqiyot, san’atga e’tirof borasidagi fikr-mulohazalarini shakllantirish va fikr almashish.
2017 yilning 7 fevral kuni О‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha “2017-2021 yillarga mо‘ljallangan Harakatlar strategiyasi” haqidagi farmon tasdiqlandi. Mazkur hujjat mamlakatimiz hayotida dolzarb ahamiyatga ega bо‘lib, unda davlat va jamiyat rivojlanishining muhim tamoyillari о‘z aksini topdi. Harakatlar strategiyasining IV yо‘nalishi – Ijtimoiy sohalarga yо‘naltirilgan bо‘lib, uning tо‘rtinchi bandida ta’lim va fan sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu bandda ayni sohada qilinishi lozim bо‘lgan barcha zarur chora-tadbirlar belgilandi. YA’ni, uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish yо‘lini davom ettirish, Madaniyat va san’at muassasalari qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, maktabgacha Madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini rivojlantirish, umumiy о‘rta ta’lim sifatini yaxshilash, о‘quvchilarning chet tillari va talab yuqori bо‘lgan boshqa fanlarni chuqur о‘zlashtirishlari, kasb-hunar kolleji о‘quvchilarining bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqib mutaxassisliklar bо‘yicha ishga joylashishlari uchun imkon yaratish kabi dolzarb masalalar kо‘zda tutilgan.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan 2017 yil 14 fevralda mamlakatimizda keng kо‘lamda amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasi samaradorligini ta’minlash maqsadida “Taraqqiyot stratgeiyasi”
markazi tashkil etildi. Ushbu markaz nohukumat va notijorat tashkilot bо‘lib, uning faoliyati doirasiga quyidagi yо‘nalish va vazifalar kiradi:
-Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilish jarayonlarini ularning bajarilishi bо‘yicha mas’ul komissiya bilan hamkorlikda qо‘llab-quvvatlash;
- Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bо‘yicha xalqaro tashkilot va ekspertlar fikrlarini baholash, shuningdek, xalqaro tajribalar, jahon standartlarini о‘rganib borish;
-amalga oshirilayotgan tadbirlarning keng jamoatchilik va ekspertlar ishtirokidagi muhokamasini tashkil etish;
- Harakatlar strategiyasida belgilangan tadbirlarni samarali amalga oshirish bо‘yicha asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazining eng muhim vazifalaridan biri Harakatlar strategiyasida belgilangan eng muhim chora-tadbirlarning bajarilishini tizimli monitoring qilib borish hamda har bir yо‘nalish bо‘yicha guruhlarga asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.