Bog'liq DAVLAT XIZMATIGA QABUL QILISHDA BERILADIGAN SAVOLLAR
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini
rivojlantirish agentligi qachon tashkil bo‘lgan va uning asosiy vazifalari
nimalardan iborat?
2. O‘zbekiston Respublikasida Milliy kadrlar zaxirasini boshqarish
vazifasi qaysi organga yuklatilgan.
3. Davlat organlari va tashkilotlaridagi davlat fuqarolik xizmatiga
qabul qilish qanday tartibda amalga oshiriladi?
4. Ochiq mustaqil tanlov asosida davlat fuqarolik xizmatiga qabul
qilinadigan shaxslarni lavozimdan ozod qilish tartibi.
5. Davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bo‘linmalari
faoliyatiga qaysi organ uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish
vakolatiga ega?
6. Davlat organlari va tashkilotlari kadrlar bo‘linmalarining
rahbarlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish tartibi.
7. Davlat organlari va tashkilotlari kadrlar bo‘linmalarining
rahbarlarining attestatsiyasi kim tomonidan va qachon o‘tkaziladi?
8. Davlat organlari va tashkilotlari kadrlar bo‘linmalarining asosiy
vazifalari etib qaysi vazifalar belgilangan?
9. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini muntazam asosda
professional darajasini oshirish, ularning uzluksiz taʼlim olishini, shu
jumladan xorijda tashkil etish vazifasi kimga yuklatilgan?
10. Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari to‘g‘risda
maʼlumot kim tomonidan va qayerda joylashtiriladi?
11. Kim davlat fuqarolik xizmatiga kirish uchun haqli?
12. Kadrlar bo‘linmalari boshlig‘i yoki kadr ishlari bo‘yicha mutaxassis
lavozimiga qanday shaxslar tayinlanishi mumkin?
13. Kadrlar bo‘linmalari lavozimiga birinchi marta tayinlangan
shaxslar qachon va qayerda malaka oshirishi shart?
14. Kadrlar bo‘linmasi xodimlari, shu jumladan boshliqlari nodavlat
taʼlim muassasalarida o‘z malakalarini oshirishi mumkinmi?
15. Davlat organlari va tashkilotlari kadrlar bo‘linmalarining
xodimlari qachon va kim tomonidan attestatsiyadan o‘tadi?2
16. Kadrlar bo‘linmasining qaysi xodimlari attestatsiyadan
o‘tkazilmaydi?
17. Kadrlar bo‘linmalarining xodimlarini attestatsiyadan o‘tish uchun
yuborish majburiyati kimga yuklatilgan?
18. Davlat organlari va tashkilotlarining yangi xodimlarga bo‘lgan
ehtiyojini rejalashtirishni, shuningdek yangi ish joyi yaratilish
prognozini kim shakllantiradi?
19. Mehnat shartnomalarini tuzish, amaldagi mehnat shartnomalariga
o‘zgartirish kiritish holatlari kadrlar bo‘linmalari tomonidan qayerda
ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim?
20. Dastlabki sinov muddati qancha bo‘ladi?
21. Xodimlar soni (shtati) o‘zgarganda (qisqartirilganda), xodimni
mehnat shartnomasini bekor qilish niyati haqida yozma ravishda
ogohlantirilishi qanday maddutda bo‘lishi kerak?
22. O‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlarni tartibga
soluvchi asosiy normativ hujjat bo‘lib qaysi hujjat hisoblanadi?
23. Davlat organlari va tashkilotlarda mehnat to‘g‘risidagi qonun
hujjatlariga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini
tekshirish va nazorat qilishni qim amalga oshiradi?
24. Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi munosabatlar qaysi normativhujjat bilan belgilanadi?
25. Xodimni ishga qabul qilish qaysi hujjat bilan
rasmiylashtiriladi?
26. Ishga qabul qilinganda kimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
27. Agar xodim sinov muddati vaqtida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz
bo‘lsa yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan davr sinov muddatiga
kiritiladimi?
28. Sinov muddati xodimning umumiy ish stajiga qo‘shiladimi?
29. Mehnat shartnomasini bekor qilishga nimalar asos bo‘lishi mumkin?
30. Uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy
jihatdan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar
uchun ish vaqti qanday tarzda bo‘ladi?
31. O‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga mehnat taʼtillari
beriladimi?
32. Mehnat stajini hisoblash mexanizmini takomillashtirish
maqsadida elektron mehnat daftari qachondan va qaysi hujjat bilan joriy
etildi?
33. Xodimning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga
oluvchi elektron tizimning nomi va ushbu tizimga xodimlar bo‘yicha tegishli
maʼlumotlarni kim kiritadi?3
34. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari haqida
tushuncha bering.
35. Xodimning asosiy mehnat huquqlariga nimalar kiradi?
36. Mehnatga oid munosabatlarda kamsitish deganda nimani tushunasiz?
37. Ish beruvchining xodimlarning vakillik organi oldidagi
majburiyatlari nimalardan iborat?
38. Mehnat shartnomasi tushunchasi va taraflari haqida gapirib bering.
39. Mehnat shartnomasi qanday shaklda tuziladi?
40. Mehnat shartnomasi qanday muddatga tuziladi?
41. Jamoa shartnomalari va kelishuvlarining tushunchasi va maqsadini
gapirib bering.
42. Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishiga tushuncha bering.
43. Jamoa shartnomasining amal qilish muddati?
44. Jamoa shartnomasining amal qilish doirasi?
45. Necha yoshdan ishga qabul qilinishga yo‘l qo‘yiladi?
46. Ishga qabul qilishni rasmiylashtirish tartibi haqida gapirib
bering.
47. Ishga kirayotganda shaxsdan qanday hujjatlar talab etiladi?
48. Mehnat daftarchasi va uni yuritish tartibi haqida gapirib bering.
49. Ishga qabul qilishda dastlabki sinov majburiy hisoblanadimi?
50. Dastlabki sinov muddatlarini belgilanishidan ko‘zlangan maqsad
nima?
51. Dastlabki sinov muddatlari kimlarga tatbiq etilmaydi?
52. Mehnat shartlari deganda nima tushuniladi?
53. Qaysi hollarda ish beruvchi mehnat shartlarini xodimning
roziligisiz o‘zgartirishga haqli?
54. Qonunchilik qaysi ishlarda ayollar mehnati qo‘llanishini
taqiqlaydi?
55. Ish vaqtining normal muddati qancha?
56. Qaysi toifadagi ishchilarga yillik uzaytirilgan asosiy taʼtil
beriladi?
57. Mehnat taʼtilini berish muddatlarini ayting?
58. Mehnat taʼtilini berish vaqti va navbatini ayting.
59. Mehnat taʼtili tugamasdan oldin qay hollarda va qanday tartibda
xodim taʼtildan chaqirib olinadi?
60. Taʼtilni qismlarga bo‘lish qanday tartibda amalga oshiriladi?
61. Qaysi toifadagi xodimlar ijtimoiy taʼtilllardan
foydalanishlari mumkin?
62. Homiladorlik va tug‘ish taʼtillarini berish tartibini gapirib
bering.4
63. Qaysi davlat organlari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga
rioya etilishini tekshiradi va nazorat qiladi?
64. Qanday hollarda xodimning roziligidan qatʼi nazar, mehnat haqidan
ushlab qolishga yo‘l qo‘yiladi?
65. Qonunchilikda qaysi holatlarda ishdan chetlatishga yo‘l qo‘yiladi?
66. Qaysi sabablar (asoslar) mavjud bo‘lganda mehnat shartnomasini ish
beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish asosli hisoblanadi?
67. Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor
qilinganda qaysi hollarda kasaba uyushmalari roziligi olinmaydi?
68. Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda
moddiy madad berish uchun qanday qo‘shimcha qafolatlar belgilangan?
69. Mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan
holatlar bo‘yicha bekor qilinishi haqida gapirib bering.
70. O‘n ikki yoshga to‘lmagan bolasi yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron
bolasi bor ayollar uchun qo‘shimcha taʼtillar berish tartibini tushuntirib
bering.
71. Yillik taʼtillarning muddatini hisoblash qandayo tartibda amalga
oshiriladi?
72. Ish haqi saqlanmagan holda beriladigan taʼtillarga tushuncha
bering.
73. Boshqa doimiy ishga o‘tkazish tartibini gapirib bering.
74. Intizomiy jazo turlarini sanab bering.
75. Intizomiy jazolarni qo‘llash tartibini aytib bering.
76. Mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzish deganda nima
tushuniladi?
77. Qaysi hollarda ish beruvchi xodim sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni
to‘lashga majbur?
78. Yakka mehnat nizolarini komissiyada ko‘rib chiqish tartibini ayting?
79. Qaysi hollarda ishdan chetlashtirilgan shaxs qayta ishga tiklanadi?
80. Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi
qanday asoslarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin?
81. Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilish
tartibi haqida gapirib bering.
82. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan
taʼtillar uchun pullik kompensatsiya to‘lash tartibi qanday amalga oshriladi?
83. Mehnat daftarchasiga xodim to‘g‘risidagi maʼlumotlar qanday
tartibda kiritiladi?
84. Kadrlar bo‘limi xodimlari necha kunlik muddat ichida shaxsiy varaqa
T-2 shakliga imzo qo‘ydirgan holda yozuvning mehnat daftarchasidagi yozuv
bilan aniq muvofiqligini tanishtirishlari shart?5
85. Xodim ishdan bo‘shaganda mehnat daftarchasini olganlik to‘g‘risida
qaysi xujjatlarga imzo qo‘ydiriladi?
86. Mehnat daftarchasini yoqotgan shaxs bu to‘g‘rida oxirgi ish joyiga
yozma xabar bergandan so‘ng necha kundan kechiktirmasdan ish beruvchi xodimga
mehnat daftarchasining dublikatini berishi kerak?
87. Yangi mehnat daftarchalari (dublikati)ni berishda ish beruvchi
xodimdan qancha miqdorda haq undirib oladi?
88. Ishdan bo‘shagan xodimlar mehnat daftarchalarini o‘z vaqtida olmagan
taqdirda, ushbu mehnat daftarchalari qanday tartibda va qancha muddat
saqlanadi?
89. Qanday mehnat nizolari bevosita sud tomonidan ko‘rib chiqiladi?
90. Xodim mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan
talablar bo‘yicha sudga murojaat qilganda sud harajatlarini to‘lash tartibi
qanday?
91. Kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasi va
jabrlanuvchining qo‘shimcha yordam turlariga muhtojligi qaysi organ
tomonidan belgilanadi?
92. Ish beruvchi xodimning huquqlarini buzgan taqdirda, xodim o‘z
huquqlarini tiklash masalasida qaysi organga murojaat etishi lozim?
93. Kasaba uyushmasi qanday birlashma va u qaysi Qonun bilan tartibga
solinadi?
94. Xodimning mehnat huquqlarini himoya qilishda kasaba uyushmasining
o‘rni.
95. Mehnat nizosini ko‘rishni so‘rab sudga murojaat qilish huquqiga
kimlar ega?
96. Xodimga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplashga oid qanday nizolarni
bilasiz?
97. Fuqaroning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko‘rsatilgan
ijtimoiy huquqlarini sanab bering.
98. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida qo‘shimcha dam olish kuni
kimlarga beriladi?
99. Kundalik dam olish vaqtining muddati qanday?
100. Xodimlarga ish haqi qayerda to‘lanadi?
101. Ayollarga mehnat taʼtilini belgilashda qanday imtiyozlar mavjud?
102. Mehnat shartnomasini bekor qilishda o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan
shaxslarning qo‘shimcha kafolatlari qanday?
103. Kundalik dam olish vaqtining muddati qanday?
104. Bayram kunlari arafasidagi ishning muddati qanday?
105. Ish vaqtining normal muddati qanday?
106. Qanday nafaqa turlarini bilasiz?
107. Qanday pensiya turlarini bilasiz?6
108. Davlat pensiyalarining yagona tizimini tartibga soluvchi normativ
hujjatning nomi?
109. Yoshga doir pensiya olish huquqi kimlar ega?
110. Xodimning huquqlari buzilgan taqdirda, u qaysi sudga murojaat
qilishga haqli?
111. Xodimlarning davlat fuqarolik xizmatiga mansabdor shaxslarning
xatti-harakatlariga nisbatan keltirilgan shikoyatlar qaysi sud tomonidan
ko‘riladi?
112. Reabilitatsiya etilgan shaxs oldin ishlagan ishiga tiklanadimi?
113. Reabilitatsiya etilgan shaxs oldin ishlagan ishiga tiklash masalasida
qaysi sudga murojaat etishga haqli?
114. Reabilitatsiya etilgan shaxsning qonunga xilof ravishda ehtiyot
chorasi tariqasida qamoqda saqlangan vaqti mehnat stajiga qo‘shiladimi?
115. Ish vaqtidan tashqari ishning muddati qancha bo‘lishi kerak?
116. Ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun kompensatsiya to‘lanadimi?
117. Mehnat haqidan qanday to‘lovlar ushlab qolinishi mumkin?
118. Mehnatga qobiliyatga ega bo‘lmagan shaxslar kimlar?
119. Boquvchining vafot etganligi munosabati bilan to‘lanadigan zarar
miqdori qanday belgilanadi?
120. Noqulay mehnat sharoitida ishlayotgan xodimlar qanday imtiyozlarga
ega?
121. Davlat fuqarolik xizmatchisi noqonuniy xizmatdan bo‘shatilgan
holatlar aniqlangan taqdirda qanday oqibatlarga olib keladi?
122. Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmatga qabul qilinishida
tuziladigan xizmat shartnomasi boshqa sohada tuziladigan mehnat
shartnomasidan qanday farq va xususiyatlarga ega?
123. Davlat fuqarolik xizmatchisi qanday huquqiy va ijtimoiy
kafolatlarga ega?
124. Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozimdan ozod etilish qanday
asoslarda va tartibda amalga oshiriladi?
125. Davlat fuqarolik xizmatchisining majburiyatlarini sanab bering?
126. Davlat fuqarolik xizmatchisiga qo‘yiladigan cheklovlar nimalardan
iborat?
127. Davlat fuqarolik xizmatida mehnat va xizmat bilan bog‘liq nizolar
qay tartibda hal etiladi?
128. Davlat fuqarolik xizmati boshqa xizmatlardan farqi nima?
129. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida sohaga oid qanday muammo va
kamchiliklar keltirib o‘tilgan? Mazkur muammo va kamchiliklarning bugungi
kunda dolzarbligi qay darajada? Javobingizni tahliliy fikr va aniq
misollar bilan yoriting.7
130. O‘zbekiton Respublikasi taʼlim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining
mazmun mohiyatini yoritib bering. Taʼlim sohasida mavjud muammolarni
tahlil qilib, sohani takomillashtirishga qaratilgan aniq takliflar bering.
131. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi
PF–4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning mazmuni va ahamiyatini yoriting.
Farmonda davlat xizmatini rivojlantirishga oid qanday g‘oya va tamoyillar
ilgari surilgan?
132. Taʼlim tizimini boshqarishda davlat organlari va
tashkilotlarining vakolatlarini tavsiflab bering. Javobingizni
normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilgan holda, aniq misollar bilan
yoriting.
133. Taʼlim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarini
yoriting. Javobingizni amaliy misollar orqali izohlang.
134. Yagona kadrlar siyosati tushunchasini yoriting. Yagona kadrlar
siyosatini shakllantirish yo‘lida qanday ishlar amalga oshirilishi zarur?
Javobingizni aniq mexanizmlarni misol keltirgan holda yoritib bering.
135. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi
PF–5843-son “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat
fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” Farmoni mazmun-mohiyatini yoritib bering. Bunda davlat
fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga oid
normalarni alohida sharhlab o‘ting.
136. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi
PF–5843-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida
kadrlar siyosatini va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan
takomillashtirishga oid birinchi navbatdagi chora-tadbirlar Dasturida
belgilangan vazifalar, ularni amaliyotda amalga oshirish mexanizmlari
bo‘yicha fikr yuriting.
137. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini
rivojlantirish agentligining vazifalari va funksiyalarini yoriting.
138. Davlat xizmatida meritokratiya tushunchasini ifodalab bering.
Meritokratiya prinsipining afzalliklari va kamchiliklarini yoriting.
Javobingizni aniq misollarni tahlil qilgan holda bering.
139. Davlat fuqarolik xizmatida "karyera modeli" deganda nimani
tushunasiz? Ushbu modelni tavsiflab, amaliyotda qo‘llanishi bo‘yicha aniq
takliflar bering.
140. Davlat fuqarolik xizmatini takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or
xorijiy tajriba to‘g‘risida fikr yuriting. Javobingizni xorijiy
mamlakatlar, shu jumladan, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari,8
Rossiya Federatsiyasi, Germaniya Federativ Respublikasi tajribalari
misolida keltiring.
141. Mamlakatimizda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga
oid asosiy normativ-huquqiy hujjatlarni sanab o‘ting. Ularning
mazmunini qisqacha yoritib o‘ting.
142. Qayta tayyorlov va malaka oshirish taʼlim turining mazmuni va
mohiyati nimada? Taʼlim to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ushbu
taʼlim turiga qanday talablar qo‘yilgan?
143. Kasbiy kompetensiya tushunchasi, uning turlari va shakllarini
yoriting.
144. Davlat organi va tashkilotlarida xodimlar uchun zarur bo‘lgan
kompetensiyalarni aniqlash va ular asosida o‘quv jarayonini tashkil etish
nima uchun kerakligini izohlab bering.
145. Tashkilotlarda strategik kompetensiyalarni moddelashtirish qanday
bosqichlarda amalga oshiriladi?
146. Davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlashning maqsadi va
asosiy vazifalarini yoriting. Javobingizni aniq misollarni tahlil qilgan
holda yoriting.
147. Davlat fuqarolik xizmatchilari malakasini oshirishning maqsadi
va asosiy vazifalarini nimada? Javobingizni aniq misollarni tahlil
qilgan holda yoriting.
148. Davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlashni tashkil
etishning mazmun-mohiyatini ochib bering. Tashkil etishda vujudga kelishi
mumkin bo‘lgan xavflarni aytib o‘ting va ularni oldini olishga qaratilgan
aniq takliflar bering.
149. Davlat fuqarolik xizmatchilari malakasini oshirishni tashkil
etishning mazmun va mohiyatini ochib bering. Tashkil etishda vujudga kelishi
mumkin bo‘lgan xavflarni aytib o‘ting va ularni oldini olishga qaratilgan
aniq takliflar bering.
150. Davlat fuqarolik xizmatchilarining uzluksiz malakasini oshirishi
qandy shakllarda amalga oshiriladi? Uzluksiz malaka oshirish shakllarining
mazmun-mohiyatini ochib bergan holda, ularni takomillashtirish bo‘yicha
taklif bering.
151. Tajriba orttirishning qayta tayyorlash va malaka oshirishdan farqli
jihatlarini yoritib bering. Javobingizni aniq misollar asosida keltirib
o‘ting.
152. Davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirish kurslarida o‘qitish qanday zamonaviy va innovatsion pedagogik
texnologiyalari asosida o‘tkazilishi mumkin? O‘qitishning zamonaviy
usullariga o‘z takliflaringizni berib o‘ting.9
153. Masofaviy taʼlimni tashkil etish mexanizmlarini aytib o‘ting.
Bugungi kunda davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va
malakasini oshirish kurslarini masofaviy taʼlim tizimi orqali tashkil
etishda vujudga keladigan muammolarni bartaraf etish uchun qanday
takliflar bera olasiz?
154. Davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirishga qo‘yilgan davlat talablarini yoriting.
155. Davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirish sohasida fikr yuriting. Mazkur sohada qanday muammolar mavjud?
Javobingizni aniq misollar va takliflar bilan yoriting.
156. Inson kapitalini rivojlantirish bosqichlarini sanab o‘ting hamda
har bir bosqichning mazmuni va mohiyatini yoriting.
157. Moddiy va nomoddiy motivatsiya to‘g‘risida fikr yuriting.
Javobingizni aniq misollar bilan ifodalab bering.
158. Katta yoshdagi shaxslarni o‘qitish (andragogika)ning o‘ziga xos
jihatlari va ushbu yo‘nalishdagi muammolarni yoriting.
159. Uzluksiz taʼlim tizimi (Lifelong Learning)ning mazmun-mohiyatini
yoritib bering. Ushbu taʼlim tizimini amaliyotga qanday joriy etish
mumkin? Javobingizni aniq misollar bilan ifodalab bering.
160. Hard skills va soft skills tushunchalarini yoriting va har birini
tavsiflab bering. Ushbu ko‘nikmalarni davlat fuqarolik xizmatida qanday
mexanizmlar orqali qo‘llash va baholash mumkin?
161. Davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirish o‘quv jarayonini monitoring qilish mexanizmi qanday amalga
oshiriladi?
162. Davlat fuqarolik xizmatchilarining mustaqil va muqobil malaka
oshirishiga nimalar kiradi? Ushbu tizimlarning afzalliklari va
kamchiliklari nimada namoyon bo‘lishi mumkin? Javobingizni aniq
misollarni tahlil qilgan holda yoritib bering.
163. "Ustoz-shogird" usulini davlat fuqarolik xizmatiga joriy etish
mexanizmlarini aytib o‘ting. Ushbu sohani rivojlantirish uchun aniq
takliflar bering.
164. Inson resurslarini boshqarish (HRM) tushunchasi va mazmunmohiyatini yoritib bering. Inson resurslarini boshqarishning asosiy
usullari va ushbu tizimning funksiyalarini aniq misollar orqali yoritib
bering.
165. Inson resurslarini rivojlantirish (HRD) tushunchasi va mazmunmohiyatini yoritib bering. Inson resurslarini rivojlantirish qaysi
mexanizmlar orqali amalga oshiriladi?10
166. Malaka oshirish tizimida trener va kouchlarning vazifalarini
izohlab bering. Trener va kouchlarga qo‘yiladigan asosiy talablarni
keltirib o‘ting.
167. Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari (KPI) tushunchasini
yoriting. Davlat fuqarolik xizmatida ushbu ko‘rsatkichlar qanday
mexanizmlar orqali joriy etilishii mumkin? Javobingizni aniq
misollarni tahlil qilgan holda keltirib o‘ting.
168. Forsayt (foresight) tushunchasi va mazmun-mohiyatini yoritib bering.
Davlat fuqarolik xizmatida Forsayt tizimi qanday qo‘llanilishi mumkin?
Javobingizni aniq misollarni tahlil qilgan holda keltirib o‘ting.
169. Amaliy psixologiya nima va uning o‘ziga xos jihatlarini yoritib
bering.
170. Amaliy psixologiyaning yo‘nalishlari to‘g‘risida maʼlumot bering.
171. Tashkiliy psixologiya nima va uning o‘ziga xos jihatlarini yoritib
bering.
172. Tashkiliy psixologiyaning yo‘nalishlari to‘g‘risida maʼlumot bering.
173. Davlat xizmatchisining psixologik portreti deganda nimani
tushunsiz?
174. Psixologik diagnostika deganda nimani tushunasiz?
175. Qanday psixodiagnostik metodlar mavjud?
176. Psixologik portretni shakllantirishda qanday psixodiagnostik
usullardan foydalanish mumkin?
177. Davlat xizmatchisining psixologik portretini yaratishning o‘ziga
xos xususiyatlari nimadan iborat?
178. Psixologik portretni yaratish bo‘yicha qaysi xorij davlatlar
tajribasini bilasiz va ularning o‘ziga xos jihatlarini yoritib bering?
179. Psixodiagnostikaning asosiy tamoyillari nimalardan iborat?
180. Psixodiagnostika tamoyillarining mazmun-mohiyatini tushuntirib
bering.
181. Davlat organi va tashkilotidagi psixologik muhiyatni aniqlash uchun
qanday metodikalardan foydalanish mumkin?
182. Davlat organi va tashkilotidagi psixolog qanday strategik va joriy
ishlarni amalga oshirishi lozim?
183. Davlat organi va tashkiloti rahbarining shaxsiy psixologiyasi
xodimlarning ish samaradorligiga va oiladagi sog‘lom mug‘itga taʼsirini
ilmiy va amaliy jihatlama yoritib bering.
184. Testologiya fanining asosiy vazifasi nimadan iborat?
185. Psixokorreksiya va uning turlari haqida maʼlumot bering.
186. Guruhiy psixokorreksiyaning asosiy jihatlarini yoritib bering.
187. Davlat fuqarolik xizmatchilarining psixologik baholash bo‘yicha
Respublikamizda qanday ishlar amalga oshirilgan?11
188. Davlat organi va tashkilotlaridagi korporativ maʼdaniyat to‘g‘risida
nimalarni bilasiz?
189. Mehnat jamoasida psixologik muhitni yaxshilash bo‘yicha qanday
ishlarni amalga oshirish mumkin va ularni ilmiy jihatdan asoslab bering?
190. Davlat fuqarolik xizmatchisining salohiyatini to‘liq namoyish
qilish uchun qo‘llaniladigan psixologik metodikalar to‘g‘risida maʼlumot
bering.
191. Davlat fuqarolik xizmatchilarining oilalarida sog‘lom axloqiypsixologik muhitni shakllantirish, oilaviy nizolarni davlat fuqarolik
xizmatiga taʼsir etishini oldini olish bo‘yicha qanday tizimli ishlarni
tashkil etish lozim deb hisoblaysiz?
192. Davlat organi va tashkiloti maqsad va vazifalarini bajarishda
mehnat jamoasini rivojlantirish va ularni to‘liq jalb etish asosida davlat
fuqarolik xizmatchisining shaxsiy (individual) hissasini oshirishga
ko‘maklashish bo‘yicha psixologik xizmatning harakatlari qanday bo‘lishi
lozim deb hisoblaysiz?
193. Ijtimoiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha qanday normativhuquqiy hujjatlarni tahlil qilgansiz?
194. Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatini tahlil qilish bo‘yicha
ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazilishini strategik yondashuv bilan
rejalashtirib bering.
195. Ijtimoiy tadqiqotlar metodologiyasini yaratish bo‘yicha
Respublikamizda qanday ishlar amalga oshirilgan?
196. Ijtimoiy tadqiqotlarni o‘tkazishda qanday dasturiy
taʼminotlardan foydalanish zarur va uning o‘ziga xosliklari to‘g‘risida
maʼlumot bering?
197. Davlat organlari va tashkilotlarining mehnat jamoasini tadqiq
qilishda qanday ijtimoiy tadqiqot usullaridan foydalanish mumkin,
ularning qaysi biri qulay va nima uchun?
198. Davlat organlari va tashkilotining ichki muhitini o‘rganishda
qanday ijtimoiy tadqiqot usullaridan foydalanish mumkin, tahlil qilib
bering?
199. Quyida keltirilgan ijtimoiy tadqiqot usullarni farqini aytib
bering: hujjatlar tahlili, ekspert so‘rov, mutaxassis bahosi va
eksperimental usullar.
200. Maʼlumotlarni statistik tahlil qilish usulini tahlil qilib
bering.
201. Faktor va klaster tahlil usullarning bir-biriga nisbatan ustun va
zaif tomonlari.
202. Birlamchi maʼlumotlar manbaasi deganda nimani tushunasiz?
203. Ikkilamchi maʼlumotlar manbaasi deganda nimani tushunasiz?12
204. Birlamchi va ikkilamchi maʼlumotlar manbaalari o‘rtasidagi farqni
tushuntirib bering.
205. Ichki maʼlumotlar manbaasiga nimalar kirishini aytib bering.
206. Tashqi maʼlumotlar manbaasiga nimalar kirishini aytib bering.
207. Maʼlumotlarni to‘plash konsepsiyasi to‘g‘risida maʼlumot bering.
208. Davlat organlari va tashkiloti birlamchi maʼlumotlar to‘plash
rejasini tuzib bering.
209. Birlamchi maʼlumotlarni to‘plashning asosiy usullarini
nimalardan iborat va ularni tahlil qilib bering.
210. Davlat organi va tashkilotida kuzatuv usulini qullash mexanizmini
yoritib bering (Adliya vazirligi misolida).
211. Fokus-guruh usulini ustun va zaif jihatlarini aytib bering.
212. Davlat organi va tashkilotida ijitmoiy tadqiqotlar o‘tkazish
bo‘yicha xorij malakat tajribasi to‘g‘risida maʼlumot bering, ularning qaysi
birini Respublikada qo‘llay olish mumkin?
213. Boshlang‘ich nuqta deganda nimani tushunisiz va shkalalar bo‘yicha
maʼlumot bering.
214. Mutaxassis bahosi usulini o‘ziga xosliklarini tushuntirib bering
(Qishloq xo‘jaligi tizimi misolida)
215. Davlat organi va tashkilotida qanday masalalarni o‘z ichiga olgan
ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazish lozim deb hisoblaysiz va nima uchun?
216. Davlat boshqaruvi va xizmatchilari samaradorligini oshirish
borasida dunyoning rivojlangan davlatlarida davlat xizmati sohasida
qo‘llaniladigan baholash usullaridan qaysilarini bilasiz?
217. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich
Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga joriy
yildagi Murojaatnomasida davlat tashkilotlari rahbarlari faoliyatini
baholash va natijadorlikka yo‘naltirish haqida qanday fikr va mulohazalar
bildirildi?
218. Muvozanatlashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimi (Balanced Scorecard
System) haqida nimalarni bilasiz hamda mazkur tizimning KPI tizimi bilan
bog‘liqligi?
219. O‘zbekiston Respublikasida davlat organlari va tashkilotlari
faoliyatini baholash bo‘yicha qanday normativ-huquqiy hujjatlar qabul
qilingan?
220. O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmatchilari samaradorligiga
salbiy taʼsir qilayotgan omillarni sanab o‘ting?
221. So‘nggi yilarda O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmati
jozibadorligini oshirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
222. O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmatchilari samaradorligini
oshirish bo‘yicha qanday takliflaringiz mavjud?13
223. Xususiy sektor, yaʼni biznes sohasida foydalanilayotgan qanday
texnologiyalarni davlat xizmatida qo‘llash yaxshi samara beradi deb
hisoblaysiz?
224. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi o‘z zimmasiga
yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun qanday huquqlarga
ega?
225. Xodimlarni integratsiyalashgan eng muhim samaradorlik
ko‘rsatkichlari (KPI) asosida boshqarish va faoliyatini baholashning
zamonaviy usullarini joriy etishda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarning roli nimalardan iborat?
226. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi
PQ-4472-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra Agentlikning davlat fuqarolik xizmatini
rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarini monitoring va tahlil qilish
hamda ushbu sohadagi muammolar va tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha
takliflar ishlab chiqish sohasidagi funksiyalari qaysilar?
227. Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi asosida davlat organlari
faoliyati samaradorligini oshirishning zamonaviy shakl
va mexanizmlaridan qaysilarini bilasiz?
228. Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini,
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining davlat fuqarolik xizmatchilari
faoliyatidan qoniqish darajasini baholashda qanday usullardan
foydalanish mumkin?
229. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari faoliyati
samaradorligining ochiq reytingni shakllantirishning qanday uslublardan
foydalanish mumkin?
230. Davlatning raqobatbardoshligini oshirishda davlat
xizmatchilarining samaradorligi va natijadorligining ahamiyati nimalarda
namoyon bo‘ladi?
231. Meritokratiya so‘zining lug‘aviy maʼnosi nima va davlat xizmatida
uning ahamiyati?
232. O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarga taʼsiri xalqaro
reytinglarning hamda ushbu reytinglarni yaxshilashda davlat
xizmatchilarining roli?
233. Davlat fuqarolik xizmatining “ochiq” va “yopiq” modellari haqida
nimalarni bilasiz hamda O‘zbekistonda davlat xizmati tizimini isloh
qilishda qaysi modeldan foydalanish yaxshi samara beradi deb hisoblaysiz?
234. O‘zbekistonda davlat xizmati sohasida yagona organni tashkil
etilishidan ko‘zlangan maqsad nimalardan iborat?14
235. Natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish haqida nimalarni
bilasiz hamda uning davlat xizmati samaradorligini oshirish bilan
bog‘liqligi?
236. Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholash
nima maqsadda amalga oshiriladi?
237. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi
PQ-4472-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra Agentlikning davlat fuqarolik xizmatchilari
faoliyati samaradoriligini baholashning o‘lchanadigan indikatorlari (eng
muhim ko‘rsatkichlari) tizimini joriy etish va ularning natijalarini
tahlil qilish sohasidagi funksiyalarini sanab o‘ting?
238. Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya
etilishiga nazorat qilish qaysi organ tomonidan amalga oshiriladi hamda
uning mazkur sohadagi huquq va majburiyatlari?
239. Davlat fuqarolik xizmatida islohotlarni amalga oshirish maqsad va
vazifalari nimalardan iborat?
240. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida
davlat boshqaruvida zamonaviy menejment uslublarini keng qo‘llash hamda
malakali mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini
shakllantirish bo‘yicha nimalarni bilasiz?
241. Davlat organi yoki tashkilotlarida xodimlarning ish samardorligiga
taʼsir etuvchi mehnatga haq to‘lashning zamonaviy tizimini bo‘yicha qanday
usullarni bilasiz?
242. Davlat organi yoki tashkilotining faoliyatini jismoniy yoki yuridik
shaxslarning murojaatiga muvofiq baholash bo‘yicha nimalar bilasiz?
243. Davlat fuqarolik xizmati sohasida davlat organi
yoki tashkilotining faoliyatini monitoring qilish qanday usullar orqali
amalga oshirilishi mumkin?
244. KPI atamasining maʼnosi hamda davlat xizmati sohasida uning
ahamiyati?
245. Nima maqsadda eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari
foydalaniladi?
246. “Sirli mijoz” instituti haqida tushuncha bering?
247. Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini davlat fuqarolik
xizmati sohasida baholash va monitoring qilishning maqsadi?
248. O‘zbekiston Respublikasida hozirgi kunda davlat xizmatchilari
faoliyatini samaradorligini baholash sohasida qanday muammolar mavjud?
249. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining asosiy vazifa va
funksiyalarini sanab o‘ting?15
250. Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini
oshirishda innovatsiyalarning ahamiyati?
251. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat
organlari xodimlari odob-axloqining yagona prinsiplari va qoidalarini
belgilash bo‘yicha qanday normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan?
252. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, Davlat
xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatini qanday prinsiplar asosida amalga
oshirishlari kerak?
253. Davlat xizmatchilari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini
olish borasida qanday chora-tadbirlar amalga oshirish mumkin?
254. Davlat xizmatchilari faoliyatini baholash maqsadida jamoatchilik
fikrini o‘rganish qanday tartibda amalga oshiriladi?
255. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan
ishlab chiqilgan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar
Strategiyasinining mazmuni va ahamiyati nimalardan iborat?
256. O‘zbekiston Respublikasida davlat fuqarolik xizmatini yana-da
takomillashtirish va isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari nimalardan
iborat?
257. O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi qachon
qabul qilingan hamda uning mazmuni va mohiyati nimalardan iborat?
258. Istiqbolli boshqaruv kadrlarini saralab olish bo‘yicha respublika
"Taraqqiyot" tanlovini asosiy vazifalari nimalardan iborat va tanlovni
kim tashkil etadi?
259. Davlat organlari va tashkilotlarida inson resurslarini
rivojlantirish hamda xodimlarni boshqarish sohasida yagona davlat
siyosatini amalga oshirish uchun qaysi davlat organi tomonidan olib
boriladi?
260. "El-yurt umidi" jamg‘armasinii istiqbolli va iqtidorli yosh
kadrlarni tayyorlashdagi asosiy vazifalari nimalardan iborat?
261. Davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish hamda ularning xizmat
pog‘onalari bo‘yicha ko‘tarilishi qanday prinsiplar asosida amalga
oshiriladi?
262. “Meritokratiya” so‘ziga nimani anglatadi? Uning davlat fuqarolik
xizmatida qo‘llanilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad va ahamiyati.
263. “Davlat fuqarolik xizmati” deganda nima tushiniladi? Uni
mamlakatda davlat boshqaruvini yangilash va samaradorligini oshirishdagi
o‘rni qanday?
264. Malaka kompetensiyasi deyilganda nima tushiniladi? U qanday
mezonlar bilan o‘lchanadi?16
265. Ishga qabul qilishning qanday usullari mavjud? Hozirgi zamonda
uning qanday ilg‘or usullari qo‘llaniladi?
266. Intellekt (IQ) darajasi nima? Uning davlat fuqarolik xizmatida
qo‘llanilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad va ahamiyati.
267. Psixologik barqarorlik deganda nima tushiniladi? U kadrlar bilan
ishlashda qanday ahamiyatga ega.
268. Malaka talabi deganda nimani tushunasiz? Uni oshirishning
usullari qanday?
269. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini mohiyati nimadan
iborat?
270. O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi qanday?
271. Konstitutsiyada fuqarolarning qanday shaxsiy huquq va erkinliklari
aks etgan?
272. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitutsiyaviy burchlari
nimalardan iborat?
273. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining siyosiy huquqlari
nimalardan iborat?
274. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifalari.
275. O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruv organlarining qabul
qilgan hujjatlarini to‘xtatish va bekor qilish vakolati kimga berilgan?
276. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qanday vakolatlarga
ega?
277. Fuqarolarning huquq va burchlarning vujudga kelish asoslari
nimalardan iborat?
278. Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish usullari.
279. Qaysi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilishi
kerak?
280. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari.
281. Xodimning asosiy mehnat huquqlariga nimalar kiradi?
282. Ish beruvchining asosiy huquqlari va majburiyatlari nimalardan
iborat?
283. Mehnat shartnomasi tushunchasi, uni qo‘llashdan ko‘zlangan asosiy
maqsad?
284. Qaysi davlat organlari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga
rioya etilishini tekshiradi va nazorat qiladi?
285. Dastlabki sinov muddatlarining belgilanishidan ko‘zlangan maqsad
nima?
286. Qaysi sabablar (asoslar) mavjud bo‘lganda mehnat shartnomasini ish
beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish asosli hisoblanadi?
287. Mehnat shartlari deganda nima tushuniladi? Qaysi hollarda ish
beruvchi mehnat shartlarini xodimning roziligisiz o‘zgartirishga haqli?17
288. Normativ-huquqiy hujjat tushunchasi. O‘zbekiston Respublikasida
qanday turdagi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinadi?
289. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi
Qonunning asosiy maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
290. Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining qanday turlari
bor?
291. O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari, ular qachon qabul
qilingan va nimalarni anglatadi?
292. Davlat tushunchasi, uning belgilari va asosiy funksiyalari?
293. Huquqiy davlat tushunchasi va uning asosiy belgilari nimalardan
iborat?
294. “Elektron hukumat” nima? Uning afzalligi nimalardan iborat?
295. Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda idoralararo elektron
hamkorlik qilishning roli.
296. Qaysi hollarda mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi
bilan bekor qilinganida kasaba uyushmalarining roziligi olinmaydi?
297. Qanday hollarda xodimning roziligidan qatʼi nazar, mehnat haqidan
ushlab qolishga yo‘l qo‘yiladi?
298. Mehnat qonunchiligi bo‘yicha ayollarga berilgan imtiyozlar.
299. O‘zbekiston Respublikasida davlat organlari va tashkilotlarida
xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish sohasida
yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun masʼul hisoblangan organ qaysi?
300. Mansabdor shaxs tushunchasiga izoh bering.
301. Xizmat siri deganda nimani tushunasiz?
302. Korrupsiya deganda nimani tushunasiz?
303. Davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasbiy axloq-odobni,
korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqatsiz munosabatni
shakllantirish, korrupsiyaga qarshi madaniyatni va korrupsiyaga toqat qilib
bo‘lmaydigan munosabatni shakllantirishning taʼsirchan mexanizmlarini
joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining qaysi qonun
hujjatlari qabul qilingan?
304. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi
konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilganmi?
305. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi
konvensiyasining asosiy maqsadi nima?
306. Korrupsiya nima? Korrupsiyani kelib chiqishining tarixiy
ildizlari va unga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari.
307. Manfaatlar to‘qnashuvi deganda nimani tushunasiz?
308. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishlari nimalardan iborat?18
309. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita kimlar
amalga oshiradi?
310. Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni
shakllantirish qanday amalga oshiriladi?
311. Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olish uchun nima
ishlar qilinadi?
312. Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etishga
doir chora-tadbirlar nimalardan iborat?
313. Davlat organlari xodimlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar
faktlari to‘g‘risida xabar qilish majburiyatlari nimalardan iborat?
314. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qaysi davlat organlari
faoliyatni bevosita amalga oshiradi?
315. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari nimalardan
iborat?
316. Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar qanday ishtirok
etadi?
317. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishlari nimalardan iborat?
318. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari nimalardan
iborat?
319. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishlari nimalardan iborat?
320. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga
oshiruvchi qaysi asosiy davlat organlarini bilasiz?
321. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo
komissiyasining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
322. O‘zbekiston Respublikasining qaysi qonuni korrupsiyaga qarshi
kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida qabul
qilingan?
323. Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik deganda nimani tushunasiz?
324. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot bergan
shaxslar himoyalanadimi?
325. Noqonuniy boylik ortirish deganda nimani tushunasiz?
326. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida pora olganlik uchun
qanday jazo turi belgilangan?
327. Poraxo‘rlik tushunchasiga izoh bering.
328. Davlat xizmatchilarining daromadi, mol-mulki va xarajatlarini
deklaratsiyalash tizimini joriy etishdan asosiy maqsad nima?
329. Manfaatlar to‘qnashuvi deganda nimani tushunasiz?
330. Deklaratsiya obyektlariga nimalarni kiritish mumkin?19
331. Davlat xizmatchisining daromad manbaiga nimalar kirishi mumkin?
332. Davlat xizmatchisining mol-mulki to‘g‘risidagi maʼlumotlarga
nimalarni kiritish mumkin?
333. Manfaatlar deganda nimani tushunasiz?
334. Sizning fikringizcha, davlat xizmatchilarining daromadlari, molmulki va katta xarajatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyada ularning yaqin
qarindoshlari haqidagi maʼlumotlarni keltirish o‘rinlimi?
335. Deklaratsiyada atayin noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan maʼlumotlarni
keltirganlik uchun qanday javobgarlik chorasini qo‘llash mumkin deb
hisoblaysiz?
336. Deklaratsiyadagi maʼlumotlarning keng ommaga chop etilishiga qanday
qaraysiz?
337. Mehnat faoliyatingizda qilgan eng katta hato haqida gapirib bering.
338. O‘zingizning 3 ta eng salbiy hislatingizni sanab bering.
339. Hamkasbingiz pora olayotganligi haqida xabardor bo‘ldingiz, qanday
chora ko‘rasiz?
340. Faoliyatingiz yuzasidan Sizga sovg‘a taklif qilishsa, qanday yo‘l
tutasiz?