3-§. Qishloq xo„jaligi korxonalarida mehnatga haq to„lashni
huquqiy tartibi
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mehnatning miqdori
va sifatiga yarasha eng ko‗p miqdori cheklanmagan holda ish haqi olish,
kamsitilmaslik huquqi asosiy iqtisodiy huquqlardan biri sifatida e‘tirof
qilingan. Ushbu konstitutsiyaviy huquqni amalga oshirish yo‗llari Mehnat
kodeksi va boshqa mehnatga oid qonun hujjatlarida mustahkamlangan.
O‗zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 153-moddasiga ko‗ra,
mehnatga haq to‗lash tizimi o‗z ichiga xodimning bajargan ishiga munosib
ish haqi to‗lash masalalariga oid bo‗lgan, Mehnat kodeksi, boshqa qonun
hujjatlari, lokal me‘yoriy hujjatlar, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan
mehnat munosabatlari tizimidan iborat.
Ish haqi odatda pul shaklida, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
hollarda esa belgilab qo‗yilgan tartibda natura holida ham amalga
oshirilishi mumkin.
Mehnat qonunchiligi yollanib ishlovchi xodimlarga ish vaqti normasi
va o‗z xizmat burchlarini bajargani taqdirda belgilab qo‗yilgan eng kam
253
ish haqi olishlarini kafolatlaydi. Bunday kafolat mulkchilik shaklidan
qat‘iy nazar barcha korxona va tashkilotlarda yollanib ishlovchi
xodimlarga berilgan. Mukofot, ustama va qo‗shimcha haqlar eng kam ish
haqi tarkibiga kirmaydi.
Eng kam ish haqi jamoa shartnomasi yoki kelishuvlarida ayrim
tarmoq, kasb, tashkilot xodimlari uchun nazarda tutilgan tarif stavkasining
eng kam miqdori bilan adashtirib yubormasligi lozim.
O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil
30-iyulda 788-son bilan ro‗yxatga olingan ―Yollanib ishlovchilarning soni
va ish haqi statistikasi to‗g‗risidagi yo‗riqnoma‖ga ko‗ra korxonada
yollanib ishlayotgan, shuningdek mulk paylariga ega bo‗lgani (ishlayotgan
mulkdor) holda korxona tarkibida hisobga olinuvchi shaxslarga ish haqi
to‗lanishi lozim.
Qishloq xo‗jaligi korxonalarida yollanish asosida yoxud a‘zo
bo‗lgani holda mehnat qilayotgan shaxslar mehnatga haq to‗lash amalga
oshiriladi.
Yollanib ishlovchi xodimga Mehnat kodeksi, boshqa mehnat
qonunchiligi aktlari, lokal me‘yoriy hujjatlar, mehnat shartnomasining
shartlariga ko‗ra ish haqi to‗lanadi.
Korxona mol-mulki va mablag‗larining bir qismiga egalik qiluvchi
xodimlarga ularning bajargan ishiga ko‗ra ish haqi to‗lanadi va ayni paytda
ular korxona olgan foyda (daromad)dan ham o‗zlariga tegishli bo‗lgan
ulushni olishga haqli bo‗ladilar. Korxona mulkdorlari tarkibiga kiruvchi
shaxslar mehnatiga haq to‗lashning shartlari qishloq xo‗jalik korxonasi
ichki lokal hujjatlari (kooperativ (shirkat xo‗jaligi) Ustavi, boshqaruv
organining (Umumiy majlis yoki boshqaruv) qarori va boshqa hujjatlar
bilan belgilanadi.
Ayni paytda shuni ham ta‘kidlash lozimki, O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2003-yil 27-oktyabrdagi ―2004-2006-yillarda fermer
xo‗jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‗g‗risida‖gi hamda 2003-yil
24-martdagi ―Qishloq xo‗jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy
yo‗nalishlari to‗g‗risida‖gi farmonlariga ko‗ra fermer xo‗jaligida mehnat
qilayotgan shaxslar bilan mehnat shartnomasi tuzilishi, ularga Mehnat
kodeksi va boshqa mehnat qonunchiligi hujjatlarida belgilangan kafolatlar
(shu jumladan, mehnatga haq to‗lash yuzasidan ham) ta‘minlanishi lozim.
Davlat qishloq xo‗jaligi korxonalarida mehnatga haq to‗lash Mehnat
qonunchiligi, lokal me‘yoriy hujjatlar, mehnat shartnomasi asosida amalga
oshiriladi.
254
Qishloq xo‗jaligi korxonalarida yollanib ishlovchi xodimlar va ularga
tenglashtirilgan shaxslarga vaqtbay (sarflangan vaqt normasiga muvofiq)
yoki ishbay (mahsulot yoki bajargan ish birligiga ko‗ra) ish haqi to‗lash
tizimi joriy qilinishi mumkin. Vaqtbay yoki ishbay ish haqi to‗lanadigan
ish joylari, kasb, lavozim, vazifalar ro‗yxati qishloq xo‗jalik korxonasi
jamoa shartnomasida yoki boshqa lokal me‘yoriy hujjatlarida nazarda tutib
qo‗yiladi.
Barcha yollanib ishlovchi va ularga tenglashtirilgan xodimlarga (shu
jumladan, qishloq xo‗jalik kooperativi (shirkat xo‗jaligi), fermer xo‗jaligi,
dehqon xo‗jaligi a‘zosi sifatida u yerda mehnat qilayotgan shaxslarga ham)
mehnat qonunchiligi kafolatli hamda kompensatsiya to‗lovlari to‗lanishini
nazarda tutadi.
Kafolatli to‗lov, bu – xodim o‗ziga bog‗liq bo‗lmagan holatlarga
ko‗ra xizmat vazifalarini bajarishdan xoli etilgani hollarda unga
belgilangan ish haqini to‗lanishi, vazifasi (lavozimi) saqlab turilishidan
iborat.
Mehnat kodeksiga ko‗ra quyidagi hollarda kafolatli to‗lov to‗lanadi
va ish joyi (lavozimi) saqlab turilishi kafolatlanadi:
1)
Xodim davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtda
(saylov huquqini amalga oshirishi, odil sudlov faoliyatida qatnashish,
harbiy burchini bajarishga jalb etilish, qonunda nazarda tutilgan boshqa
hollarda);
2)
Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni
bajarishga jalb etilganida (malaka oshirish, xizmat safariga borish,
ratsionalizatorlik taklifini amalga oshirish, tibbiy ko‗rikdan o‗tish, jamoat
birlashmalari faoliyatida qatnashish va boshqalar);
3)
Jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilganda (avariyalar, tabiiy
ofatlar oqibatini bartaraf qilish, inson hayotini saqlab qolish, donorlik
vazifasini bajarish va boshqalar).
Xodimlar davlat yoki jamoat manfaatlariga doir, shuningdek jamiyat
manfaatlariga oid ishlarni bajarishga jalb etilganlarida kafolatli to‗lovlarni
pul bilan ta‘minlash manbalari, to‗lovlarni amalga oshirish tartibi, o‗rtacha
ish haqini hisoblab chiqish masalalari O‗zbekiston Respublikasi Hukumati
tomonidan belgilangan.
Mehnat kodeksi va boshqa mehnatga oid qonun hujjatlari yollanib
ishlovchi xodimlar uchun muayyan kompensatsiya to‗lovlari to‗lanishini
kafolatlaydi.
Kompensatsiya to‗lovi – bu xodim ish beruvchi manfaatlari uchun
o‗z xizmat manfaatlari uchun o‗z xizmat vazifalarini bajarayotgan
255
chog‗ida qilgan xarajatlarini unga ish beruvchi tomonidan qoplab
berilishi.
Mehnat
qonunchiligi
yollanib
ishlovchi
xodimga
quyidagi
xarajatlarni kompensatsiyalanishi nazarda tutiladi:
a) xizmat safari va ko‗chib yurish bilan bog‗liq xarajatlar;
b) boshqa joydagi ishga ko‗chib borish bilan bog‗liq xarajatlarni
qoplash;
v) xodimga tegishli mol-mulkdan foydalanayotganlik uchun
xarajatlarni qoplash.
Xizmat safari – xodim tomonidan o‗z xizmat vazifalarini
korxona joylashgan hududdan boshqa hududga yuborilib bajarishidan
iborat.
Xodimlarni xizmat safariga yuborish tartiblari, muddatlari va bu
masaladagi cheklovlar O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan 2003-yil 29-avgustda 1268-son bilan ro‗yxatga olingan
―O‗zbekiston Respublikasi hududi doirasidagi xizmat safarlari
to‗g‗risidagi Yo‗riqnoma‖ bilan belgilab qo‗yilgan.
Xodimlarni xizmat safariga yuborish korxona raxbari buyrug‗i va shu
asosda beriladigan xizmat safari guvohnomasi bilan amalga oshiriladi.
Xizmat
safariga
yuborilgan
xodimga
quyidagi
xarajatlar
kompensatsiya qilinadi: a) yo‗l-transport xarajatlari (yo‗l chiptasi asosida,
taksidan tashqari); v) turar joy ijarasi xarajatlari (tegishli to‗lov hujjati
asosida, ammo lyuks nomyerlar ijaraga olinganida ijara qiymatining
70% miqdorida); v) sutkalik pul (xizmat safarida bo‗lgan barcha kunlar
(yo‗lda bo‗lgan, bayram va dam olish kunlari uchun haq) uchun. Uning
eng kam miqdori Toshkent shahri va viloyat markazi bo‗lgan shaharlarda -
har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi, boshqa aholi
punktlarida 8 foizdan kam bo‗lmagan miqdorda. Sutkalik pulning aniq
miqdori korxona jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal hujjatlarda
ko‗rsatib qo‗yilishi lozim; g) ish beruvchi bilan kelishgan holdagi boshqa
xarajatlar (telefon, faks aloqa xizmat haqi va boshqalar).
Shuni qayd etish lozimki, ushbu yo‗riqnomaga ko‗ra tegishli hollarda
yo‗l-transport to‗lov hujjati bo‗lmagan hollarda ham belgilangan tartibda
yo‗l xarajatlari qoplab berilishi mumkin.
Xizmat safariga yuborilgan xodim u yerdan qaytgach, uch kun ichida
xizmat safari hisobotini taqdim etishi, foydalanilmasdan qolgan avans
pulni buxgaltyeriyaga qaytarishi lozim bo‗ladi.
Xodim bajaradigan ish bir aholi punktidan boshqasiga ko‗chib yurish
bilan bog‗liq bo‗lgan hollarda xizmat safari xarajatlari har oylik maoshiga
256
belgilangan miqdorda ustama qo‗shib berilishi orqali kompensatsiya
qilinadi.
Boshqa joydagi ishga ko‗chib borish xarajatlari ishga yuborayotgan
korxona yoki ishga taklif etayotgan korxona (yangidan ishga qabul qilish
chog‗ida) tomonidan qoplanadi va unda quyidagilar to‗lanishi lozim: 1)
ko‗chish, mol-mulkni ko‗chirib borish xarajatlari; 2) yangi joyni o‗rganib
olish xarajatlari; 3) ish beruvchi bilan kelishib olingan boshqa xarajatlar.
Xodimga tegishli mol-mulkdan foydalanganlik uchun xarajatlarni
qoplash. Mehnat kodeksining 173-moddasiga ko‗ra: ―Ish beruvchining
roziligi bilan va uning manfaatlari yo‗lida xodim o‗ziga tegishli mol-
mulkdan foydalanganda transport vositalarining amortizatsiyasi va ulardan
foydalanganlik uchun qilingan xarajatlar, shuningdek, asboblarning, texnik
vositalarning yoki o‗zga mol-mulkning amortizatsiyasi ish beruvchi
tomonidan to‗lanishi lozim. Ana shu xarajatlarni to‗lashning miqdori va
tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‗lsa, xodim bilan ish
beruvchi o‗rtasidagi kelishuvda belgilab qo‗yiladi‖.
Ish
beruvchi
tomonidan
xodimlarga
tegishli
kafolatli
va
kompensatsiya to‗lovlarini to‗liq, o‗z vaqtida to‗lab berilishi mehnat
munosabatlarida qonuniylik hamda ijtimoiy aholini ta‘minlashning muhim
sharti sanaladi.
Har bir xodimning ish haqi u sarflagan mehnat miqdori va sifati,
ishning aniq natijalariga bog‗liq bo‗lib, eng ko‗p miqdori cheklanmagan.
Ish xaqi o‗z tarkibiy tuzilishiga ko‗ra ikki qismdan: tarif
razryadlari, mansab maoshlaridan iborat asosiy qism hamda mukofotlar va
boshqa rag‗batlantiruvchi to‗lovlarda ifodalanuvchi qo‗shimcha qismdan
iborat bo‗ladi.
O‗zbekiston Respublikasi hududida ish haqi to‗lash yuzasidan
yagona siyosatni amalga oshirish, xalq xo‗jaligi tarmoqlari, mintaqalar
orasida ushbu masaladagi asossiz farqlarga barham berish, ijtimoiy
adolatni ta‘minlash maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1992-yil 26-dekabrdagi 590-son qarori bilan tarif jadvali
tasdiqlandi. Ushbu jadvalda xalq xo‗jaligi tarmoqlarida band bo‗lgan
xodimlar mehnatiga haq to‗lash yuzasidan tarif koeffitsientlari nazarda
tutilib, o‗z ichiga o‗nlab razryadni (ishlarni oddiydan murakkabga tomon,
ish haqining ham shunga mutanosib tarzda o‗sib borishini belgilovchi)
oldi.
Mamlakatimizda ish haqi to‗lash ikki usulda: a) davlat yo‗li bilan
markazlashtirilgan tartibda hamda b) lokal normalar vositasida (jamoa
257
kelishuvlari va jamoa shartnomalari, korxonaning bevosita o‗zida qabul
qilingan nizomlar va boshqalar) huquqiy tartibga solinadi.
Mamlakatda belgilangan yagona tarif razryadlari jadvali, eng kam
oylik ish haqidan kam bo‗lmaslik talablariga rioya etilgani holda ish haqi
turi, shakli, tarif stavkalari, mansab maoshlari, mukofot turlari, miqdorlari,
to‗lanish shartlari va tartiblari mustaqil ravishda ish beruvchilar
tomonidan, jumladan qishloq xo‗jalik korxonalarining bevosita o‗zlari
tomonidan belgilanadi.
O‗zbekiston Respublikasining ―Dehqon xo‗jaligi to‗g‗risida‖gi
qonunni 20-moddasida, ―Fermer xo‗jaligi to‗g‗risida‖gi qonunning
23-moddasida ushbu taraflarning kelishuviga ko‗ra natura holida ham
mehnat haqi to‗lanishi mumkinligi aytilgan.
Davlat
qishloq
xo‗jalik korxonalarida mehnat qilayotgan
xodimlar (ishchi va xizmatchilar)ga ish haqi to‗lash Mehnat kodeksi va
uning asosida qabul qilingan boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga
oshiriladi.
Qishloq xo‗jalik korxonalarining xodimlari ham normal sharoitlardan
chetga chiqib mehnat qilgani hollarida ular mehnatiga mehnat qonunlarida
belgalangan miqdorlarda ish haqi to‗lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |