Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun to‘lovlar
MIQDORLARI
Oldingi tahrirga qarang.
|
Jinsi va yoshidan qat’i nazar, 1 ta yovvoyi hayvonni tutish narxi
|
bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyent
|
xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslar uchun (AQSh dollarida)
|
tijorat maqsadida
|
sport va boshqa maqsadlarda
|
ilmiy, tibbiyot maqsadlarida
|
SUTEMIZUVChILAR
Noyob va yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi turlar, O‘zbekiston Respublikasi
Qizil kitobiga kiritilganlar
|
Qoplon, targ‘il sirtlon, ilvirs (tog‘ qoploni)
|
220
|
200
|
150
|
20000
|
Burama shoxli echki (morxo‘r), Seversov qo‘yi, Tyanshan qo‘yi, Ustyurt qo‘yi, Buxoro qo‘yi, Buxoro bug‘usi (xongul)
|
120
|
100
|
80
|
7000
|
Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i, O‘rta Osiyo qunduzi, Turkiston silovsini, qoraquloq, asalxo‘r
|
80
|
75
|
60
|
2500
|
Menzbir sug‘uri, jayron, sayg‘oq
|
25
|
20
|
15
|
1500
|
Sutemizuvchilarning boshqa turlari
|
5
|
4
|
3
|
500
|
Boshqa turlar
|
Manul (yovvoyi mushuk), sahro mushugi, qizil bo‘ri
|
5
|
4
|
3
|
500
|
Tog‘ echkisi
|
2
|
1,5
|
1
|
500 (450)
|
To‘ng‘iz
|
2
|
1,5
|
1
|
300 (250)
|
Elik (bug‘u)
|
1,5
|
1
|
0,5
|
120 (100)
|
Tog‘ suvsari, qorako‘zan (norka), olako‘zan, oqsuvsar
|
0,06
|
0,04
|
0,03
|
50
|
Tulki, qorsak, chiyabo‘ri, cho‘l va to‘qay mushuklari, sariq sassiqko‘zan, nutriya, latcha, ondatra, qizil sug‘ur
|
0,05
|
0,03
|
0,02
|
30
|
Bo‘ri
|
—
|
—
|
—
|
75
|
Bo‘rsiq, jayra
|
0,1
|
0,05
|
0,01
|
20
|
Quyon
|
0,05
|
0,02
|
0,01
|
25
|
O‘rmon, qishloq va ovchilik xo‘jaliklari zararkunandalari hamda odam va hayvonlar kasalliklarini tarqatuvchilardan tashqari boshqa sutemizuvchilar
|
0,02
|
0,01
|
0,01
|
1
|
Izohlar: tuyoqli hayvonlarni tutishga ruxsatnoma uchun to‘lov miqdori, dollarda: birinchi raqam — birinchi hayvon uchun undiriladigan to‘lov, ikkinchi raqam (qavsda) — ikkinchi va keyingi hayvonlar uchun to‘lov.
Agar ba’zi hayvonlar O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va baliq ovlash qoidalariga muvofiq ovchilik xo‘jaligiga yoki insonning xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi sifatida ovlansa ular uchun to‘lov undirilmaydi.
QUShLAR
Noyob va yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi turlar, O‘zbekiston Respublikasi
Qizil kitobiga kiritilganlar
|
Mallabosh lochin (shaxin), itolg‘i, lochin (sapsan), to‘xta tuvaloq (dudak), yo‘rg‘a tuvaloq
|
75
|
50
|
10
|
6000
|
Qiyqirdoq va vishildoq oqqushlar, pushti va jingalak soqaqushlar, qumoy, qora laylak, suvqiyg‘ir (skopa), uzun dumli va oq dumli suvburgutlari, oq turna, kichik burgut, qironqora, boltayutar, burgut, qirg‘iy burgut, ilonburgut, katta olachipor burgut, oqbosh o‘rdak, qiziltomoq g‘oz, kichik oqqo‘ton, qizilg‘oz (flamingo), oq peshanali kichik g‘oz, sariq qo‘ton, bizg‘aldoq
|
30
|
20
|
8
|
2000
|
Oq laylak, qoravoy, qoshiqburun, tasqara, oq boshli qumoy, cho‘l bo‘ktargisi, cho‘l miqqiysi, qorabosh baliqchi, cho‘l jiqtog‘i, torg‘oq, kichik uzunburun, Osiyo moki loyxo‘ragi, oqbovur
|
15
|
10
|
5
|
500
|
Qorabuzov, marmar churrak, olaqanot, Zarafshon qirg‘ovuli, qora kaptar va boshqa turlar
|
6
|
5
|
3
|
200
|
Sport, havaskorlik va sanoat maqsadida ovlash taqiqlanganlar
|
Turnalar, ukki, kichik oqqush, boshqa yirtqich qushlar
|
3
|
2,5
|
2
|
200
|
Yapaloqqushlar, quzg‘un
|
2,5
|
2
|
1
|
150
|
Boshqa turlar
|
Qirg‘ovullar (Zarafshon qirg‘ovulidan tashqari)
|
0,1
|
0,03
|
0,02
|
20
|
G‘ozlar, ular
|
0,03
|
0,015
|
0,01
|
15
|
O‘rdaklar, churraklar, cheraglar, qashqaldoq, kaklik, chillar, qorabovur, sadja
|
0,02
|
0,01
|
0,005
|
3
|
Yilqichi
|
0,015
|
0,01
|
0,005
|
50
|
Kaptarlar, g‘urraklar, baliqchi qushlar, katta qoravoy, qo‘ng‘irlar, suv tovug‘i, suvmoshaklar, bedana, katta va kichik ko‘lbuqalar, haqqush (kvakva), qarg‘alar, chug‘urchuqlar
|
0,01
|
0,005
|
0,003
|
2,5
|
“Mayda chumchuqsimon qushlar” (so‘fito‘rg‘aylar, jiblajibonlar, yilqichilar (konyoklar), zarg‘aldoq, chittaklar, shaqshaqlar, korolyoklar, zavirushkalar, dehqonchumchuqlar, vyuroklar va boshqalar)
|
0,05
|
0,04
|
0,005
|
3
|
Qushlarning boshqa turlari
|
0,01
|
0,01
|
0,003
|
2
|
Qushlar tuxumlari (bir dona tuxum uchun)
|
Ovlash maqsadini hisobga olgan holda mazkur hayvon turi uchun to‘lov narxining 30 foizi
|
Izoh: agar qushlar (qarg‘alar, zog‘cha, mayna, zag‘izg‘on, chumchuqlar va boshqalar) O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va baliq ovlash qoidalariga muvofiq ovchilik xo‘jaligiga yoki insonning xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi sifatida ovlansa ular uchun to‘lov undirilmaydi.
SUDRALIB YuRUVChILAR
Noyob va yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi turlar, O‘zbekiston Respublikasi
Qizil kitobiga kiritilganlar
|
Qapcha ilon (kobra), kulrang (bo‘z) echkiemar
|
5
|
5
|
4
|
1000
|
Boshqa noyob turlar
|
3
|
3
|
2
|
500
|
Boshqa turlar
|
Qum charxiloni (efa), bushilon (щitomordnik), qora ilon, gyurza
|
1
|
3
|
1
|
100
|
Zaharsiz ilonlar
|
0,1
|
0,1
|
0,05
|
15
|
Cho‘l toshbaqasi
|
0,03
Tijorat maqsadida eksport uchun
1 $ AQSh
|
0,03
|
0,02
|
2
|
Yashchurkalar, gekkonlar, kaltakesaklar, agamalar, sariqilon va boshqa turlar
|
0,02
|
0,02
|
0,01
|
2
|
Sudralib yuruvchilar tuxumlari (bir dona tuxum uchun)
|
Ovlash maqsadini hisobga olgan holda mazkur hayvon turi uchun to‘lov narxining 30 foizi
|
QURUQLIKDA VA SUVDA YaShOVChILAR
|
Ko‘l baqasi, qurbaqalar
|
0,02
|
0,02
|
0,01
|
1
|
BALIQLAR
Noyob va yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi turlar, O‘zbekiston Respublikasi
Qizil kitobiga kiritilganlar
|
Orol so‘zanbalig‘i, Orol bakra balig‘i, Sirdaryo, katta Amudaryo va kichik Amudaryo kurakburunlari, Orol sulaymonbalig‘i, cho‘rtansimon oqqayroq, Amudaryo gulbalig‘i
|
7
|
6
|
5
|
500
|
Boshqa turlar
|
2
|
2
|
1
|
250
|
Sanoatbop va boshqa turlar
|
Laqqa, do‘ngpeshana baliqlar, zog‘arabaliq, oqqayroq, pelyad, sudak, gulbaliq, oq amur
|
4
|
0,02
|
0,02
|
15
|
Tovonbaliq, Samarqand xramulyasi, ilonbosh, leshch, cho‘rtan baliq, tarasha baliq, moybaliq, qorabaliq
|
2
|
0,01
|
0,01
|
5
|
Boshqa baliq turlari
|
1
|
0,001
|
0,005
|
1
|
Izoh: baliq ovlash uchun ruxsatnoma to‘lovi:
birinchi ustun sanoat maqsadlarida — 1 tonna uchun;
ikkinchi ustun belgilangan bepul miqdordan ortiq sport va havaskorlik maqsadlarida — 1 kg uchun.
Baliqlantirish tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanganda, baliqlantirilgan baliq turlari uchun sanoat maqsadida ovlash to‘lovi summasi baliqlantirishga sarflangan summaga kamaytiriladi.
UMURTQASIZ JONIVORLAR
|
Noyob va yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi turlar:
Turkiston qisqichbaqasi (Sirdaryo havzasi), tibbiyot zulugi (10 donasi uchun) va boshqalar
|
0,02
|
0,02
|
0,01
|
20
|
Zaharli umurtqasiz jonivorlar
|
0,003
|
—
|
0,002
|
3
|
Daryo qisqichbaqasi (Zarafshon daryosi havzasi) —
1 kg uchun
|
0,05
|
0,05
|
0,01
|
3
|
Artemiya (Artemia) sistalari — 1 kg uchun
|
0,05
|
0,04
|
0,01
|
0,5
|
Umurtqasizlar g‘umbagi (motil, trubochnik va boshqalar) — 1 kg uchun
|
0,01
|
—
|
0,005
|
0,1
|
Mayda qisqichbaqasimonlar (gammarus, dafniya va boshqalar) — 1 kg uchun
|
0,01
|
0,01
|
0,005
|
0,1
|
Molyuskalar chig‘anog‘i — ( 1 kg uchun)
|
0,01
|
0,01
|
0,005
|
0,5
|
Maishiy, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi zararkunandalariga, xavfli infeksiyalarni tarqatuvchilarga kirmaydigan hamda baliq ovida xo‘rak sifatida ishlatiladiganlardan tashqari boshqa umurtqasiz jonivorlar
|
0,01
|
0,01
|
0,001
|
1
|
Mumiyo (1 g uchun)
|
0,01
|
—
|
0,01
|
0,5
|
Izohlar: pitomnik, ferma, hovuz xo‘jaliklarida yetishtirilgan va ovchilik-baliqchilik joylariga qo‘yib yuborilgan hayvonlarni tutish uchun to‘lov miqdori ushbu xo‘jaliklar egalariga, mazkur yovvoyi hayvonning tutish to‘lov summasining 50 foizini tashkil qiladi, agar qo‘yib yuborilgan hayvonlar soni tutishga mo‘ljallangan sondan uch barobar ortiq bo‘lsa.
Pitomnik, ferma, hovuz xo‘jaliklari va boshqalarda yetishtirilgan hamda ularning hududida joylashgan hayvonlarni tutish uchun to‘lov miqdori ushbu xo‘jaliklar egalari tomonida belgilanadi.
Urchitish yoki ovchilik-baliqchilik joylariga ko‘chirish maqsadida hayvonlarni tutish uchun ruxsatnoma to‘lovi miqdori mazkur tur uchun dastlab belgilangan narxning 20 foizini tashkil etadi.
Mo‘yna tayyorlash va topshirish maqsadida: tog‘ suvsari, qorako‘zan (norka), qizil sug‘ur, ondatra, nutriya, tulki, qorsak, cho‘l mushugi, sariq sassiqko‘zan tutish uchun ruxsatnoma to‘lovi mazkur turning dastlab sport maqsadida belgilangan to‘lovning 50 foizini tashkil etadi.
Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar ro‘yxatiga Qizil kitobning oxirgi nashriga asosan o‘zgartirish kiritiladi.
O‘rmon, qishloq va ovchilik xo‘jaliklari zararkunandalari, inson va hayvonlar kasalliklarini tarqatuvchilar ro‘yxati Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Respublika ovchilar va baliqchilar jamiyati bilan kelishilgan holda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Daryo qisqichbaqasi — 1 kilogramm, o‘rtacha 8 ta qisqichbaqa.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |