О‘zbekiston respublikasi madaniyat


О‘z-о‘zini nazorat qilish uchun materiallar



Download 0,85 Mb.
bet80/91
Sana23.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#844494
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   91
Bog'liq
madaniyat va sanat sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish (4)

О‘z-о‘zini nazorat qilish uchun materiallar


Nazorat savollari.

    1. Boshqaruvning xorijiy modellari deganda nimalarni tushunasiz? 2.Boshqaruvning yapon, shved, amerikacha, nemis, xitoy modellarini

qiyoslab bering.

    1. Anri Fayol va Frederik Teylor ta’limoti qanday qarashlarni о‘z ichiga

oladi?

Tavsiya qilinadigan adabiyotlar.



  1. mavzu. Boshqaruv nazariyasi asosischilarining boshqaruv borasidagi ilmiy, nazariy qarashlari.(2 soat)

Reja

  1. Boshqaruv nazariyasi asoschilari Frederik Teylor va Anri Fayol, F.Emmerson, Laykert tamoyillarini о‘rganish.

  2. Rus olimlarining jamoaning ruhiy muhitini о‘rganish, rahbarning kommunikativ qobiliyati haqidagi qarashlari.



Darsning maqsadi, vazifasi.


Boshqaruv nazariyasi asoschilari Frederik Teylor va Anri Fayol, F.Emmerson, Laykert tamoyillarini о‘rganish,rus olimlarining jamoaning ruhiy muhitini о‘rganish, rahbarning kommunikativ qobiliyati haqidagi qarashlarini о‘rganish, shuningdek milli y rahbarshunoslikda madaniyat va san’at sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish borasidagi qarashlar bayonini talabalarga aniq misollar yordamida tushuntirib berish.
Boshqaruv nazariyasi asoschilarining faoliyatlari bunga misol bо‘la oladi. Sohada о‘ziga xos ibrat maktablarini yaratgan amerikalik muhandis – tadqiqotchi Frederik Teylor va fransuz olimi Anri Fayol oli borgan tadqiqotlar mana qancha zamonlardan beri о‘z qimmatini yо‘qotgan emas. Masalan Frederik Teylor
boshqaruv nazariyasi bilimdonlari Ford, Gilbert, Emersonlar qatorida boshqaruv nazariyasining tarixan dastlabki yо‘nalishi “klassik” (an’anaviy) maktabini yaratganlardan biridir. Teylor xizmat pog‘onalarining barcha darajalarini AQShdagi Bestlegem yirik metallurgiya korxonasi kichik xizmatchisidan boshqaruvchisigacha bо‘lgan lavozimni egallagan “Korxonani ilmiy boshqarish asoslari”, “Boshqarishni ilmiy tashkil etishni tamoyil va usullari” kabi qator asarlari dunyoning qator tillariga tarjima qilingani, maqsad, barcha shart va usullarga og‘ishmay amal qilinishi- yarim muvaffaqiyat ekanini isbotlab berdi.Teylor ta’limotining afzal tomonlari shundaki, u eng kichik xodimgacha aql- zakovat, ma’lumot, ish tajribasi, axloq-odob, kengfikrlilik, g‘ayrat, shijoat, ziyraklik, halollik, tо‘g‘ri fikr egasi bо‘lishi kerak, eng muhimi ishchi xodimning salomatligi ishning yutug‘iga asos bо‘ladi, degan fikrni ilgari surdi.Mana shu sifatlarning qanchasiga ishchi xodim tо‘la javob ta’minlash mumkinligini isbotlab berdi.Shuning uchun dunyoda “teylorizm” ta’limotiga tayanib ish kо‘rgan ishbilarmonlar Frederik Teylorni “Ishning kо‘zini biladigan Teylor” deb ataganlar.
F.Teylor (amerikalik muhandis-tadqiqotchi, 1850-1920) tamoyillari:

  • aniq maqsadni tanlash;

  • maqsad yо‘lidagi vositalar mutanosibligini ta’minlash;

  • natijani nazorat qilish;

  • ishchining bilimini qadrlash;

  • ishda motivatsiyaning muhimligi;

  • boshqaruvchi va xodimlarning javobgarligini tartibga solish;

Yana bir boshqaruv nazariyasi asoschilaridan biri Anri Fayol boshqaruv bо‘yicha 14 tamoyilni ilgari suradi. Fransuz olimi mehnat taqsimotini ishni kо‘p hajmda, sifatli bajarish, vakolat va javobgarlikka katta ahamiyat berish, vakolatning javobgarlik tendensiyasiga mos tushishi, har qanday sharoitda qat’iy intizom muvaffaqiyat garovi ekanligi, buyruqlar va qarorlar yakkaboshchilik asosida – faqat boshliqning varolatiga munosib ekanligi, bir rahbar va yagona reja
asosida qilingan ish yо‘nalishning bitta ekanligidan darak berishi, hammavaqt
shaxsiy manfaatlar umummanfaatlar asosida qо‘llanilishi, adolatli e’tirof va mukofot ishning natijasiga katta rag‘bat berishi, markazlashtirish, skalyar zanjir metodini qо‘llash, eng pastdagi xodimdan eng yuqori lavozim egasigacha) tashkilotning har bir a’zosi tashkilot g‘alabasi yoki mag‘lubiyatiga birdek javobgarligini oshirish, hamma narsa va hamma uchun bir xil sharoit yaratish, haqqoniyat va adolatning shaffofligini ta’minlash, ish о‘rnining barqarorligi ishchi uchun nechog‘lik ahamiyatga egaligini ta’minlash, tashabbus yangi natijalarning kaliti ekanini anglash, birgalashib, ittifoq bо‘lib, yagona kuchga aylanmoq – bu katta natija, yuqori samara ekanini tushunish, anglash, his etish kabi tamoyillar – boshqaruvning eng samarali tamoyillari ekanligini isbot qildi67.
Fransuz olimi Anri Fayol tamoyillari:

  • qabul qilingan qarorlar javobgarligi;

  • yakkaboshlik;

  • boshqaruvda iyerarxiya (iyerarxiyaga ta’rif beriladi);

  • shaxsiy manfaatlarni umummanfaatlarga bо‘ysundirish;

  • ixtisoslashuv;

  • qat’iy tartib – intizom;

  • mehnat haqidan qoniqish;

  • kadrlarning doimiyligi;

  • g‘oya va tashabbuslarning rag‘batlantirilishi;

  • manfaatlar umumiyligi;

A.Fayol boshqaruv tizimiga oid beshta universal elementlarni asoslab bergan:

  • 1.Rejalashtirish.

  • 2.Tashkillashtirish.

  • 3.Rahbariyat.

  • 4.KoordinatsiY.

  • 5.Nazorat.



Boshqacharoq ta’rif beriladigan bо‘lsa,boshqaruv – bu muayyan tashkilot maqsadi yо‘lida rejalashtirish, tashkillashtirish, ruhlantirish va nazorat qilishdir. Boshqarma esa faoliyatning asosiy turi bо‘lib, iqtisodiy – ijtimoiy о‘zgarishlarga asoslanib ish kо‘radigan tashkilotdir. Boshqaruv – bu muayyan tashkilot maqsadi yо‘lida rejalashtirish, tashkillashtirish, ruhlantirish va nazorat qilish degani. Boshqarma esa faoliyatning asosiy turi bо‘lib, iqtisodiy – ijtimoiy о‘zgarishlarga asoslanib ish kо‘radigan tashkilotdir.


Mavjud imkoniyatlarni, inson intellekti va mehnat resurslarining tо‘laqonli imkoniiyatlarini jamoaning ma’lum maqsadi sari yо‘naltirish boshqaruv ekanini anglash qiyin emas.

Boshqaruvning tamoyili yoki nazariyasi esa – harakat uchun umumiy tavsiyalar va qabul qilishda aniq maqsadga tomon dadil qadamlardan iborat bо‘ladi. Bu borada ilmiy maktab yaratgan olimlarning tamoyillarini kо‘rib chiqamiz:


F.Emmerson tamoyillari:

  • aniq maqsadga yо‘naltirish;

  • iqtisodiy tomonlarni hisobga olish;

  • о‘z ishini puxta biladigan mutaxassislarni ishga solish;

  • jarayonlarni kuzatish, sharoit ta’minlanishining nazorati;

  • rag‘bat, e’tirof, mukofotlash samaradorligi; M.Veber tamoyillari

  • yuqori malakali mutaxassislarning qadrlanishi;

  • boshqaruvning pastki darajaning yuqoridan nazorat qilinishi va sо‘zsiz bо‘ysunish;

  • umumkasbiy qoidalarga bо‘ysunish;

  • mehnatni ham, rag‘batni ham tо‘g‘ri tashkil qilish;

Kо‘rinadiki, G‘arbda boshqaruv muammolarini о‘rganish bо‘yicha qator tajribalar о‘rganilgan. Amerikalik olim, Michigan Universiteti professori
R.Laykert boshqaruv uslubining samaradorligini oshirish borasida rahbarning majburlash usullaridan foydalanmaslik, xodimlarni faqat ishontirish yо‘li bilan natijadorlikka erishish fikrini ilgari sursa, ingliz olimi M.Mekso rahbar faoliyatining samaradorligini kommunikatsiyaga bog‘laydi, kommunikatsiya olimning fikricha bu :

  • Kishilar bilan yakkama-yakka suhbat olib borish qobiliyati;

  • Telefonda sо‘zlashish qobiliyati;

  • Rasmiy hujjatlarni tuzish qobiliyati;

  • Majlislarni о‘tkazish qobiliyati;

Olimning fikriga kо‘ra rahbar qancha kommunikativ qobiliyatga ega bо‘lsa, ishning natijadorligi shuncha yuqori bо‘ladi.



Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish