Konsepsiyani amalga oshirish borasida esa:
О‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at sohasida qator yillar mehnat qilgan ziyolilarni taqdirlash uchun “Madaniyat va san’at fidokori” kо‘krak nishonini ta’sis etish, tarixda ilk marta madaniyat va san’at sohasi faoliyatini qonun himoya qiladigan huquqiy-qonuniy, meyoriy hujjat hisoblanmish tо‘g‘risidagi “Madaniyat tо‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish, madaniyat sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari va yо‘nalishlari, ularni amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarningvakolatlari, madaniyat sohasida fuqarolar, millat va elatlarning huquq hamda erkinliklari, madaniy obyektlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartiblari, shuningdek, ularni moliyalashtirish va boshqarishning о‘ziga xos xususiyatlari, ijodiy uyushma va birlashmalarning huquqiy maqomi, madaniyat sohasidagi xodimlarning ijtimoiy himoyasi, madaniy almashuv, xalqaro tashkilot va xorijiy davlatlar bilan hamkorlik, madaniyat obyektlari va san’at asarlarini ommalashtirish zarurligi va bu kechiktirib bо‘lmas masalalarda davlat va nodavlat tashkilotlarning birday mas’ulligi belgilab qо‘yilgan. О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Xalq cholg‘ulari ijrochilari”, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” va Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika kо‘rik-tanlovlarini an’anaviy ravishda о‘tkazish, “Xalq cholg‘ulari ijrochilari” kо‘rik-tanlovi ikki yilda bir marta, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” kо‘rik-tanlovi ikki yilda bir marta, Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” kо‘rik-tanlovi ikki yilda bir marta о‘tkazilishi, ushbu kо‘rik-tanlovlar g‘oliblarining bir nafardan yakka ijrochilari tegishli yо‘nalishi bо‘yicha oliy ta’lim muassasasining bakalavriat bosqichiga qabul kvotasiga qо‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinishi ijod ahliga bо‘lgan e’tirofning yana bir qirrasidir.
Shuningdek, har yili 21-27 mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi”ni va uning doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, jumladan, teatr rassomlarining kо‘rgazmalari, teatr liboslari va dekoratsiyalari namoyishlarini tashkil qilish,
tomoshabinlar bilan ijodkorlar о‘rtasida muloqotlar о‘tkazish hamda aholining shu kunlari davlat teatrlariga bepul kirishi ayniqsa talabalar va о‘quvchilar uchun ayni muddao sanaladi.
О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi YUNESKO ishlari bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikdagi davlatlararo qо‘shma loyiha doirasida Buyuk ipak yо‘lining mamlakatimizdan о‘tgan qismini “Ipak yо‘li: Zarafshon daryosi vohasi” va “Ipak yо‘li: Farg‘ona – Sirdaryo havzasi” nomi ostida YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi rо‘yxatiga, О‘zbek xalqining kо‘hna va betakror san’ati namunasi bо‘lgan Xorazm “Lazgi”sini “Xorazm raqsi – Lazgi” nomi ostida YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ rо‘yxatiga kiritish bо‘yicha chora- tadbirlarni amalga oshirilishi mamlakatdagi ulkan islohotlarda madaniyat va san’at muassasalari xodimlarining ham faoliyatlarini yanada takomillashtirishlari
va yanada samarali ijod qilishlari uchun asos bо‘lib xizmat qiladi.
Bu esa о‘z navbatida munavvar tadbirlarning xalqning osoyishta, farovon hayotiga yanayam mazmun va fayz bag‘ishlashi, qolaversa buyuk CHо‘lponning “...adabiyot yashasa, madaniyat yashasa millat yashaydi” degan purhikmat sо‘zlarining amaldagi isbotidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |