O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

 
 


247 
XIII BOB. QISHLOQ XO

JALIGIDA MEHNAT 
MUNOSABATLARINING O„ZIGA XOSLIGI 
 
Qishloq xo‗jalik korxonalarida mehnatni tashkil etishning huquqiy 
shakllari. Qishloq xo‗jaligida ish vaqti va dam olish vaqti. Qishloq 
xo‗jaligi korxonalarida mehnatga haq to‗lashni huquqiy tartibi. Qishloq 
xo‗jaligida mehnatni muhofaza qilish. Qishloq xo‗jalik korxonalarida 
mehnat intizomi.
1-§. Qishloq xo„jalik korxonalarida mehnatni tashkil etishning 
huquqiy shakllari
Qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishida mehnatni tashkil qilish xalq 
xo‗jaligining boshqa tarmoqlaridan farqli o‗laroq qishloq sharoitining 
o‗ziga xos xususiyatlari, iqlim sharoitlari, qishloq xo‗jalik mahsulotlari 
yetishtirishning mavsumiyligi (sezonliligi), bu davrda ish vaqtining 
uzaytirilishi, dam olish kunlarining boshqa davrga ko‗chirilish kabi 
xususiyatlar bilan xarakterlanadi. 
Qishloq xo‗jaligida mehnatni tashkil etish O‗zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi, O‗zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, ―Qishloq 
xo‗jalik kooperativi (shirkat xo‗jaligi) to‗g‗risida‖gi, ―Fermer xo‗jaligi 
to‗g‗risida‖gi, ―Dehqon xo‗jaligi to‗g‗risida‖gi qonunlari, ―Qishloq 
xo‗jalik kooperativi(shirkat xo‗jaligi)ning va Fermer xo‗jaligining 
namunaviy Ustavi, har bir qishloq xo‗jalik korxonasining ustavi hamda 
Ichki mehnat tartibi Namunaviy Qoidalarida belgilangan tamoyillar 
asosida amalga oshiriladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko‗rsatilishicha, har bir 
shaxs mehnat qilish, yerkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida 
ishlash huquqiga ega. Davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat 
qilish yerkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va 
huquqiy jixatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi (53-modda). 
Qishloq xo‗jalik korxonalarida mehnatni tashkil etish asosan ijara 
pudrati, jamoa pudrati, oila pudrati va yakka tartibdagi pudrat asosida 
amalga oshirilmokda. Respublikamizning deyarli barcha qishloq xo‗jalik 
ishlab chiqarish tuzilmalarida, ayniksa shirkat xo‗jaliklari, fermer 
xo‗jaliklarida oila (jamoa) pudrati munosabatlari mehnatni tashkil 
qilishning eng samarali usullarida biri sifatida joriy kilinmokda.
Ensiklopedik lug‗atlarda ―pudrat‖ tyermini shartnoma asosida 
mehnatni tashkil qilishning shakli tushunchasi sifatida ochib beriladi. 


248 
Mehnatni tashkil qilishning bu shaklida pudrat xo‗jalik hisobining bir turi 
sifatida qaraladi. 
Ijara, oila (jamoa) pudrati deganda shartnoma asosida vaqtinchalik 
foydalanish uchun ishlab chiqarish vositalarini bir tomonning (korxona 
tashkilot, fuqaro) boshqa tomonga (jamoa, oila, fuqaro) berishidan vujudga 
keladigan mehnatni tashkil qilish shakli tushuniladi. F.M.Rayanov juda 
to‗g‗ri ta‘kidlaganidek, pudrat qishloq xo‗jaligida mehnatni tashkil 
etishning eng ko‗p tarqalgan asosiy shaklidir
76

Huquqiy adabiyotlarda ijara, oila (jamoa) pudratiga quyidagicha 
ta‘rif berilgan: ―Bu shartnoma bo‗lib, unga ko‗ra bir tomon (xo‗jalik) 
boshqa tomonga (yollanuvchi - jamoa, oila yoki yakka xodim) haq evaziga 
vaqtinchalik foydalanish uchun zarur ishlab chiqarish vositalarini berish 
majburiyatini oladi
77

Yuqorida bildirilgan tushunchalardan anglash mumkinki, oila 
(jamoa) pudrati o‗z mazmuniga ko‗ra ijaradan farq qiladi. Ilmiy 
adabiyotlarda to‗g‗ri ta‘kidlanganidek, ijaradan farqli o‗laroq, oila (jamoa) 
pudratidagi o‗zaro munosabatlarida predmet va asos bo‗lib pudrat 
topshirig‗i bo‗ladi, ya‘ni ijaraga olingan asosiy vositalar bilan ma‘lum 
turdagi mahsulotni, tegishlicha sifatli qilib, belgilangan vaqtda ishlab 
chiqish lozim bo‗ladi. Shu sababdan oila (jamoa) pudratini mustaqil 
xo‗jalik yuritish shakli sifatida qarash mumkin emas. O‗z mazmuniga 
ko‗ra u ichki ishlab chiqarish xo‗jalik hisobining bir tizimi bo‗ladi va 
ilgarigi xo‗jalik yuritish shakllariga qaraganda bir qator afzalliklarga ega 
bo‗ladi. Oilaga (jamoa) alohida tovar ishlab chiqaruvchi sifatida korxona 
huquqlarining bir qismi o‗tadi. Avvalo bu xo‗jalik hisobi daromadlarini 
taqsimlash, mehnatni tashkil qilish va unga haq to‗lash, xodimlar soni, 
inshootlardan foydalanish va ish vaqti, rejadan ortiqcha mahsulot 
chiqarish, o‗zga xizmatlar va topshiriqlar va boshqa masalalarga taalluqli 
bo‗ladi. 
Oila (jamoa) pudratining ijaradan asosiy farq qiluvchi belgilari va 
xususiyatlari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: birinchidan, qishloq xo‗jaligi 
strukturaviy tuzilmalari tizimida oila (jamoa) pudratchilari mustaqil 
xo‗jalik yurituvchi subyekt hisoblanmaydilar, ular yuridik shaxs huquqiga 
ega bo‗lmaydilar, ijarachilar esa qonunga binoan xo‗jalik ishlab chiqarish 
munosabatlarida yuridik shaxs huquqiga ega bo‗lgan mustaqil subyektlar 
hisoblanadilar;
76
Раянов Ф.М. Правовое обеспечение коллективного подряда на селе. - М.:Знание, 1988, 6-бет.
77
Организация коллективного, семейного и арендного подрядов на кооперативных началах. - Киев: Уражай, 
1988. – 6 с.


249 
ikkinchidan, oila (jamoa) pudratchilar ishlab chiqarish vositalarini 
bergan topshiriq beruvchining topshiriqlarini bajaradilar, ijarachilar esa 
ishlab chiqarish tizimini mustaqil aniqlaydilar; 
uchinchidan, oila (jamoa) pudrati shartnomasiga ko‗ra, pudratchilar 
yetishtirilgan mahsulotni topshiriq beruvchiga topshirishga majburdir, 
ijarachilar esa o‗z mehnat natijalarini mustaqil tasarruf etish huquqiga 
egadirlar; 
to‗rtinchidan, oila (jamoa) pudrati asosida yer berish shirkat 
xo‗jaliklari, davlat xo‗jaliklari yoki boshqa qishloq xo‗jalik korxonalari 
tomonidan amalga oshiriladi. Yerni ijaraga berish esa faqat uning egasi 
tomonidan, ya‘ni davlat yoki u vakil qilgan organ tomonidan amalga 
oshiriladi; 
beshinchidan, oila (jamoa) pudratida yer uchastkalari pudratchi - 
yerdan foydalanuvchilarga qishloq xo‗jalik korxonalarining jamoat 
(asosiy) yer fondlaridan beriladi, yer ijaraga esa davlatning zaxira yer 
fondlaridan, davlat mahalliy hokimiyati organlari yerlaridan beriladi; 
oltinchidan, oila (jamoa) pudratida pudratchi – yerdan foydalanuvchi 
yer uchastkasidan birlamchi yerdan foydalanuvchi belgilab bergan 
maqsadlardagina foydalanadi. Ijara munosabatlarida esa ijarachi ijaraga 
olingan yer uchastkasining foydalanish maqsadlarini o‗zi mustaqil 
aniqlash huquqiga ega bo‗ladi. 
Qishloq xo‗jaligida oila (jamoa) pudrati munosabatlarining 
subyektlari bo‗lib bir tomondan fermer, kooperativ, davlat qishloq xo‗jalik 
korxonalari, ikkinchi tomondan esa bo‗limlar, brigadalar, zvenolar, oilalar, 
alohida xodimlar hisoblanadilar. Oila (jamoa) pudrati subyektlari bo‗lib 
qishloq xo‗jalik korxonasi bilan mehnat munosabatlarida bo‗lgan 
xodimlar, shuningdek o‗zga shaxslar ham hisoblanishi mumkin. Birinchi 
xolatda pudratchi mehnat shartnomasi (shartnoma) asosida qishloq xo‗jalik 
korxonasida mehnat qilayotgan xodim bo‗ladi.
Ularning mehnat munosabatlari O‗zbekiston Respublikasining 
Mehnat kodeksi, ―Qishloq xo‗jalik kooperativlari (shirkat xo‗jaliklari) 
to‗g‗risida‖gi qonuni bilan tartibga solinadi.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 299-son qarori bilan 
tasdiqlangan ―Qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishida oila (jamoa) pudrati 
to‗g‗risida Namunaviy nizom‖
pudrat munosabatlarini tartibga solishda 
asosiy huquqiy hujjat bo‗lib hisoblanadi.
Oila (jamoa) pudrati munosabatlari tenglik va mustaqil tarzda 
tuziladigan shartnoma asosida vujudga keladi. Bu shartnoma, mehnat, 
kooperativ, yer, fuqarolik huquqi qoidalaridan iborat qishloq xo‗jalik 


250 
huquqining kompleks institutini o‗zida ifoda etadi. Bu institut mehnat, 
mulkiy, yer huquqiy munosabatlarini tartibga soladi. 
Pudratchilarga oila (jamoa) pudrati shartnomasi asosida yer, 
molxonalar, fermalar, texnika va boshqa ishlab chiqarish vositalari 
beriladi. 
Bu 
xildagi 
mol-mulklar 
ijara, 
oila(jamoa) 
pudrati 
munosabatlarining obyekti hisoblanadi. 
Yer uchastkalari oila (jamoa) pudratiga tanlov asosida quyidagi 
tartibda ajratib beriladi. Pudratchi jamoa raxbari xo‗jalik ma‘muriyatiga 
ijara, oila (jamoa) pudrati shartnomasi asosida yer uchastkasi berilishini 
surab ariza beradi. Arizada zarur hajmdagi yer maydoni, ekish uchun 
rejalashtirilayotgan ekin turi, mehnatga layoqatli a‘zolarning soni 
ko‗rsatiladi. 
Arizalar tanlov e‘lon qilingandan keyin bir oy ichida qabul qilinib, 
ular bo‗yicha o‗n kunlik muddatda xo‗jalik boshqaruvi tomonidan qaror 
qabul qilinadi. Tanlovda shirkat xo‗jaligi a‘zolarining qishloq xo‗jaligida 
tegishli malaka va ish tajribasi hamda ekin maydoni, mahsulot birligiga 
ketadigan mehnat sarflarining belgilangan me‘yorlari hisobga olinadi. 
Tanlov natijasi bo‗yicha xo‗jalik boshqaruvining qarori chiqariladi. 
Boshqaruv qarorida pudratchilarga ajratiladigan yer uchastkasining 
o‗lchami, uning joylashgan manzili, ariza beruvchilarning talabi 
qondirilmaganda esa uning asoslangan sababi ko‗rsatiladi. Ijarachilarga 
yerlar 5 yilga beriladi. Qishloq xo‗jaligi mahsulotini yetishtirish bo‗yicha 
oila (jamoa) pudrati shartnomasi har yili tuziladi va shirkat xo‗jaligi raisi 
hamda oila boshlig‗i (jamoaning vakolat bergan vakili) tomonidan 
imzolanadi. Shartnomada uning imzolanish sanasi ko‗rsatiladi hamda 
shartnoma buyurtmachi-xo‗jalikning muhri bilan tasdiqlanadi. 
Buyurtmachi-xo‗jalik yer uchastkalarini qishloq xo‗jaligi mahsuloti 
yetishtiruvchi pudratchilarga qishloq xo‗jaligi uchun mo‗ljallangan 
yerlardan dalolatnoma asosida beradi. 
Oila (jamoa) pudrati munosabatlari yer uchastkasidan ixtiyoriy voz 
kechish, shartnoma muddatining tugashi, tomonlarning o‗zaro kelishuviga 
binoan shartnomani bekor qilish, yer uchastkalaridan boshqa maqsadlarda 
foydalanish, yer uchastkasidan bir yil davomida foydalanmaslik va boshqa 
xolatlarda tugatilishi mumkin. Buyurtmachi-xo‗jalik bilan pudratchi 
o‗rtasida shartnoma majburiyatlarini bajarish yuzasidan vujudga keladigan 
nizolar sud tartibida hal qilinadi. 
Qishloq xo‗jaligida oila (jamoa) pudratining ahamiyati to‗g‗risida 
gapirganda shuni ta‘kidlash mumkinki, u ishlab chiqarish vositalari va 
boshqa mol-mulklardan oqilona va samarali foydalanishga, qishloq 


251 
mehnatkashlari ishlab chiqarish samaradorligi, to‗la xo‗jalik hisobi va 
o‗zini mablag‗ bilan ta‘minlashni joriy etishga, ishlab chiqarish jarayonini 
unumli boshqarishga, mehnatni oxirgi natijalaridan manfaatdorlikka olib 
keladi. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish