SITESning ma’muriy organi — Konvensiyaning IX moddasi, 1-bandi, “a” kichik bandiga muvofiq davlat nomidan ruxsatnoma yoki sertifikatlar berish huquqiga ega bo‘lgan, hayvonlar va o‘simliklarning eksport-importi ustidan nazorat amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan Konvensiyaning milliy ma’muriy organi;
tur — har qanday tur, kichik tur yoki uning geografik alohida populatsiyasi;
berish — ariza beruvchiga ruxsatnoma yoki sertifikatni tayyorlash, tasdiqlash va topshirish bilan bog‘liq barcha tartib-taomillarning yakunlanishi;
derivat — tirik bo‘lmagan hayvondan olingan mahsulot;
mansabdor shaxs — ushbu Nizomning bajarilishini ta’minlash uchun tashkiliy-farmoyish beruvchi yoki ma’muriy-xo‘jalik vakolatlari berilgan shaxs;
import — qaytarib olib chiqish haqidagi majburiyatsiz O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish;
SITES — yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya (Convention of International Trade in Endangered Species of Wild Fauna and Flora), 1973-yilning 3-mart kuni Vashingtonda (AQSh) imzolangan va 1975-yilning 1-iyulida kuchga kirgan va O‘zbekiston unga 1997-yilda qo‘shilgan;
Do'stlaringiz bilan baham: |