O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

2-§. Qishloq xo„jaligida
s
uvdan foydalanuvchilarning huquq va 
majburiyatlari 
 
Tabiat boyliklari orasida suv alohida ahamiyatga ega bo‗lib, u tirik 
mavjudotning yashash hayot manbaidir. Zero, insoniyat hayoti davom 
etishi uchun suvni va suv manbalarini, avvalo chuchuk suvdan tejamkorlik 
asosida foydalanishlari hamda ularni muhofaza qilishlari lozim.


215 
Shu o‗rinda, O‗zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev alohida ta‘kidlaganidek, ―qishloq xo‗jaligini yanada isloh 
qilish bo‗yicha ustuvor vazifa-avvalo, yer va suv resurslaridan oqilona 
foydalanishdir‖
68
,-degan 
fikrlari 
hamda 
O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 
―2017-2021-yillarda ichimlik suvi ta‘minoti va 
kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya 
qilish dasturi to‗g‗risida‖gi qarori
69
o‗ta muhim ahamiyatga ega bo‗lib 
bugungi kunda mamlakatimizda suv resurslaridan oqilona foydalanish va 
uni ekologik muhofaza qilish masalasi echimini asosi bo‗lib qolmoqda.
Umuman olganda suvni ekologik muhofaza qilish va undan oqilona 
foydalanish ishini yanada yaxshilash demak, bu hayotni yaxshilash va 
asrash hamda uzoq-umr ko‗rishdir desak xato qilmaymiz.
Suvdan foydalanuvchi va suv iste`molchilarining huquq va 
majburiyatlari ―Suv va suvdan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonunning 32, 
32¹, 35 va 35¹-moddalarida ko‗rsatilgan. Bularga ko‗ra, suvdan 
foydalanuvchilar suv obektlari qanday maqsadlar uchun foydalanishga 
berilgan bo‗lsa, faqat shu maqsadlarda foydalanish; suvdan foydalanishni 
amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda inshootlar, 
qurilmalar hamda boshqa obektlarni qurish va rekonstruksiya qilish; 
berilayotgan suvning miqdori va sifatini tekshirish; qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, suvdan foydalanish to‗g‗risidagi 
shartnoma bo‗yicha olinmay qolgan suv uchun kompensatsiya talab qilish; 
suv resurslarini boshqarishga oid qarorlar qabul qilinishida ishtirok etish; 
manbaning taxmin qilingan va haqiqiy suvliligidan kelib chiqqan holda 
suv olish limitlarini o‗zgartirish bo‗yicha takliflar kiritish; o‗z huquqlari va 
qonuniy manfaatlarining buzilishi, shu jumladan, belgilangan suv olish 
limitlari va suv berish rejimiga muvofiq suv olish huquqining buzilishi 
tufayli yetkazilgan zararning o‗rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
qoplanishini talab qilish kabi huquqlarga egadirlar. 
Shunga ko‗ra, ―Suv va suvdan foydalanish to‗g‗risida‖gi Qonunning 
32
1
-moddasiga binoan, suv iste`molchilari berilayotgan suvning miqdori 
va sifatini tekshirish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarni istisno 
etganda, suv iste`moli to‗g‗risidagi shartnoma bo‗yicha olinmay qolgan 
suv uchun kompensatsiya talab qilish; suv resurslarini boshqarishga oid 
qarorlar qabul qilinishida ishtirok etish; o‗z ehtiyojlaridan kelib chiqqan 
68
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston 
liberal demokratik partiyasining VIII sezdidagi ma‘ruzasi. Demokratik islohatlarni izchil davom ettirish, xalqimiz 
uchun tinch va osoyishta, munosib hayot darajasini yaratish - barqaror taraqqiyot kafolatidir.// Xalq so‘zi, 2016-yil 2-
noyabr, №216 (6651)
69
Xalq so‘zi gazetasi, 2017-yil 22-apreldagi 80 (6774) – sonli 


216 
holda suv olish limitlarini o‗zgartirish bo‗yicha takliflar kiritish; suvga 
doir munosabatlar sohasidagi o‗z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, 
shuningdek, umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun 
uyushmalarga (ittifoqlarga) va boshqa birlashmalarga birlashish; va o‗z 
huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishi, shu jumladan, belgilangan 
suv olish limitlari va suv berish rejimiga muvofiq suv olish huquqining 
buzilishi tufayli yetkazilgan zararning o‗rni qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga egadirlar. 
Suvdan foydalanuvchilar va suv iste`molchilari, suv obektlaridan 
oqilona foydalanishi, suvni tejab sarflash, suvlarning sifatini tiklash va 
yaxshilash to‗g‗risida g‗amxo‗rlik qilishi; belgilangan suv olish limitlariga 
va suvdan foydalanish qoidalariga rioya etishi; suvdan maxsus 
foydalanishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsatnomani 
rasmiylashtirishi; ifloslantiruvchi moddalar mavjud bo‗lgan oqindi 
suvlarni suv obektlariga oqizishni tamomila tugatish chora-tadbirlarini 
ko‗rishi; boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste`molchilarining 
huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilishiga, shuningdek, suv 
obektlariga, xo‗jalik obektlari va tabiiy resurslarga (yerlar, o‗rmonlar, 
hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar va boshqalarga) zarar yetkazilishiga 
yo‗l qo‗ymasligi; suv obektlarini, suvni muhofaza qilish inshootlarini va 
boshqa inshootlarni, texnik qurilmalarni texnik jihatdan soz holatda 
saqlashi, 
ularni 
ishlatish 
sifatini 
yaxshilashi 
hamda 
ulardan 
foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi; suvni olish va 
berishda suv miqdori hisobini yuritishi, shuningdek, qonun hujjatlarida 
belgilangan 
tartibda 
hisobotni 
taqdim 
etishi; 
suv 
resurslaridan 
foydalanganlik, shuningdek, suvni yetkazib berish bo‗yicha xizmatlar va 
ko‗rsatilgan boshqa suv xo‗jaligi xizmatlari uchun to‗lovlarni o‗z vaqtida 
shartnomaviy asosda to‗lashi; suvni tejash chora-tadbirlarini ko‗rishi; suv 
resurslaridan oqilona foydalanishda suv iste`molchilariga ko‗maklashishi; 
suvlarning bulg‗anishi, ifloslanishi va kamayib ketishining oldini olish 
hamda ularni bartaraf etish, suv obektlariga suvlarning zararli ta`sirini 
bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‗rishi, shuningdek, yer usti va yer osti 
suvlari to‗planadigan maydonlarning ifloslanishiga yo‗l qo‗ymasligi; suv 
obektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‗yi mintaqalari va 
sanitariya muhofazasi zonalarini saqlashning belgilangan rejimiga rioya 
qilishi; suvlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat 
nazoratini amalga oshiruvchi organlarning vakillarini o‗z suv xo‗jaligi 
obektlariga belgilangan tartibda kiritishi hamda ularga zarur axborotni 
taqdim etishi; suvlarning va suv obektlarining holatiga ta`sir etadigan 


217 
avariyalar va boshqa tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda 
vaziyatlar yuzaga kelganligi to‗g‗risida mahalliy davlat hokimiyati 
organlarini o‗z vaqtida xabardor qilishi va ularning oqibatlarini bartaraf 
etish bo‗yicha ishlarni amalga oshirishda, shuningdek, suv obektlarida 
ta`mirlash-tiklash ishlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok 
etishi; baliqlarni, boshqa suv florasi va faunasini muhofaza qilish 
tadbirlarini amalga oshirishi shart. 
Demak, suv-huquqiy munosabatlar subektlarining huquq va 
majburiyatlari orqali suvdan oqilona foydalanish chora-tadbirlari amalga 
oshiriladi. 
Suvdan 
foydalanuvchi 
subektlarning 
o‗z huquq va 
majburiyatlari mazmunini yaxshi anglab etishlari hamda unga rioya 
qilishlari suv resruslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza etish, 
suv qonunchiligi talablarini bajarishga xizmat qiladi.

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish