O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


-§. Qishloq xo„jaligida mehnatni muhofaza qilish



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

 
4-§. Qishloq xo„jaligida mehnatni muhofaza qilish 
 
Mehnatni muhofaza qilish tushunchasi O‗zbekiston Respublikasining 
―Mehnatni muhofaza qilish to‗g‗risidagi‖gi qonunining 2-moddasida 
ko‗rsatilgan. Unga ko‗ra mehnatni muhofaza qilish deganda insonning 
mehnat 
jarayonidagi 
xavfsizligi, 
sixat-salomatligi 
va 
qobiliyati 
saqlanishini 
ta‘minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, 
texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda 
vositalari tizimi tushuniladi. Mehnatni muhofaza qilishning asosiy maqsadi 
va vazifasi ishlab chiqarish jarayonida insonning sog‗ligini saqlash, uning 
hayotini xavf ostida qoldirmaslik, unga qulay mehnat sharoiti yaratib 
berishdan iboratdir. 
Mehnatni muhofaza qilish O‗zbekiston Respublikasida davlat 
siyosati darajasiga ko‗tarilgan bo‗lib, davlat tomonidan boshqariladi, ya‘ni 
ushbu funksiyani O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga 
oshiradi. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati xodimning 
hayoti va sog‗ligi ustuvorligiga erishish, mulk shaklidan qat‘i nazar 
yagona tartib-qoidalarni belgilab qo‗yishlik, mehnatni muhofaza qilish 
talablarini nazorat qilish, mablag‗ bilan ta‘minlash, mehnat muhofazasi 
bo‗yicha mutaxassislar tayyorlash, xodimni maxsus kiyim, parhez ovqatlar 


258 
bilan ta‘minlash, jabr ko‗rgan xodimlarni ijtimoiy himoyalash kabilarga 
qaratilgan bo‗ladi. 
Mehnatni 
muhofaza 
qilish 
O‗zbekiston 
Respublikasining
Konstitutsiyasi, 
Mehnat 
kodeksi, 
―Mehnatni 
muhofaza 
qilish 
to‗g‗risida‖gi, ―Qishloq xo‗jalik kooperativlari (shirkat xo‗jaliklari) 
to‗g‗risida‖gi qonunlar, Shirkat xo‗jaligining namunaviy ustavi, ―Fermer 
xo‗jaligi to‗g‗risida‖gi qonun, Fermer xo‗jaligining namunaviy ustavi va 
boshqa me‘yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko‗rsatilishicha, har bir 
shaxs adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga egadir (37-modda). 
Ushbu huquqiy qoida talabiga ko‗ra qishloq xo‗jalik xodimlari o‗zlarining 
sog‗ligiga, hayotiga xavf solmaydigan, zarar yetkazmaydigan mehnat 
sharoitlarida ishlash huquqlariga ega bo‗ladilar. Qishloq xo‗jalik 
korxonalari o‗z xodimlariga shunday sharoitni yaratib berishga majbur 
hisoblanadilar. 
Davlat qishloq xo‗jalik korxonalarida mehnatni muhofaza qilishni 
tartibga solishda O‗zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi muhim rol 
o‗ynaydi. Ushbu qonunlar majmuining 211-moddasida urnatilishicha, 
barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan 
mehnat sharoitlari yaratilgan bo‗lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib 
berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi. 
Ushbu qonunga ko‗ra, xodim mehnatni muhofaza qilish normalariga, 
qoida va yo‗riqnomalariga, shuningdek ma‘muriyatning ishni bexatar olib 
borish haqidagi farmoyishlariga rioya qilish, olingan shaxsiy himoya 
vositalaridan foydalanish, insonlar hayoti va sog‗lig‗iga bevosita xavf 
soladigan har qnday holat haqida o‗zining bevosita rahbarini darhol 
xabardor qilish shart (212-m.). 
Qishloq xo‗jalik korxonalarida xavfsiz mehnat sharoitini tashkil etish 
uchun davlat va boshqa jamoa xo‗jaliklari rahbarlari javobgar bo‗ladilar. 
Chunonchi, 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Mehnat 
kodeksining
211- moddasida belgilanishicha, ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish 
talablarini buzganlik uchun javobgar bo‗ladi. Ish beruvchi mehnat 
sharoitlari to‗g‗risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa 
kasalliklarga chalinish extimoli, shu bilan bog‗liq holda unga beriladigan 
imtiyoz va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari haqida 
xabardor qilinishi kerak (213-m.). 
Bundan tashqari, qishloq xo‗jalik korxonalari raxbarlari quyidagi 
xodimlarni mehnat shartnomasi tuzish chog‗ida va keyinchalik vaqti-vaqti 
bilan tibbiy ko‗rikdan o‗tkazishni tashkil qilishlari shart: o‗n sakkiz yoshga 


259 
to‗lmaganlarni; oltmish yoshga to‗lgan yerkaklar, ellik besh yoshga 
to‗lgan ayollarni; nogironlarni; mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi 
ishlarda, transport harakati bilan bog‗liq ishlarda band bo‗lganlarni va 
boshqalar. 
Shirkat xo‗jaliklarida shirkat xo‗jaligi Namunaviy Ustaviga binoan 
mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlarini yaxshilash, xavfsizlik 
texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‗yicha tadbirlar o‗tkazishga va 
maxsus kiyim va poyabzal, himoya moslamalarini sotib olishga mablag‗ 
ajratadi. 
Shirkat xo‗jaligi mehnatni muhofaza qilish bo‗yicha o‗z majbu-
riyatlarini, fermerlar, ustaxonalar, garajlar, omborxonalar va inventarlar 
bilan jihozlaydi, ichki xo‗jalik bo‗linmalarini va shirkat xo‗jaligi a‘zolarini 
xavfsizlik texnikasi bo‗yicha adabiyotlar va ko‗rgazmali qurollar bilan 
ta‘minlaydi, shirkat xo‗jaligi a‘zolarini o‗qitish va instruktaj o‗tkazish 
ishlarini amalga oshiradi hamda ularning xavfsizlik texnikasi bo‗yicha 
bilimlarini tekshirib turadi. 
Shirkat xo‗jaligi a‘zosining sog‗lig‗ini muhofaza qilish uchun kirish 
instruktaji, ish joyida instruktaj, va o‗qitish ishlari olib boriladi. Xavfsizlik 
texnikasi bo‗yicha kirish instruktaji quyidagi masalalarni o‗z ichiga olishi 
lozim: ichki tartib qoidalari; shirkat xo‗jaligi a‘zosining xavfsizlik 
texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‗yicha qoida va normalarni 
bajarish yuzasidan majburiyati; xo‗jalik hududida yurganda ehtiyot bo‗lish 
shartlari; elektr xavfsizligining umumiy qoidalari; ayollar va o‗smirlarning 
mehnatini muhofaza qilish. 
Qishloq xo‗jalik korxonalarida ayollar va o‗smirlar mehnatini 
muhofaza qilishga alohida e‘tibor qaratiladi. Ayollarning ular uchun 
mumkin bo‗lgan me‘yordan ortiq yukni ko‗tarishlari va tashishlari man 
etiladi. Ayollar mehnatini qo‗llanish taqiqlanadigan mehnat sharoiti 
noqulay ishlarning ro‗yxatini O‗zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi 
va O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligi O‗zbekiston 
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining maslahatini olgan holda 
tasdiqlaydi. 
Homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari kamaytirilib, 
ularning o‗rtacha oylik ish haqi saqlanadi. 2 yoshga to‗lmagan bolasi bor 
ayollar o‗rtacha ish haqi saqlangan holda yengilroq ishga o‗tkaziladi. 
Homilador ayollarni va o‗n to‗rt yoshga to‗lmagan bolasi bor ayollarni 
ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish 
kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yo‗l 
qo‗yilmaydi. 


260 
Homilador ayolning, 14 yoshga to‗lmagan bolasi bor ayolning
iltimosiga ko‗ra unga to‗liqsiz ish kuni belgilanishi mumkin. 
Shu bilan birga voyaga etmagan qishloq xo‗jalik xodimlarini 
veterinariya-sanitariya, 
nasldor 
otlarni 
boqish, 
qishloq 
xo‗jalik 
mashinalarini pritsepchisi, quduqlarda ishlashi va boshqa zararli ishlarda 
ishlashi mumkin emas. Voyaga etmagan o‗smirlarni zaharli kimyoviy 
moddalar bilan bog‗liq ishlarda, kechasi bajariladigan ishlarda ishlatish 
ham mumkin emas. Voyaga etmaganlar uchun qisqartirilgan ish kuni 
belgilanadi va ularni normadan tashqari ishlarga jalb etish taqiqlanadi.
Mehnatni muhofaza qilish qonunlarini buzgan mansabdor shaxslar 
qonunda belgilangan tartibda intizomiy, ma‘muriy, jinoiy javobgarlikka 
tortiladilar. Bundan tashqari, ―Mehnatni muhofaza qilish to‗g‗risida‖gi 
qonunning 28-moddasida ko‗rsatilishicha, ma‘muriyatning aybi bilan 
ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida mehnat 
qobiliyatini to‗liq yoki qisman yo‗qotgan xodimga korxona bir marta 
beriladigan nafaqa to‗laydi hamda sog‗liqqa yetkazilgan shikast uchun 
tovon to‗laydi. Bir marta beriladigan nafaqa miqdori jabrlanuvchining bir 
yillik maoshidan kam bo‗lmasligi lozim. Agar xodim davolanish, protez 
qo‗ydirish va tibbiy yordamning boshqa turlariga muhtoj bo‗lsa, korxona 
jabrlangan xodimga bu tadbirlar bilan bog‗liq xarajatlarni to‗laydi hamda 
jabrlanuvchining kasbini o‗zgartirib qayta tayyorlanishni va tibbiy 
xulosaga muvofiq ishga joylashishni ta‘minlaydi yoki ana shu maqsadlar 
uchun ketadigan xarajatlarni qoplaydi. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa 
oqibatida xodim vafot etgan taqdirda korxona xodimning qarindoshlariga 
moddiy ziyonni hamda bir marta beriladigan nafaqani to‗laydi.

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish