Bu borada Madaniyat vazirligi faoliyati aks ettirilgan kichik videosyujet talabalarga taqdim etiladi.
Interfaol metodlardan foydalanish, aqliy hujum, fikriy hujum, blits- sо‘rov,yozma va og‘zaki davra suhbati,tushunchalar asosida matn tuzish, chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi.
Klaster usulidan foydalanib madaniyat va san’at sohasi tizimiga qо‘yiladigan talablarni aniqlash.
Amaliy mashg‘ulotni taqdimot (prezentatsiya) shaklida olib borish, mavjud slaydlarning mazmun –mohiyatini chuqur tushuntirib berish.
О‘z-о‘zini nazorat qilish uchun materiallar
Nazorat savollari.
1.Farmonning madaniyat va san’at ziyolilariga qо‘ygan talablari qanday? 2.Madaniyat vazirligi strukturasini bilasizmi?
3.Ushbu qonuniy-meyoriy hujjat qabul qilinganidan sо‘ng qanday о‘zgarishlar amalga oshirildi?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar.
4-5 Mavzu. Madaniyat va san’at sohasi boshqaruvining tarixiy-ilmiy maktablari.(2 soat)
Reja
Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, “Yusuf Xos Hojibning“Qutadg‘u bilig”, Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asarlarida boshqaruv faoliyati talqini.
Sharqda shakllangan tarixiy- ilmiy maktablar.
Darsning maqsadi, vazifasi
Sharqning buyuk mutafakkirlaridan biri Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” kitobida fozil shahar, odil jamiyat, adolatli rahbar tamoyillari tushunchasini talabalarga sharhlab berish. “Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asarlarida boshqaruvning tarixiy – ilmiy manbalari, allomalarning qarashlaridagi bir yoqlama yondashuvlar, tafovutlar borasidagi axborotlarni talabalarga yetkazish va ularning bu boradagi fikrlarini shakllantirish, sharhlab berishlariga undash.
Forobiy jamiyat rivojida madaniyatning nechog‘li о‘rin tutishini “Fozil odamlar shahri”, “Kitob li madaniyat al-fozila va al-madanat al-mubaddala va al- madanat azzola” (Fozil, johil, fosiq, о‘zgartirilgan va adashganlar shahari haqida kitob”), “Kitob mabodi orou al-madanat al-fozila” (Fozil shahar ahli qarashlarining asoslari haqida kitob”), “Kitob as-siyosat al-madaniya va yu’rafu bimabodiy al- mavjudot” (“Shaharlar ustidan siyosat yurgizish kitobi, u mavjudotning boshlanishi deb tanilgan”), “Kalom fi al-millat al fikh al-madaniy” (“Xalq va shaharlarni boshqarish huquqi haqida sо‘z”), “Kitob fi al-ijtimoot al- madaniya” (“Shahar yig‘inlari haqida kitob”) singari kitoblarida tо‘laqonli asoslab beradi. Asarlarning mazmun-mohiyati allomaning “madaniyat”, “al-madaniya”, “al- madanat”, “al-madaniy” singari tushunchalarni jamiyat hayoti, odamlarning munosabatlari, xislatlari bilan mushtarak tasvirlaydi.
”Madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday bо‘ladiki, shu mamlakatning aholisidan bо‘lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma bab-barobar bо‘ladi, kishilar о‘rtasida farq bо‘lmaydi, har kim о‘z istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin ma’noda ozod bо‘ladilar. Odamlarning tinchlik va erkinliklariga halaqit beruvchi sulton (ya’ni podshoh) bо‘lmaydi. Ular о‘rtasida turli yaxshi odatlar, zavq- lazzatlar paydo bо‘ladi. Ularning о‘zlaridan saylangan rahbar yoki boshliqlar hokimi mutlaq bо‘lmaydi. Ular odamlar ichida kо‘tarilgan, sinalgan eng olijanob, rahbarlikka loyiq kishilar bо‘ladilar. Shuning uchun bunday rahbarlar о‘z saylovchilarini tо‘la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan muhofaza qiladilar. Bunday rahbarlar hammaga barobar munosabatda bо‘ladilar, hatto hammaning manfaatini о‘zlarining manfaatlaridan ortiq kо‘radilar, umumning manfaati uchun о‘zlarining shaxsiy manfaatlaridan kechadilar, xalq manfaati uchun о‘zlaridagi kuch- g‘ayrat va boyliklarini ayamaydilar”, - deb e’tirof etadi alloma.
Forobiy qarashlarida jamiyatda madaniy bilimning о‘rni, insonlarga xos bо‘lgan jamiki yaxshi fazilatlarning birlashtiruvchi madaniy ilm ekanligi, faqat
madaniy bilimga ega bо‘libgina jamiyatni birlashtirish mumkin ekanligiga ustuvor e’tibor qaratilgan.
“Qutadg‘u bilik”, ya’ni “Saodatga eltuvchi bilim” asari bilan tanilgan yana bir sharq donishmandi Yusuf Xos Hojib (taxminan 1020 yil Bolosug‘unda tug‘ilgan – vafoti noma’lum)dir. Qoraxoniylar saltanati hukmdori Tavg‘ach Bо‘g‘raxonga atab yozilgan ushbu asar 1069 yilda yozilgan. Xalqning ma’rifatli ziyolilari shoirlarni ushbu asarda muallif “sо‘z teruvchilar” deb ta’riflaydi, XI asr voqealari, insonlarning о‘sha davrdagi yashash tarzi, muomala-yu munosabati, yaxshilik va yomonlikka bо‘lgan munosabatlaridan darak beruvchi bu asarda shoirlarni “Tillari qilichdan о‘tkirroq”, “Xotir yо‘llari qildan ham ingichkaroq” deb nihoyatda nuqtadonlik bilan ta’riflaydi. Qalam ahlini dengizga kirib, gavhar, yoqut, inju olib chiqqan g‘avvoslarga qiyoslaydi.Agar shu mezondankelib chiqib baholanadigan bо‘lsa, “Qutadg‘u bilig” ana shunday injularning о‘ziga xos xazinasidir”
Yana bir mutafakkir - tarixda, boshqaruvda о‘z dunyoqarashi,ta’limotiga ega bо‘lgan Saljuqiylar davlati arboblaridan biri Nizomulmulkdir. Nizomulmulk1017 yilda Eronning Tus shahrida tavallud topgan. Uning asl ismi Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Ishoq at-Tusiy bо‘lib, Nizomulmulk uning unvoni bо‘lgan. “Nizo-mulmulk”, ya’ni mulkning nizomi, tartibi nomi tanilgan. Saljuqiylar hukmdori Alp Arslon saroyida, keyinchalik uning о‘g‘li , 17 yoshlik Malikshoh (1072 - 1092) xizmatida bо‘ladi, vazir sifatida faoliyat olib borar ekan, hukmdorlarning topshiriqlariga asosan davlatning deyarli barcha ishlarini rasamadi bilan boshqargan va saroy ahlida ham, raiyat ahlida ham alohida hurmat-e’tibor qozongan. Vazir sifatida Nizomulmulk har bir mamlakatda bо‘ladigan tarafkashlik, ayirmachilik (qabilalar, urug‘lar,zodagonlar orasida) tarafdorlariga nisbatan keskin kurash olib borgan, davlatning qudrati yakdillikda, birgalikda harakat qilmoqlikdan iborat ekaniga jamiyat a’zolarining fikrini qaratgan va о‘z navbatida tinch,murosa yо‘li bilan bunga erishgan ham.Tinimsiz kuzatish, kuzatganlaridan kerakli xulosalar chiqarish, turli nifoq va inzolarni
bartaraf etishdagi faoliyati umumlashmalarining ta’biri sifatida 1091 yilda
«Siyosatnoma» («Siyar ul-muluk») kitobini bitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |