O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

ko„kalamzorlashtirish
allaqachon keng 
tatbiq etilayotgan usullardan sanaladi. Ya‘ni is gazini yutadigan daraxtlar 
va gullarni ekish vositasida ekologik barqarorlikni ta‘minlashga 
kirishilgan. 
Darhaqiqat, tabiiy va insoniyat tomonidan yaratilgan bog‗-rog‗lar 
zaxarli gazlarni yutib, atmosferaga kislorod ishlab chiqarishda muhim 
manba 
sanaladi. 
Mutaxassislarning 
fikricha, 
o‗rmonlar ekologik 
muvozanatni bir me‘yorda saqlab, atrofni toza havo bilan uzluksiz 
ta‘minlaydi. Hisob-kitoblarga ko‗ra, yil davomida bir gektar o‗rmondagi 
o‗simliklar havodagi 20-25 tonna turli zaharli gazni o‗ziga yutib, 15-18 
tonna kislorod chiqaradi. 
Hisob-kitoblarga 
ko‗ra bir gektar qoraqarag‗ay daraxtzori
36 tonnagacha chang va boshqa moddalarni o‗zida saqlab qoladi. Bir 
gektar yosh qarag‗ay daraxtzori bir soatda o‗zidan 0,154 kg dan
0,392 kilogrammgacha uchuvchi fitonsid ajratadi yoki bir gektar 
o‗rmonzor 30 kilogrammgacha fitonsid ishlab chiqaradi. Shuning uchun 
ham o‗rmon havosi toza bo‗ladi. Bu esa qishloq xo‗jalik tizimida ekologik 
talablarni va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanishiga yordam 
beradi. 
Qishloq xo‗jaligida o‗rmonlardan samarali foydalanishda o‗rmon 
boyligining yana bir xususiyati shundaki, u tabiatda suv rejimini tartibga 
solib turuvchi, tuproqni suv, shamol yeroziyasidan saqlovchi muhim omil 
bo‗lib hisoblanadi. Shuning uchun ham o‗rmonlarning har tomonlama 
ahamiyati va ularni o‗stirish uzoq muddatli bo‗lganligi uchun o‗rmon 
boyliklaridan oqilona foydalanish, ularni ehtiyot qilib asrash, ko‗paytirish 
ishiga umumdavlat vazifasi sifatida qaralmoqda. 
O‗zbekiston Respublikasining ―O‗rmon to‗g‗risida‖gi
65
qonuni 
o‗rmon bilan bog‗liq munosabatlarni o‗z ichiga olgan huquqiy manba 
bo‗ldi. 
Bu masalaga alohida e‘tibor qaratilib, O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasi O‗rmon xo‗jaligi davlat 
qo‗mitasini tashkil etish to‗g‗risida‖gi Farmoni va ―O‗zbekiston 
Respublikasi O‗rmon xo‗jaligi davlat qo‗mitasi faoliyatini tashkil etish 
65
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1999 y. №5. 122-modda. 


205 
to‗g‗risida‖
66
gi qarori e‘lon qilindi. Bu esa iqlim o‗zgarishlari sharoitida 
o‗rmonlarni muhofaza qilishda katta e‘tibor va asosiy huquqiy manbadir. 
Masalan, Respublikada bir qator tashkilotlarni o‗rmon fondidan 
foydalanish holatini quyidagicha ko‗rish mumkin. Jumladan, Qishloq va 
suv xo‗jaligi vazirligi 8900 ming.ga, Toshkent viloyati hokimiyati 441,3 
ming.ga, shirkat, fermer va dehqon xo‗jaliklari 180,3 ming.ga, Ekologiya 
va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi 86,9 ming.ga, 
O‗zbekiston Respublikasi geologiya va miniral resurslar davlat qo‗mitasi 
3,9 ming.ga, O‗zavtodor davlat konsyerni 3,3 ming.ga, O‗zbekiston temir 
yo‗llari 2,7 ming.ga, Irrigatsiya o‗rmon xo‗jaliklari 1,8 ming.ga, boshqa 
xo‗jaliklar 0,7 ming.ga va Fanlar Akademiyasi 0,6 ming.ga.
67
Umuman olganda, qishloq xo‗jaligida o‗rmon boyliklaridan samarali 
foydalanish va muhofaza qilish borasida,jumladan AQSH, Yaponiya, 
Germaniya , Shveysariya, Xitoy, Koreya, Rossiya, Finlandiya va Kanada 
kabi xorijiy mamlakatlarning tajribalaridan keng foydalanish, milliy 
qonunchiligimizni takomillashtirish iqlim o‗zgarishlarining oqibatlarini 
yumshatishda katta yordam beradi. 
Xullas, har bir fuqaro, korxona, muassasa, tashkilot, ijarachi, dehqon, 
fermer xo‗jaliklari yurtimizning bebaho boyligi bo‗lgan o‗rmonlarni 
muhofaza qilishga, ularni tiklashga ekologik holatini to‗la saqlanishiga o‗z 
hissasini qo‗shmog‗i lozim. Shuningdek, qishloq xo‗jaligida tabiatdan 
samarali foydalanishni huquqiy ta‘minlashda, yer osti, o‗simlik va 
hayvonot dunyosi, atmosfera havosi boshqa tabiiy resurslardan ham 
samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish