tranzit — O‘zbekiston Respublikasi bojxona qoidalari bilan belgilangan tranzit tartib-taomillari;
eksport — qaytarib olib kirish haqidagi majburiyatsiz O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini olib chiqish, agar qonun hujjatlarida boshqa holat nazarda tutilgan bo‘lmasa;
4. SITES ilovalariga kiritilgan namunalarni bojxona chegaralaridan o‘tkazishda maxsus tartib-taomillardan o‘tishni nazarda tutadi. Namunalarning har bir turkumiga maxsus SITESning ruxsatnomasi bo‘lishi lozim. SITES ilovalari har uch yilda taraflar — Konvensiya ishtirokchilari bo‘lgan mamlakatlar Konferensiyasida aniqlanadi.
SITESning I Ilovasi yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan hayvonlar va o‘simliklar turlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu turlarni tijorat maqsadida eksport, reeksport va import qilish taqiqlanadi, Konvensiya Kotibiyati tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan pitomniklarda (shu jumladan hayvonot bog‘larida) ko‘paytirilgan ikkinchi avlod namunalari bundan mustasno. I Ilovadagi namunalarni chet elga olib chiqish uchun SITESning ham eksport, ham import ruxsati olinishi talab etiladi.
SITESning II Ilovasi mazkur vaqtda yo‘qolib ketish xavf ostida bo‘lmasa-da, lekin shunday xavf ehtimoli bo‘lgan turlardan foydalanishda tirik qolishiga xavf soluvchi shart-sharoitlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, bunday turlar bilan oldi-sotdi qilinishi qat’iy tartibga solinmasligi, ularning bunday xavf ostida qolishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan turlarni o‘z ichiga oladi. II ilovadagi namunalarni chet elga olib chiqish uchun SITESning eksport ruxsatnomasi olinishi talab etiladi.
SITESning III Ilovasi foydalanishning oldini olish yoki cheklash maqsadida har bir Konvensiya Tarafining tavsifi bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida tartibga solinishi lozim bo‘lgan va ularga nisbatan savdo-sotiq nazoratini amalga oshirish borasida boshqa Konvensiya Taraflari hamkorligi zarur bo‘lgan turlarni o‘z ichiga oladi. III Ilovadagi namunalarni chet elga olib chiqish uchun SITESning eksport ruxsatnomasi olinishi talab etiladi.
I, II va III Ilovalarga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklar namunalarini eksport, reeksport va import qilish uchun ruxsatnoma SITES Ilmiy organining ijobiy xulosasi berilishi sharti bilan SITES Ma’muriy organi tomonidan beriladi.
5. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi SITESning O‘zbekiston Respublikasidagi Ma’muriy organi hisoblanadi.
SITESning Ma’muriy organi SITES Konvensiyasi qoidalari va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti SITESning O‘zbekistondagi Ilmiy organi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |