O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


Yovvoyi holda o„suvchi o„simliklarni chorvachilik ehtiyojlari



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

 
Yovvoyi holda o„suvchi o„simliklarni chorvachilik ehtiyojlari 
uchun tayyorlash va chorva mollarni o„tlatish. 
O‗simlik dunyosi 
obyektlaridan foydalanuvchilar tomonidan yovvoyi holda o‗suvchi 


219 
o‗simliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlash va chorva mollarni 
o‗tlatish tabiiy pichanzor va yaylov joylarda amalga oshiriladi.
O„simlik dunyosi obyektlaridan ovchilik va (yoki) baliq ovlash 
xo„jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish. 
Yuridik va jismoniy shaxslar 
tomonidan o‗simlik dunyosi obyektlaridan ovchilik va (yoki) baliq ovlash 
xo‗jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish ularga biriktirilgan ov qilish va 
(yoki) baliq ovlash joylarida o‗simlik dunyosi obyektlarini ular o‗sadigan 
muhitdan ajratib olmagan, o‗simlik dunyosini muhofaza qilish va undan 
foydalanishga oid talablarga rioya etgan holda amalga oshiriladi. 
Yovvoyi holda o„suvchi o„simliklarning texnik va dorivor 
xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o„suvchi 
o„simliklarni yig„ish va tayyorlash. 
Yovvoyi 
holda o‗suvchi 
o‗simliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari 
uchun yovvoyi holda o‗suvchi o‗simliklarni jismoniy shaxslar tomonidan 
shaxsiy iste‘mol uchun yig‗ish va tayyorlashga umumiy foydalanish 
tartibida yo‗l qo‗yiladi. Yovvoyi holda o‗suvchi o‗simliklarning texnik va 
dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda 
o‗suvchi o‗simliklarni o‗simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar 
tomonidan yig‗ish va tayyorlashga o‗simlik dunyosi obyektlaridan maxsus 
foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar asosida yo‗l qo‗yiladi. 
 
Nazorat uchun savollar: 
 
1.
Qishloq xo‗jaligiga mo‗ljallangan yerlardan foydalanuvchi 
subyektlar sifatida kimlar tan olinadi? Ularning qanday huquq va 
majburiyatlari mavjud?
2.
Qishloq xo‗jaligida suvdan foydalanish tartibi qanday? Suvdan 
foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari?
3.
Qishloq 
xo‗jaligida 
o‗simlik 
dunyosi 
obyektlaridan 
foydalanuvchilar huquq va majburiyatlari o‗rtasidagi farqlar nimalardan 
iborat? 
1. ―Oq oltin‖ fermer xo‗jaligi rahbari o‗zi foydalanishda bo‗lgan yer 
maydonida faoliyat olib borishi davomida yer osti sizot suvining yuqoriga 
ko‗tarilishi natijasida yer maydonining sho‗rlanish darajasi oshganligidan 
dehqonchilik faoliyatiga jiddiy ta‘sir qila boshladi. Buning asosiy sababi 
uning yer maydonidagi kollektor drenaj tizimlarining ishlamasligi edi. 
Yergeodezkadastr davlat xizmati xodimlari tomonidan holat o‗rganilib 
fermer xo‗jaligi rahbariga nisbatan moddiy javobgarlik chorasi qo‗llash 
kerakligi haqida dalolatnoma tuzdilar. Fermer xo‗jaligi rahbari bundan 


220 
norozi bo‗ldi. Yer melioratsiya ishlarini olib borish davlatning zimmasida 
ekanligi, hech bir qonunda fermer xo‗jaligi rahbari bu kabi ishlarni 
bajarishda majbur ekanligi belgilanmaganligi ta‘kidladi va ularning hatti 
harakatidan norozi bo‗lgan holda tuman Yergeodezkadastr xizmatiga 
shikoyat bilan murojaat qildi. 
Ushbu muammoli vaziyatni O„zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlariga muvofiq hal qiling.
2. 
Qashqadaryo 
viloyatining 
Yakkabog‗ 
tumanida 
fuqaro 
To‗ramirzaev Sh.ga bog‗ tashkil qilish maqsadida yer ajratib berildi va u 
bog‗dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‗jaligi sifatida tashkil qilindi. U 
fermer xo‗jaligining iqtisodiy jihatdan yaxshilab olish maqsadida ushbu 
ajratib berilgan yerga dastlabki ikki yil davomida poliz mahsulotlarini 
ekib, faoliyat olib bordi. Lekin, ushbu holatdan xabar topgan tuman 
hokimi 
yer 
ijara 
shartnomasini 
bekor 
qilish 
niyatida 
ekanligini,To‗ramirzaev Sh.qonunga zid harakat qilganligini ta‘kidladi. 
Fermer xo‗jaligi rahbari To‗ramirzaev Sh. bunga o‗z e‘tirozini bildirib, yer 
ijara shartnomasini bekor qilishga norozi ekanligini bildirdi. 
Ushbu muammoli vaziyatni O„zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlariga muvofiq hal qiling.

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish