Mazkur sharq mutaffakirlarining kitoblarini о‘qish, о‘rganish va talabalarning kitoblardan olgan kо‘nikmalari, boshqaruv faoliyatiga allomalarning bergan ta’riflarini suhbat shaklida davom ettirish.
Mutafakkirlar faoliyatining video, audio materiallaridan foydalanishni yо‘lga qо‘yish.
Interfaol metodlardan foydalanish, aqliy hujum, fikriy hujum, blits- sо‘rov,yozma va og‘zaki davra suhbati,tushunchalar asosida matn tuzish.
Klaster usulidan foydalanib madaniyat va san’at sohasi tizimiga qо‘yiladigan talablarni aniqlash.
Amaliy mashg‘ulotni taqdimot (prezentatsiya) shaklida olib borish, mavjud slaydlarning mazmun –mohiyatini chuqur tushuntirib berish.
О‘z-о‘zini nazorat qilish uchun materiallar
Nazorat savollari.
Allomalarning har biri boshqaruv haqida qanday fikrlar bildirgan? 2.Qanday jamiyat fozil jamiyat bо‘lishi mumkin?
3.Har bir allomaning ilmiy va dunyoviy qarashlarini tasvirlab bering.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar.
6-7 Mavzu. Amir Temurning “Temur tuzuklari” asarida boshqaruv faoliyatiga alohida qarashlar bayoni(4 soat)
Reja
Amir Temurning “Temur tuzuklari” asarida boshqaruvning о‘ziga xos sharqqa xos xususiyatlari.
Mamlakatni 12 qoidaga asoslanib boshqarish, 12 qat’iy tushuncha tasnifi.
Darsning maqsadi, vazifasi
Sohibqiron Amir Temurning “Temur tuzuklari” kitobida mamlakatni 12 qoidaga tayanib boshqarish, rahbar fazilatlari, rahbarlikning 12 ta oltin qoidasi, 12ta asosiy qat’iyat tushunchasining mazmun-mohiyatini sharhlab berish.
Vazifa esa ushbu asarni о‘qigan talabalarning savol-javob shaklidagi mulohalarini shakllantirish.
Tarix guvohlik berishicha mohir rahbar va mashhur sarkarda davlatni boshqarishda tо‘rt narsaga amal qilgan:
Kengash;
Maslahat;
Tadbirkorlik va hushyorlik;
Ehtiyotkorlik. 5.
Mamlakatni 12 qoidaga tayanib boshqargan:
Har yerda va har vaqtda islom dinini qо‘llab-quvvatlash;
Kengash, mashvarat, maslahat va sabr-toqat bilan murosayu-madora qilish orqali boshqarish;
Saltanat ishlarini tо‘ra-tuzukka asoslanib, ya’ni qonun-qoidaga , о‘rnatilgan tartibga kо‘ra ish yuritish.
Davlat ishlarini qat’iyatlilik bilan boshqarish;
Adolat va insof tamoyiliga asoslanib, “gunohkorga ham, begunohga ham rehm qilib”, haqqoniyat bilan hukm chiqarish;
Saltanatni boshqarishda tejamkorlik, zukkolikka tayanish;
Sayyidlar va oqilu donolar, muhaddislarning izzat-hurmatlarini joyiga qо‘yish;
Azmu-jazm bilan ish tutish;
Raiyat ahvolidan xabardor bо‘lish, ulug‘larni ota о‘rnida kо‘rish, kichiklarni farzand о‘rnida kо‘rish;
Barcha xalq va millatni hurmat qilish;
Dо‘st, dushman bilan kelishib yashash;
Dо‘st, dushmanligiga qaramay sipohiylarni hurmat qilish.(jadval).
Shu о‘rinda Amir Temurning ilm-fan, ma’rifat sohasida ish kо‘rsatgan, elga tanilgan kishilarning ta’minoti, ular uchun imkoniyatlar yaratish, ularni imkon jamiyatda yuksak qadrlash, davlatni rivojlantirish yо‘lida ularning maslahat va kо‘rsatmalaridan foydalanishdek benazir ish tutumlari ham ayniqsa diqqatga sazovordir.
Amir Temur uchun uch asosiy fazilat davlat boshqaruvining mezoni bо‘lib kelgan.
Davlatning muhrida ham belgilangan adolat mezoni bu fazilat Sohibqironning umr mazmuniga aylangani haqiqat. Amir Temur adolatni ikki qiyosda qiyoslaydi: bu rahbarning sо‘zdagi adolati, neki gapirilsa haqqoniyat nuqtai nazaridan sо‘zlash va raiyatga yolg‘on yoki ikki xil sо‘zlashni munofiqlik hisoblaydi. Keyingi qiyos- esa ishdagi adolat, rahbarning faoliyatidagi adolat tamoyilidir.
Temur zamonida dinga sodiqlik, ishonch e’tiqodning asosi hisoblangan. Sarkarda e’tiqodni о‘zidan qanday talab qilgan bо‘lsa ham lashkarboshilari, vazirlari hatto oddiy sipohiysidan ham talab qilgan.Shuni alohida e’tiborga olish kerakki, adolatli hukmdor har qanday fazilatni xodimlaridan talab qilmoqdan avval shaxsan ibrat kо‘rsatmoq zarur deb hisoblagan.
Bilimli, ziyoli kishilardan saltanat rivoji yо‘lida foydalanmoqlik, ularning ibratli hayot va ijod yо‘llarini targ‘ib qilmoqlik masalasida ham adolatli hukmdor ijobiy ishlarni amalga oshirgan.Bilimparvarlik, bunyodkorlik asosiy mezonlarning yana biri hisoblanadi.Shuning uchun ham Movoraunnahrning poytaxti hisoblanmish Samarqand madaniyat va san’at rivojining muhtasham markaziga aylangan.Undan tashqari dunyoning eng kuchli sangtaroshlari, naqqoshlari, arxitektorlarining mujassami ham Samarqandda qurilgan binolarda о‘z aksini topgan.Shuning uchun ham Amir Temur :”Bir daraxtni kessam, о‘rniga о‘n daraxtni ektirdim”, yoki “Bizning qudratimizga shubha qilganlar qurgan imoratlarimizga boqsinlar” deb yozgan bо‘lsa kerak.
Bundan kо‘rinadiki, Hazrati Sohibqironning dasturilamali adolat, shijoat va bir sо‘zlilik bо‘lgan. “Tuzuklar”ni о‘qigan kishi albatta buyuk xukmdorning 12 asosiy qat’iyatiga qoyil qolmay iloji yо‘q:
Rahbarning sо‘zi va ishi birligi.
Rahbarning о‘ta muhim maslahatlar uchun maslahatlashadigan kishisi bо‘lishligi.
Buyruq, farmoyish, kо‘rsatma shaxsan birinchi rahbarning о‘zi tomonidan bо‘lishligi.
Rahbarning qarori qat’iy va munozaraga о‘rin qolmasligi.
Rahbarning qarori, kо‘rsatmasi, buyrug‘i ijro etilishi shart.Ijroda bahs-munozara, ikkilanishlarga yо‘l qо‘yilmasligi shartligi.
Hech qachon, hech qaysi vaqt va hech qaysi sharoitda rahbar о‘zining vazifasini birovga ishonib topshirmasligi shart.
О‘zgalar fikriga quloq solish, ammo rahbarning о‘zi о‘z fikriga tayanib ish kо‘rmog‘i.
Rahbar armiya va raiyatning ehtiyojlari birinchi navbatdagi ehtiyojlar ekanini hech qachon unutmasligi.
Boshqaruvchining sо‘zi ham, ishi ham, qarori ham, hukmi ham, rag‘bati-yu jazosi ham haybatli bо‘lmog‘i kerak.
Boshqaruvchining hech qanday bosim va tazyiqsiz ishlashi uning erkinligi, daxlsizligidan darak beradi.Rahbar daxlsiz bо‘lmog‘i kerak.
Boshqaruvchilik – yakkaboshchilik degani.Rahbarning sherigi yoki ish о‘rgatuvchisi bо‘lmasligi kerak.
Boshqaruvchining maslahatchilari hamisha nazoratda bо‘lishlari
kerak.
“Kimki biror sahroni obod qilsa, yoki biron koriz qursa, yo biror bog‘
kо‘kartirsa, yoki biron xarob bо‘lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yilda undan hech narsa olmasinlar,ikkinchi yili raiyat roziligi bilan berganini olsinlar,uchinchi yili esa qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig‘sinlar”, yoki “Kasbu hunar va ma’rifat ahllariga saltanat korxonalaridan yumush berilsin”, yoki “Adl tarozusini qо‘limga oldim, ne kam qildim va ne ziyod, hammani о‘lchovda barobar tutdim”.
Taniqli allomalarning merosini о‘rganish, ularning ona sharq taraqqiyoti va rivoji borasida milliy davlatchilikni boshqarish borasidagi qimmatli yо‘nalishlarni belgilab berganlarini e’tirof etish- bugungi kunda ham ibratlidir. Ayniqsa, ularning madaniyat va san’at muasasalarini tashkil qilish va boshqarish bо‘yicha kо‘rsatmalari bо‘lajak rahbarlarning dasturilamali talabalarning diqqat-e’tiboriga taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |