O’zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti eshkak eshish nazariyasi va uslubiyati chirchiq-2020 yil



Download 4,17 Mb.
bet35/135
Sana21.04.2022
Hajmi4,17 Mb.
#571296
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   135
Bog'liq
Eshkak eshish referat

Nazorat savollari

  1. Akademik eshkak eshish qayig’i qanday olib chiqiladi?

  2. Akademik eshkak eshishda qanday turlar farqlanadi?

  3. Toq eshkakli qayiqlarda eshkak eshish qanday xususiyatlarga ega?

  4. Akademik eshkak eshishda eshishni bajarish qanday fazalarga bo’linadi?

  5. Akademik eshkak eshishda muvozanat saqlash va qayiqni boshqarish qanday amalga oshiriladi?

  6. Akademik eshkak eshishda eshish texnikasiga qanday omillar ta`sir ko’rsatadi?

  7. Juft o’rindiqli qayiqlarda akademik eshkak eshish xususiyatlari qanday?

  8. Akademik eshkak eshishda ekipaj qatday yig’iladi?


9-mavzu. Xalq qayig’ida eshkak eshish texnikasi


Xalq qayig’iga o’tirish. Bu qayiq ancha barqaror bo’lganligi sababli unga o’tirish qirg’oqda amalga oshiriladi. Unga yondan, tumshuqdan yoki tumshuqdan o’tirish mumkin. Dastlab qayiqqa eshkaklar qo’yiladi.

37-rasm. Xalq qayig’ida eshkak eshish
Eshkak eshuvchining asosiy holati. Eshkak eshuvchi qayiqda o’rindiqqa o’tiradi. Eshkakni mahkamlovchi moslamaga biriktirib, asosiy holatni egallaydi: gavda tik, yelkalar tushirilgan, oyoqlar oyoq tiragichga tayanadi. Qo’llar tirsak bo’g’imidan bukilgan, eshkak ushlagichidan ushlaydi.
Eshishni bajarish texnikasi. Eshkakni o’tkazish. Eshkak eshuvchi dastlabki holatdan qo’llarini tirsak bo’g’imidan bukib, eshkak ushlagichini o’zidan oldinga, asos tomonga yo’naltirishni boshlaydi. Gavda asos tomonga egiladi. Bu paytda oyoqlar tizzadan bukiladi.Agar qayiqda o’rindiqlar keng o’rnatilgan bo’lsa, olib o’tishni bajarishda samarali foydalanish uchun ko’proq bukiladi.
Eshkak ushlagichi oldinga-yuqoriga harakatlantiriladi. Eshkak yuzasi suv yuzasiga gorizontal holatda bo’ladi. Eshkak ushlagichini ketma-ket o’tkaziladi. Bunda eshkak yuzasi ham asos tomonga ketma-ket, vertikal tebranishlarsiz o’tkazilishi muhim ahamiyatga ega.
Olib o’tishning boshlanishi. Otkazishning oxirida eshkak ushlagichlari yon tomonlarga “ajraladi”. Bir vaqtning o’zida eshkak yuzasini “burish” bajariladi. Eshkak ushlagichi asosga yuqoriga harakatlanadi, eshkak yuzasi suvga yaqinlashadi.
Eshkak eshuvchi oyoqlari bilan oyoq tiragichga tayanib, bukilgan oyoqlarini to’g’irlaydi va gavdani ortga siltaydi. Qo’llar eshkak ushlagichidan tortadi. Bu harakatlar natijasida eshkak yuzasi qayiq asosi yo’nalishi bo’yicha pastga yoy chizadi va suvni iladi.
Olib o’tish. Eshkak yuzasi suvni ilgandan keyin eshkak eshuvchi oyoq bilan oyoq tiragichga tayanib, o’rindiqdan ko’tariladi. Oyoqlar yozilishi bilan bir vaqtning o’zida gavda ham to’g’irlanadi. Olib o’tishning 1/3 qismida qo’llar to’g’ri holatda qoladi, keyinchalik faol bukilishni boshlaydi.
Olib o’tishning sifati eshkak eshuvchi tana vaznini qayiqni oldinga harakatlantirishda foydalana olishiga bog’liq.
Olib o’tishning oxiri. Olib o’tish oxirining samaradorligi eshkak ushlagichini tortishda qo’llarning faol harakatiga bog’liq.
Eshkak eshuvchi oyoqlari bilan oyoq tiragichga mahkam tayanib, eshkakni tortish harakatini bajaradi. Qo’llarning faol bukilishi va tirsaklarning ortga o’tkazilishi gavda harakatini to’xtatadi. Eshkak ushlagichini pastga-oldinga harakatlantirib, sportchi eshkakni dastlabki holatga (asosiy holatga) olib keladi. Eshkak eshuvchi eshkak ushlagichini pastga bosish vaqtida eshkak yuzasini burib, vertikal holatdan gorizontal holatga o’tkazadi.

Download 4,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish