GLOSSARIY
Adabiy til. Umumxalq tilining fonetik, leksik, grammatik jihatdan ishlangan, ma’lum me’yorga solingan, sayqallangan oliy shakli.
An’anaviy tilshunoslik. Tilshunoslikdagi faqat til qismlari va tuzilishining ichki munosabatlarini, bog’liqliklarini yoritish bilan birga til va tafakkurning o’zaro munosabati, tilning jamiyat bilan, shu tilda so’zlashuvchi jamoa bilan aloqasi kabi masalalarni o’rganadigan yo’nalishi.
Areal lingvistika. Tilshunoslikning lingvistik areallarni o’rganish bilan shug’ullanuvchi sohasi.
Bobo til. Ma’lum tillar oilasining kelib chiqishi va shakllanish uchun manba, asos bo’lgan til. Masalan, turkiy tillar oilasi uchun qadimgi turkiy til bobo tildir.
Dialektologiya (yun. dialektos – sheva, lahja + logos – tushuncha, ta’limot) Shevashunoslik. Tilshunoslikning sheva va lahjalarni o’rganuvchi bo’limi.
Diaxroniya (yun. dia – orqali + chronos – vatq). Tilning tarixiy tuzilishi, rivojlanishi va taraqqiyotini tarixiy aspektda o’rganish.
Ekstralingvistika. Tilshunoslikning etnik, ijtimoiy-tarixiy, geografik va boshqa omillarni tilning taraqqiyoti hamda vazifasi bilan bog’liq hodisalar sifatida o’rganuvchi tarmog’i.
Etnolingvistika. Makrolingvistikaning til bilan xalq o’rtasidagi munosabatlarni, til faoliyati va taraqqiyotida lingvistik hamda etnik omillarning o’zaro ta’sirini o’rganuvchi tarmog’i.
Fonetika (yun. phonetike – tovushga oid < phone – tovush). Tilshunoslikning nutq tovushlari va tovush vositalarini o’rganuvchi sohasi.
Fonologiya. Tilshunoslikning nutq tovushlarini so’z va morfemalarning tovush qobig’ini farqlovchi vosita sifatida o’rganuvchi sohasi.
Grammatika (yun. grammatike – harf o’qish va yozish san’ati). 1. Til-shunoslikning so’z shakllarini, so’z birikmasi va uning turlarini, gap va uning turlarini, ya’ni tuilning grammatik qurilishini o’rganuvchi bo’limi. Morfologiya va sintaksis grammatikaning tarkibiy qismlaridir.
2. ayn. Tilning grammatik: morfologik va sintaktik qurilishi.
Interlingvistika. Tilshunoslikning xalqaro aloqa-aralashuv vositalari sifatida turli yordamchi tillarni yaratish va ulardan foydalanish jarayonini o’rganuvchi tarmogi.
Intralingvistika. Tilshunoslikning til ichki tizimini, uning birliklari va kategoriyalarini, til sathlari va ularning tuzilishini nolisoniy omillarga murojaat qilmay o’rganuvchi tarmog’i.
Jonli til. Hozirgi davrda biror xalqning aloqa quroli, so’zlashuv vositasi bo’lgan til.
Qiyosii-tarixiy tilshunoslik (komparativistika). Tishunoslikning qarindosh tillarni qiyosiy-tarixiy metod asosida o’rganuvchi tarmog’i.
Rasmiy til. Alohida davlatda rasmiy tan olingan, barcha sohalarda ishlatiladigan til.
Sintetik tillar. Grammatik ma’nolar shakl yasovchi affikslar vositasida ifodalanadigan tillar. Mas., rus va nemis tillari.
Sotsiolingvistika (lot. soci (etas) – jamiyat + lingvistika). Tilshunoslikning tilning ijtimoiy yashashi va ijtimoiy taraqqiyoti sharoitlarini o’rganuvchi sohasi.
Strukturalizm. Tildagi ichki aloqalar va bosqichlar o’rtasidagi bog’lanish-larni o’rganuvchi oqim.
Terminologiya (lot. terminus – chek, chegera, chegara belgisi + logos – so’z, ta’limot). 1. Ma’lum sohaga oid terminlar majmui. 2. Tilshunoslikning terminlar yaratish tamoyillari, ularni tartibga solish muammolari bilan shug’ul-lanuvchi, terminlarga doir ilmiy-nazariy va amaliy masalalarni o’rganuvchi bo’limi.
Xalqaro tillar. Xalqaro kengashlarda, simpoziumlarda ishlatiluvchi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan rasmiy tan olingan, xalqlararo faol qo’llanuvch tillar. Bunga ingliz, ispan, xitoy, frantsuz, rus, arab tillari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |