Nazorat savollari
Xalq qayig’ida eshkak eshish texnikasida qanday o’ziga xos xususiyatlar bor?
Xalq qayig’ida eshkak eshishdan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
Xalq qayig’i qanday boshqariladi?
Xalq qayig’ida eshkak eshishda eshishni bajarish qanday fazalarga bo’linadi?
Suv yo’llarini kechib o’tishda va ko’ngilochar maskanlarda xalq qayig’idan foydalanishda qanday xavfsizlik talablari bor?
10-mavzu. Eshkak eshish sportida musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazish
Eshkak eshish sportida musobaqalarni tashkil qilish to’g’risida umumiy tushuncha. Musobaqa – sport trenirovkasining eng yuqori qismi bo’lib, hissiyotlarga to’laligi bilan oddiy trenirovkadan farq qiladi. O’z navbatida energiya resurslarini maksimal yuzaga chiqarishni talab qiladi. Musobaqa taktik bilimlarni takomillashtirishga, o’z kuchini to’g’ri baholash va masofa bo’laklariga to’g’ri taqsimlashga, psixologik va irodaviy sifatlar rivojlanishiga kuchli ta`sir ko’rsatadi.
Musobaqa sportchi tayyorgarligiga mazkur musobaqa davrini rejalashtirishda bosh, asosiy, yordamchi va nazorat musobaqalar ratsional tanlangan bo’lsa kuchli ta`sir ko’rsatadi. Agar rasmiy taqvim-rejada musobaqalar yetarlicha bo’lmasa klub musobaqalari yoki o’rtoqlik poygalarini rejalashtirish maqsadga muvofiq.
Musobaqalar eshkak eshuvchilar tayyorgarligini boshqarishda kuchli vosita bo’lib, quyidagi asosiy hujjatlar asosida o’tkaziladi:
Musobaqalarning taqvim-rejasi
Musobaqa Nizomi
Musobaqa Qoidalari
Musobaqaning taqvim-rejasi musobaqa nomini, o’tkazilish vaqti va joyini o’zida aks ettiradi.
Musobaqa Nizomida quyidagilar ko’rsatiladi:
musobaqa o’tkazishdan maqsad va uning vazifalari;
o'tkazilish shartlari (shaxsiy, shaxsiy-jamoaviy, jamoaviy);
musobaqa xarakteri (rasmiy chempionatlar, an`anaviy regatalar, uchrashuv matchlari);
ruxsat berish shartlari;
musobaqa dasturi;
ishtirokchilarning kelish va ketish kunlari;
qur`a va yig’ilishlar o’tkazish vaqti;
g’oliblarni aniqlash va mukofotlash;
musobaqaning moliyaviy shartlari.
Musobaqa o’tkazilishini tashkil qilish va o’tkazish mazkur musobaqani o’tkazuvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Bevosita musobaqa o’tkazish musobaqa o’tkazuvchi tashkilot tomonidan taklif qilingan hakamlar hay`ati tomonidan amalga oshiriladi.
Masofani qabul qilgan vaqtdan boshlab musobaqa o’tkazish bo’yicha barcha javobgarlik bosh hakam zimmasiga yuklatiladi.
Musobaqa Nizomi musobaqa Qoidalariga zid bo’lmasligi shart, aks holda bosh hakam musobaqa Qoidalariga muvofiq faoliyatini olib borishga majbur.
Musobaqa Qoidalari masofani jihozlashga, sport anjomlariga talablarni, hakamlar brigadasi, qutqaruv va texnik xizmatlar ishini ta`minlashni, bundan tashqari, hakamlar hamda ishtirokchilarning huquq va majburiyatlarini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |