O’zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti eshkak eshish nazariyasi va uslubiyati chirchiq-2020 yil



Download 4,17 Mb.
bet36/135
Sana21.04.2022
Hajmi4,17 Mb.
#571296
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   135
Bog'liq
Eshkak eshish referat

Xalq qayig’ini boshqarish. Bittalik xalq qayig’i eshkak yordamida, ikkitalik xalq qayig’i esa rul va eshkak yordamida boshqariladi. To’siqlarni aylanib o’tishda, qayiq harakati yo’nalishini o’zgartirishda, qirgoqdan chiqish va qirg’oqqa kelishda hamda qayirilib olishda rul va eshkakdan foydalaniladi. Asosiy diqqat qayiqni belgilangan kursda ushlab turishga qaratiladi.
Qayiq kursini bir maromda ushlash – o’ng va chap bortlardan eshkakni bir xil o’tkazish, eshkak yuzalari bilan suvni bir vaqtda ilish va olib o’tishni bir vaqtda yakunlashga bog’liq.
Yo’nalish harakatini o’zgartirish uchun ruldan foydalanganda shuni esdan chiqarmaslik kerakki, qayiqning burilishi rulning burilish burchagiga bog’liq – u 40° dan oshmasligi zarur.
Startdan chiqish va marraga kelish texnikasi. Startda sportchi qayiqni joyidan qo’zg’atish va unga masofada ushlab turish mumkin bo’lgan tezlikni berish uchun 5-7 eshishni amalga oshiradi. Start texnikasini bajarish ko’p hollarda eshkak eshuvchining individual hususiyatlariga bog’liq.
Startda eshkak eshuvchi qayiqni masofa o’qi bo’yicha joylashtiradi va quyidagi holatni egallaydi: oyoqlar oyoq tiragichga tayanadi va tizzadan biroz bukiladi; eshkaklar olib o’tishning ѕ qismida qayiq tumshug’iga o’tkazilgan va suvga tushirilgan; gavda oldinga egilgan, lekin pastga emas.
Start beruvchining “Marsh” buyrug’i bilan eshkak eshuvchi gavdaning va qo’l tortishining faol harakatiga diqqatini qaratib, olib o’tishni boshlaydi. Ikkinchi va uchinchi eshishlar qisqartirilgan olib o’tish bilan bajariladi. Olib o’tishning uzunligini keskin oshirib, eshishni to’liq amplitudada 7-8 eshishdan oldin bajarish yaramaydi.
Qayiq zaruriy tezlikka erishgandan keyin sportchi masofada eshish ritmiga o’tadi. Bu olib o’tishga tayyorlanish vaqtining oshirilishi hisobiga amalga oshiriladi.
Marra kuchlanishiga eshish tempini oshirish yo’li orqali erishiladi. Bunda asosiy diqqat olib o’tish uzunligi, gavda va qo’l harakatlari amplitudasining saqlanishiga qaratiladi.

Download 4,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish