1-mavzu: O’qituvchining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish fanining maqsad va vazifalari



Download 23,86 Kb.
bet1/2
Sana18.07.2022
Hajmi23,86 Kb.
#822335
  1   2
Bog'liq
nutq madaniyati


1-MAVZU: O’qituvchining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish fanining maqsad va vazifalari (Kirish. Nutq madaniyati haqida tushuncha. Nutq faoliyati haqida tushuncha).
Maqsad: Talabalarga o’qituvchi nutq madaniyati fani, uning predmeti va vazifalari to’g’risida bilim berish.
Reja:

  1. Kirish. Nutq madaniyati haqida tushuncha.

  2. Nutq faoliyati haqida tushuncha.



Tayanch so‘zlar: til, nutq, nutq a’zolari, lug`at boyligi
Nutq madaniyatini yuksak pog‘onaga ko‘tarish, uni yanada rivojlantirish bugungi o‘zbek tilshunosligining eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun ham “Nutq madaniyati asoslari” fanini tilshunoslikning alohida sohasi sifatida oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish yuksak darajadagi nutq madaniyatiga ega bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki nutq madaniyati insonning ma’naviy hayotida, uning madaniy saviyasini ko‘tarishda, ilmiy va badiiy tafakkurini o‘stirishda juda muhim o‘rin egallaydi.
Hozirgi kun talabidan kelib chiqib, respublikamizda «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun» hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni hayotga tatbiq etish,
«bakalavr» va «magistr»lik bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirishda nutq madaniyatining o‘rni va rolini ko‘rsatish bugungi kunning asosiy masalalaridan biri bo‘lib qoldi.
Nutq madaniyatini o‘stirish faqat filologiya sohasidagi ta’limiy- tarbiyaviy ish bo‘lmasdan g‘oyaviy-siyosiy, ma’rifiy ishlarning ham eng muhim tomonlaridan birini tashkil etadi. Shuning uchun ham bu fanni o‘rganish bo‘lajak mutaxassislar uchun zaruriy ehtiyojdir. Bu ehtiyoj notiqlik san’ati sirlarini o‘rganish, adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda to‘g‘ri gapirish va yozish, tilning leksik va grammatik birliklaridan o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalana olish san’atini o‘rganish orqali ro‘yobga chiqadi. Shunga qaramasdan, bunday zarurat va ehtiyojlarni qondira oluvchi darslik va o‘quv qo‘llanmalar salmog‘ini va sonini ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir.
Har qanday adabiy tilning o‘ziga xos shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari bo‘lib, bu qonuniyatlarning ichki mohiyati adabiy me’yorlarning xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Adabiy til umumxalq tilining yuqori, oliy shakli sifatida har doim normativlikka intiladi. Chunki adabiy til umumxalq quroli bo‘lib, uning lisoniy vositalari, u amal qiladigan ilmiy va amaliy qoidalar, ularni tatbiq qilishni tartibga solib turuvchi darsliklar, qo‘llanmalar, ko‘rgazmali qurollar, umuman, o‘quv jarayonlari va ta’lim har doim muayyan darajada adabiy til me’yorlarini takomillashtirib borishni talab qiladi. Bunday takomillashtirish, avvalo, adabiy tilning umumxalq aloqa quroli sifatidagi vazifasini unumliroq, yaxshiroq bajarishiga xizmat qilsa, ikkinchidan, adabiy tilning o‘z lisoniy negizi hisoblanuvchi xalq so‘zlashuv tilidan uzoqlashib ketmasligini ta’minlaydi.
Adabiy til undan foydalanuvchi jamiyat a’zolarining mushtarak quroli sifatida barcha uchun bir xilda tushunarli, foydalanishga qulay bo‘lishi, ko‘pchilikka maqbul tushishi lozim. Buning ustiga adabiy til va uning lisoniy vositalari til egasi bo‘lmish jamiyat a’zolarining estetik va etikaviy talablariga, madaniy va ma’naviy ehtiyojlariga hamohang bo‘lishi zarur. Mana shu ma’noda adabiy til me’yorlari nafaqat lisoniy (lingvistik) jihatdan, balki bir qator nolisoniy (ekstralingvistik) omillar, lisoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan ham baholanadi.
Har qanday adabiy til nafaqat nafosat va axloqiy jihatdan baholangan til, balki o‘zida xalqning estetik va axloqiy, badiiy va falsafiy, diniy-etnografik, tarixiy va ijtimoiy, keng ma’noda mafkuraviy va ma’naviy qarashlarini, ular haqidagi tushunchalar, tasavvurlar, kategoriyalar, mushohadalarni o‘zida ifoda etuvchi, mujassamlashtiruvchi hamda avloddan-avlodga olib o‘tuvchi, ularni asrovchi va saqlovchi ma’naviy qurolga, xazinaga aylanadi. Shu sababli ham tilni shunchaki aloqa quroli deb bilish va baholash nihoyatda chegaralidir. Tilni, bir tomondan, o‘ta qadimiy, ko‘hna xalq dahosi ijodi, madaniyati va ma’naviyatining ko‘zgusi, ikkinchi tomondan esa, doimo navqiron merosi, boyligi deb bilish lozim bo‘ladi.

Shunday qilib, til shunchaki va faqatgina o‘zaro aloqa vositasi emas, balki xalq ma’naviyatining tarkibiy qismidir. Milliy mustaqillik mafkurasini yaratishdan maqsad istiqlolga erishgan o‘zbek xalqini ulug‘ kelajak sari ruhlantirish, uni bir maqsad atrofida birlashtirish, jipslashtirishdir. Ushbu vazifani ado etishda tilning, ona tilining ham munosib hissasi bor.Prezidentimiz Islom Karimov o‘zbek tilining bu xususiyatini yuksak baholaydi: «Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u ma’naviyat belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi» Til xalq milliy qadriyatlari, ma’naviyati, hatto mafkurasining tarkibiy qismi sifatida kishilar o‘rtasida nafaqat o‘zaro aloqaning, balki ularni tarbiyalashning quroli hamdir. Ona tiliga hurmat Vatanga muhabbatdir. Ona tilini e’zozlash – bu o‘sha tilning vatani bo‘lmish O‘zbekistonni e’zozlashdir. Ona tiliga munosabat jamiyat a’zolarini tarbiyalashning muhim qurolidir. Tilga munosabat, bu umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismidir. Shunday ekan, faqat madaniyat va san’at namoyandasi emas, balki har bir o‘qituvchi, shifokor va boshqa xodimlar, qolaversa, har bir mutaxassis ana shu qudratli vosita bilan – notiqlik san’ati asoslari bilanqurollanishi, bu san’atning sirlari va uslubini bilishi foydadan xoli emas.
Darhaqiqat, o‘zbek tili eng taraqqiy etgan tillardan biridir. Bu borada tilning asosiy ijodkori bo‘lgan xalq rolini kamsitmagan holda olimlarimizning, shoir va yozuvchilarimizning, davlat arboblarining, pedagoglar va matbuot xodimlarining, kino, teatr san’ati ustalari va nashriyot xodimlarining xizmatlarini alohida qayd etish lozim bo‘ladi. Ayniqsa, tilshunos olimlarimiz va yozuvchilarimizning xizmatlari beqiyosdir. Til va nutq madaniyatini takomillashtirishda tilshunoslarning roli va xizmatlari juda ham kattadir.
Tilshunoslik sohalari grammatika, leksikologiya, sintaksis, stilistika fanlari bilan nutq madaniyati fanining o`zaro munosabati, nutq madaniyatining asosiy muammolari, tadqiqot obyekti, kategoriyalari, o`qituvchi va o’quvchilarning nutq madaniyati singarilar munozarali muammolardan sanaladi.
Nutqda adabiy til me’yorlari buzilishining obyektiv va subyektiv sabablarini o’rganishdir.
Adabiy til me’yorlarini mustahkamlashda va puxta egallashda lug’atlarning ahamiyatini o’rganish.
Nutqning mantiqiyligi, sofligi, til me’yorlariga salbiy ta’sir etuvchi jargon so`zlar va dag’al so`zlar, dialektizmlar, o`rinsiz qo’llangan chet til so`zlari, so`z takrorlari va ularning nutqni boyitish, ta’sirchan va ifodaviy qilishini emas, aksincha, nutqiy me’yorni buzishda rol o’ynashini o’rganishdan iborat.
O`qituvchi va o‘quvchilarning nutq madaniyati, bu o’quvchilar nutq madaniyatini shakllantirish yo’llari haqida baxs yuritish nutq madaniyati sohasining asosiy vazifalaridan biridir.

Download 23,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish