1-mavzu: O’qituvchining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish fanining maqsad va vazifalari



Download 23,86 Kb.
bet2/2
Sana18.07.2022
Hajmi23,86 Kb.
#822335
1   2
Bog'liq
nutq madaniyati

Nutq madaniyati nima?
Umumiy ma’noda nutqda hissiy ma’noli (emotsional-ekspressiv) so`zlardan qo’llay bilish, ularni o`z o’rnida to`g`ri ishlatish va to`g`ri talaffuz qilish, ortiqchalikdan qochish; nutqdagi ta’sirchanlik, jozibadorlik, musiqiylik, obrazlilik, salmoqdorlik; Nutqda sinonim, omonim, va paronim so`zlardan o`rinli foydalana olish; So`zlarni ko’chma ma’noda (metonimiya, metofara va boshqalar) muvaffaqiyatli qo’llay bilish va kishilar bilan jonli, ishonchli muloqatda bo’lish, ularni so`z sehridan to’lqinlantira bilishdir.
Nutq madaniyati, ya’ni madaniy nutqning fazilatlari deyilganda uning to`g`riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ifodaviyligi, boyligi, sofligi kabilar tushuniladi. Nutq madaniyati fani madaniy nutqning ana shu fazilatlarini hamda madaniy so`zlash usullarini o’rganadi.
Nutq madaniyati ham fan sifatida o`z tekshirish obyekti va vazifalariga ega. Uning tekshirish predmeti nutqning til qurilishi, adabiy til me’yorlari va nutqning kommunikativ (aloqa uchun keraqli) fazilatlaridir.
2. Nutq faoliyati haqida tushuncha
Insonning nutqiy faoliyati uch ko`rinishda amalga oshiriladi. Bular: so`zlash, mutolaa va eshitish.
So`zlash deganda so`zlovchining ma’lumot, maslahat berishi, buyurishi, o`ziga no’malum narsalar haqida so’rashi anglashiladi. So`zlaganda so`zlovchining bilimi, madaniyati, axloqi, odobi yuzaga chiqadi.
So`zlash monologik va dialogik ko`rinishda bo’lishi mumkin. Monologik nutqda bir kishining mulohazalari qarshi savollarsiz yoki javoblarsiz yuzaga chiqadi, suhbatdosh tomonidan bo’linmaydi.
Dialogik nutqda muloqot qiluvchi shaxslar navbat bilan goh tinglovchi, goh so`zlovchi bo’lib turadi.
Mutolaa o’quvchining yozma nutq orqali asar muallifi, obrazlari bilan muloqotidir. Mutolaa tufayli o’quvchi yozma nutqda aks etgan voqea-hodisalardan xabardor bo’ladi. Ular ta’sirida xulqida qandaydir o`zgarish bo’ladi. Mutolaa ma’lumot olishning eng muhim yo’lidir. Kishi o’qish orqali ma’naviy yetuklikka erisha boradi.
O’quvchilarga ta’lim va tarbiya berishda o’qituchining nutqi ishi bilan teppa-teng ahamiyatga ega. Zotan o`qituvchi mutaxassislikka oid ishning yirik bo’lagini nutqi orqali amalga oshiradi. Shuning uchun uning nutqi hamma vaqt g’oyaviy yuksak, ravon, yumshoq, dilkash bo’lishi lozim. Nutqda va ishda subutsizlik o`qituvchi uchun noloyiqdir. Har bir nutq bolalarning yosh xususiyatlarini, bilimi va tushunchasini nazarda tutib tuzilishi shart. Shu bilan birga, o`qituvchining nutqi yosh avlod ko`z oldida uni o’rab olgan moddiy va ma’naviy dunyoning yangi qirralarini ochib berishni maqsad qilib qo’yadi. Demak, o`qituvchining nutqi ta’lim-tarbiya berishning asosidir.
O`qituvchining nutqi iloji boricha sodda, jozibador, ta’sirchan tuzilishi lozim. Har qanday bilim va tarbiya, asosan, o`qituvchining dars hamda darsdan tashqari kundalik nutqi orqali berib boriladi. Nutqda u qanday shaklda bo’lmasin bizning qadriyatlarimiz qattiq hurmat qilinishi lozim.
Pedagogik nutqiy muloqatning o`ziga xosligi o`qituvchining hamma yerda, har qanday sharoitda ham tarbiyachi ekanligi bilan xarakterlanadi. Pedagog o`z tarbiyalanuvchilari bilan ko`proq auditoriyada, darsda nazariy muloqotda bo’ladi. Uning nutqi ilmiy-pedagogik mazmun kasb etadi. Bunday vaqtda ilmning turli sohalariga xos qoidalar, atamalar, xulosalar aks etadi. Bunday nutqda har bir narsa o`z o’rnida, me’yorda bo’ladi. Atamalarga, yangi so`zlarga berilgan izohlar sodda, o’quvchi “hazm qiladigan” sintaktik qurilmalarda berilishi shart. Qoida va nazariyalar hayotiy, o’quvchiga yaqin misollar bilan tushuntiriladi.
Polilog. Ikkidan ortiq kishilarning nutqidan tuzilgan suhbat polilogdir. Polilog hamma til xususiyatlari jihatidan diologning o`zidir. So`zlovchi tomonidan o’rtaga tashlagan muammoga birdan ortiq ishtirokchi o`z fikrlarini bildirishi mumkin.
O`qituvchi sinfda og`zaki nutqning turli shakllaridan foydalanadi. Quyi sinflarda ko`proq nutqning diolog va polilog shakli o`rinlidir. Chunki suhbat usuli shunga asoslanadi. Monologik nutqdan o`qituvchi hikoya, tasvir, ta’rif, tavsif xaraktiridagi mavzularni bayon etishda foydalanadi. Monologik nutq tarix, adabiyot darslari uchun xos bo’lganidek, diologik nutq ona tili, matematika darslarida qo’l keladi. O`qituvchi har bir darsda og`zaki nutqning hamma shakllaridan foydalanishi lozim.
O`qituvchi o’quvchilarga o’rganilayotgan mavzu va material to`la yetib borishi, ularning xulqiga ta’sir etishini ko`zda tutgan holda aytilayotganlarga mos harakatlar ham qiladi: Masalan, ko`z, qosh, qo’l, yuz, bosh, kift harakatlarini ishga soladi. Bunday harakatlar tasdiqni, inkorni yoki mamnunlikni va hokazolarni ifodalashi mumkin. Harakat o`z o’rnida bo’lsa, yoqimli kechsa foyda keltiradi.
Ammo hadeb o`rinli-o`rinsiz harakatlar qilish o’quvchini zeriktiradi. Nazorat savollari:

  1. Nutq madaniyati nima?

  2. Madaniyatli nutq deganda nimani tushunasiz?

  3. “Mutolaa o’quvchining yozma nutq orqali asar muallifi, obrazlari bilan muloqotidir”, degan fikrni qanday izohlaysiz?

  4. Nutqiy faoliyatning qanday ko’rinishlari mavjud?

Tavsiya qilinadigan adabiyotlar:

  1. Mahmudov N. O`qituvchining nutq madaniyati. Darslik. T.2007.

  2. Tojiyev Yo. O`zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari.T.1994.

  3. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. T., 1990

  4. Rasulov R va b. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. T. 2006.

Download 23,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish