Start katta hakami qur`a asosida eshkak eshuvchilarni startga chaqiradi va yo’laklarga joylashtiradi, ishtirokchilardan tayyorligi haqida so’raydi va start komandalarini beradi.
Masofa katta hakami masofani bosib o’tish to’g’riligini belgilaydi, zarur hollarda qo’qqisdan yuzaga kelgan poygaga ta`sir qiluvchi to’siqlar haqida musobaqa ishtirokchilarini ogohlantiradi, sportchini poygadan chiqarib yuborish yoki dikvalifikatsiya qilish bo’yicha taklif beradi.
Finish katta hakami o’z jamoasi ishini sekundomerchilar jamoasi ishi bilan muvofiqlashtiradi, hakamlar tomonidan finishni kesib o’tgan sportchilarni qayd qilish tartibini belgilaydi, bitta hakam tomonidan suv oqimi tezligi, finishda shamol yo’nalishi va kuchini o’z vaqtida o’lchanishini tekshirib boradi.
Sekundomerchi katta hakam sekundomerchi hakamlar ishini tashkil qiladi, start hakami signali bo’yicha nazorat sekundomerini yuritadi, musobaqa barcha ishtirokchilarining masofani bosib o’tish vaqtini aniq va to’g’ri qayd qilinishini ta`minlaydi.
Akademik eshkak eshishda hakamlik toifalarini berishga talablar.
«Sport hakami» unvoni - bir yildan kam bo’lmagan hakamlik stajiga, tuman, shahar va har xil ish bo’limlari birinchiliklarida 7 ta hakamlik amaliyotiga ega va hakamlik seminarlari tinglovchilariga beriladi.
«I toifali sport hakami» unvoni - ikki yil davomida “Sport hakami” unvoniga - berilgan vaqtdan ikki yildan kam bo’lmagan hakamlik stajiga ega bo’lgan, tuman miqyosidagi musobaqalarda arbitraj, start, finish hakami yoki bosh hakam (yordamchisi), bosh kotib (yordamchisi), sport hakamini tayyorlash bo’yicha ikkita seminar o’tkazish amaliyotiga ega bo’lgan hakamlarga beriladi.
«Respublika miqyosidagi sport hakami» unvoni kamida uch yil davomida “I toifali sport hakami” unvoniga ega bo’lgan, bosh hakam (yordamchisi), bosh kotib (yordamchisi) sifatida ishlash va respublika miqyosidagi 2 ta musobaqa amaliyotiga ega, I toifali sport hakamini tayyorlash bo’yicha kamida ikkita seminar o’tkazish amaliyotiga ega, sport hakami, arbitraj, finish hakami sifatida hakamlik nazoratidan muvaffaqiyatli o’tgan va respublika hakamlar kollegiyasiga imtihon topshirgan hakamlarga beriladi.
«Milliy toifadagi sport hakami» - akademik eshkak eshish bo’yicha kamida to’rt yil «Respublika miqyosidagi sport hakami» unvoniga ega bo’lgan, O’zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport Vazirligi tomonidan o’tkazilgan ikkita musobaqada bosh hakam (yordamchisi) va bosh kotib sifatida, xuddi shu turdagi musobaqalarda katta hakam, arbitraj, finish hakami sifatida ishlagan, yuqorida ko’rsatilgan vazifalarda hakamlik nazoratidan muvaffaqiyatli o’tgan, Respublika toifasidagi hakamlarni tayyorlash bo’yicha 3 ta seminar o’tkazish amaliyotiga ega va milliy hakamlar kollegiyasiga imtihon topshirgan hakamlarga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |