VI. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishni nazorat qilish
112. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va ularni qayta ko‘paytirish, muhofaza qilish yuzasidan davlat nazorati — mahalliy davlat hokimiyati organlari va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan, qonunchilikka muvofiq, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
113. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va ularni qayta ko‘paytirish, muhofaza qilish yuzasidan idoraviy nazorat — tasarrufida ovchilik va baliq ovlash xo‘jaliklari mavjud bo‘lgan davlat organlari tomonidan, ularga biriktirilgan hududlarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
114. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va ularni qayta ko‘paytirish, muhofaza qilish yuzasidan jamoatchilik nazorati — fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
(114-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 937-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/937/4054-son)
115. Hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni qayta ko‘paytirish, belgilangan muddatlarga, me’yorlarga va boshqa qoidalarga foydalanuvchilar tomonidan rioya qilinishi davlat nazorat organlari tomonidan tekshiriladi.
116. Hayvonot dunyosi obyektlari va ularning yashash muhitini muhofaza qilish ovdan foydalanuvchilar tomonidan, ularga biriktirilgan hududlarda, o‘rmon qo‘riqchiligi, o‘rmon-ovchilik xo‘jaliklari qo‘riqchiligi, qo‘riqxonalar va tabiat bog‘i davlat inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
117. Tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari quyidagi huquqlarga ega:
o‘g‘rincha ovlashni va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish normalari va qarorlari boshqacha tarzda buzilishini aniqlash maqsadida yovvoyi hayvonlar yashaydigan hududni, idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, qarshiliksiz borib ko‘rish;
hayvonot dunyosidan foydalanish huquqini beradigan hujjatlarni tekshirish, tayyorlangan ovchilik-baliqchilik mahsulotlarini, o‘rmonchilarning va yollangan ovchilarning qorovulxonasini, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning qorovulxonalari va binolarini, omborlar va boshqa imoratlarni tekshirish, shuningdek transport vositalarining barcha turlarini ko‘zdan kechirish va ushlab turish;
ixtiyorida qurol, ovchilik-baliqchilik mahsulotlarini ovlash va baliq ovlash qurollari, ovlovchi qushlar va ovchi itlar bo‘lgan barcha shaxslardan ov qilish va hayvonot dunyosidan foydalanish uchun berilgan hujjatlarni ko‘rsatishni, ular tomonidan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi munosabati bilan yozma tushuntirishlar berilishini talab qilish;
mazkur Nizom, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish qoidalari, normalari, muddatlari va boshqa talablari buzilishini bartaraf etish to‘g‘risida hayvonot dunyosi obyektlaridan barcha foydalanuvchilar bajarishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
mazkur Nizom va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa talablar buzilgan hollarda noqonuniy tutilgan mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qo‘yish hamda qayta ishlovchi va savdo tashkilotlariga (shartnomaviy bahoda), bolalar uylari va qariyalar uylariga, internatlar, maktablar va kasalxonalarga (bepul) berish, shuningdek ov qilish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni olib qo‘yish;
Oldingi tahrirga qarang.
noqonuniy ov qilish va baliq tutish qurollari bo‘lgan ov quroli va uning o‘q-dorilarini belgilangan tartibda olib qo‘yish;
(117-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
o‘tkazilgan tekshirish to‘g‘risida dalolatnomalar va ma’muriy qonunbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ularni ko‘paytirish bo‘yicha foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni nazorat qilish;
amalga oshirish chog‘ida “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, mazkur Nizom hamda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan ishlarni to‘xtatib qo‘yish;
mazkur Nizom va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda undan foydalanish to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlarini buzganlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish va qonunni buzishlar to‘g‘risidagi materiallarni tegishli organlarga yuborish;
Oldingi tahrirga qarang.
berilgan xizmat qurolini va unga o‘q-dorilarni belgilangan tartibda olib yurish.
(117-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
118. Tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlariga rioya qilishga va o‘z faoliyatini berilgan vakolatlar doirasida amalga oshirishga majbur.
119. Ruxsatnomasiz yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartiblar va normativlar (kvotalar) buzilgan holda tutilgan hayvonot dunyosi obyektlari qonunni buzuvchilardan olib qo‘yiladi, ko‘rsatib o‘tilgan qonun buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar esa hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladilar va zararning miqdorini mazkur Nizomning 14-ilovasiga muvofiq qoplashi shart.
120. Noqonuniy ov qilish yoki baliq tutishning aniqlangan mahsuloti (yovvoyi qush, ko‘pi bilan bir bosh tuyoqli hayvon go‘shti, umumiy og‘irligi 5 kilogrammdan ortiq bo‘lmagan miqdordagi baliq) olib qo‘yiladi va qonun buzilishini aniqlagan shaxslarga taqdirlash sifatida beriladi, topshirilishi shart bo‘lgan mo‘yna bundan mustasno.
121. Noqonuniy import — eksport qilishga urinishlar paytida ushlangan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari va ulardan hosil bo‘lgan mahsulotlar, o‘ljalar, tulumlar olib qo‘yiladi.
Olib qo‘yilgan hayvonlardan kelgusida foydalanish to‘g‘risidagi qaror, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan holda, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadi. Olib qo‘yilgan tirik hayvonlardan kelgusida foydalanish tartibi to‘g‘risidagi qaror alohida idoraviy me’yoriy hujjat bilan tartibga solinadi.
122. Noqonuniy tutilgan hayvonlar (shu jumladan tirik), baliq, boshqa suv organizmlari tutish joylarida hamda qayta ishlash va sotish joylarida olib qo‘yilishi mumkin. Huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt, hudud va sharoitdan kelib chiqib o‘lja huquqbuzarda qoldirilishi ham mumkin, bunda u o‘ljaning qiymatini bozordagi mavjud narxlari bo‘yicha to‘laydi.
Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar topilmasa, qoldirilgan ovchilik va baliqchilik mahsulotlari, qurol, anjomlar, quruqlik va suv transport vositalari ushlab turiladi.
123. Foydalanuvchilar tomonidan qonunchilik talablari buzilgan taqdirda hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqi to‘xtatib turilishi yoki to‘xtatilishi mumkin. Qayta tiklab bo‘lmaydigan o‘zgarishlar xavfi paydo bo‘lgan taqdirda hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqi to‘xtatiladi.
124. Brakonyerlikning oldini olish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi hududiga leskali baliq tutish to‘rlari, elektr qarmoqlar va boshqa brakonyerlik ov qurollari;
ov qilish va baliq tutish brakonyerlik qurollarini saqlash va sotish (nakidka, leskali to‘r, changakli tutish quroli, elektr qarmoqlar va boshqalar);
ov qilish va baliq tutish brakonyerlik qurollarini tayyorlash va saqlash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
125. Noqonuniy ov qilish va baliq tutish qurollari aniqlansa ular majburiy tartibda olib qo‘yiladi. Ov qilish brakonyerlik qurollari (nakidka, leskali to‘r, changakli tutish quroli, elektr qarmoqlar va boshqalar) qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. Fuqaroviy va xizmat quroli va uning o‘q-dorilari ichki ishlar organlariga topshiriladi.
(125-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
126. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Yuridik va jismoniy shaxslar hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda qoplashi shart. Zararni qoplash aybdorlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |