833,7 ming
gektarni yoki umumiy yer maydonining
1,86 foizini
tashkil qiladi.
63
Shuningdek, meliorativ holati yomon bo‗lgan yerlarda xo‗jalik
yuritib mahsulot yetishtirish bilan shug‗ullanuvchi qishloq xo‗jaligi
korxonalarida ekin maydonlari tuprog‗i sho‗rini yuvish tadbirlarini tashkil
etish uchun ham suvdan foydalanish zaruriyati paydo bo‗ladi. Bunday
maydonlar, ayniqsa, mamlakatimizning Qoraqalpog‗iston Respublikasi,
Xorazm va Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo, Jizzax viloyatlaridagi qishloq
xo‗jaligi ekinlari ekiladigan yerlarning juda ko‗p qismini tashkil etadi.
Qishloq xo‗jaligida suvdan foydalanish munosabatlarini takomillashtirib
borish zaruriyati, eng avvalo, respublikada suv resurslari taqchilligi va
suvdan foydalanuvchi subyektlar soni juda ko‗pligi bilan izohlanadi va
61
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.// Xalq so‗zi, 2018 yil,
29 dekabr.
62
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi.-1993.-№ 5.-221-modda.
63
O‗zbekiston Respublikasi Yer resurslarining holati to‗g‗risida Milliy hisobot.-T.: O‗zbekiston, 2018 .-B.22
197
bunday sharoitda suvdan jamoa bo‗lib foydalanish mavjud muammolarni
hal etishning birdan-bir samarali yo‗li hisoblanadi. Ayni paytda qishloq
xo‗jaligida suvdan jamoa bo‗lib foydalanish bir qator masalalarni ham hal
etishni taqozo etadi.
Qishloq xo‗jaligida suvdan jamoa bo‗lib foydalanishning tashkiliy
jihatlari, o‗z navbatida, quyidagi masalalarni o‗z ichiga qamrab olishi
maqsadga muvofiq:
-mamlakat doirasida amal qilinadigan qonunlar asosida suvdan
jamoa bo‗lib foydalanishni tartibga solib boradigan va shu yo‗nalishda
tashkil etilishi mumkin bo‗lgan xo‗jalik yuritish subyektlari shakllarini
tanlash.
Bu yerda tegishli soha mutaxassislarining amaliy yordam va
maslahatlaridan foydalanish lozim bo‗ladi. Masalan, sohani yaxshi
biladigan huquqshunoslar, iqtisodchilar, suvchilar maslahatisiz ishning
tashkiliy jihatini bajarib bo‗lmaydi;
-suvdan jamoa bo‗lib foydalanish subyektlarining qonunlar ruxsat
beradigan shakllaridan har bir hudud shart-sharoitlari uchun mos keladigan
tashkiliy shaklini tanlash. Bu yerda hududning sharoitlari qatoriga asosiy
ekin maydonlari relefi, irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlari xususiyatlari,
suv ta‘minoti darajasi, ekinlarni sug‗orishda nasoslardan foydalanish
ko‗lami, suv iste‘molchilarining ixtisoslashuv yo‗nalishlari va shu kabi
boshqa sharoitlarni kiritish mumkin;
-qishloq xo‗jaligida suvdan jamoa bo‗lib foydalanish munosabatlarini
tartibga solib boruvchi (xususiy mulk asosida faoliyat yurituvchi
xo‗jaliklar uchun nodavlat shaklda) subyektni tashkil etish;
-aniq hududda va aniq suv istemolchilari uchun qishloq xo‗jaligida
suvdan jamoa bo‗lib foydalanish munosabatlarini tartibga solib boruvchi
subyektni mutaxassislar va eng zarur moddiy-texnik vositalar (ofis
jihozlari, transport va aloqa vositalari) bilan ta‘minlash;
-suvdan jamoa bo‗lib foydalanish munosabatlarini tartibga soluvchi
subyektning o‗lchami, ya‘ni qancha xo‗jalikka suv yetkazib berish bilan
shug‗ullanishi masalasi tashkiliy masalalar ichida alohida ahamiyat kasb
etishi lozim.Chunki bu tashkil etilgan subyektning samarali faoliyati uchun
juda muhim.
-suv iste‘molchilari va qishloq xo‗jaligida suvdan jamoa bo‗lib
foydalanish masalalarini tartibga soluvchi subyekt o‗rtasidagi vazifalar,
majburiyat va vakolatlarning o‗zaro kelishib olingani holda hujjat sifatida
rasmiylashtirilishi;
198
-qishloq xo‗jaligi korxonalariga suv yetkazib berish borasida
ko‗rsatilgan xizmatlar uchun to‗lov belgilashning tartiblari va usullarini
o‗zida aks ettiruvchi iqtisodiy mexanizmni joriy etish;
-qishloq xo‗jaligi korxonalari o‗rtasida mavjud limitlar doirasidagi
suvni taqsimlash, suvni o‗lchash, yetkazib berish grafiklari, tartiblari
to‗g‗risidagi masalani aniqlash;
-suv iste‘molchilari hududlarida joylashgan ichki irrigatsiya va
melioratsiya obyektlaridan foydalanish, ularni ta‘mirlash, yangilarini
qurish tadbirlarini, amalga oshirish tartiblari, moliyalashtirish manbalarini
aniqlash;
-aniq hududdagi mavjud ekinlar tarkibi, ekin maydonlari miqdori
asosida suv resurslariga talab, talab asosida suv yetkazib berish
manbalarini rejalashtirish, prognozlashtirish. Yoki aksincha, mavjud suv
resurslari limiti asosida ekin maydonlari tarkibi, mahsulot yetishtirish
miqdorini rejalashtirish (suv cheklangan taqdirda davlat buyurtmasiga
kirgan mahsulotlarni yetishtirishga ustuvorlik beriladi);
-suv iste‘molchilari va suvdan jamoa bo‗lib foydalanishni tartibga
soluvchi subyekt o‗rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning huquqiy asosi
tomonlar o‗rtasida tuzilgan xizmat ko‗rsatish va xizmatlardan foydalanish
borasidagi shartnoma hisoblanadi.
Bugungi kunda respublikamizda qishloq xo‗jaligida suvdan jamoa
bo‗lib foydalanishni tartibga soladigan subyekt SIUlar hisoblanadi. SIUlar
notijorat, nodavlat tashkiloti sifatida ta‘sis etilganligi bois u o‗z faoliyatini
mustaqil tashkil etish, o‗z a‘zolari bilan kelishilgan holda o‗zaro
munosabatlarini mustaqil o‗rnatish imkoniyatiga ega. Uning faoliyatiga
davlat tashkilotlarining to‗g‗ridan-to‗g‗ri aralashuviga yo‗l qo‗yilmaydi.
Shuning uchun ham SIUlar barcha tashkilotlar bilan o‗z munosabatlarini
shartnoma asosida tashkil etadi.
Hudud doirasida Suv iste‘molchilari uyushmasiga a‘zo bo‗luvchi
fermer va dehqon xo‗jaliklarini aniqlash va ular bilan SIUlar faoliyati
yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishi lozim. Chunki bugungi kunda
aksariyat SIUlar o‗z vazifalari va vakolatlarini yaxshi tushunib
etishmayotgan bir paytda ko‗plab suv iste‘molchilari esa SIUlar oldidagi
majburiyatlarini anglab etishmaganligi, xizmatlar uchun to‗lovlarning
surunkali kechikish holatlari mavjud. Bu esa, o‗z navbatida, SIUlar
faoliyatining samarasini pasaytirmoqda. Shuning uchun ham SIUlar ta‘sis
majlisida har bir a‘zo uyushma Ustavini muhokama qilishda qatnashishi,
o‗z fikrlarini bildirishi, Ustavning mukammal va amaliy jihatdan a‘zolar
manfaatlariga to‗g‗ri kelishini ta‘min etadi.
199
Bugungi kundagi vaziyat shuni ko‗rsatmoqdaki, SIUlar asosan
fermer xo‗jaliklari bilan suv yetkazib berish bo‗yicha shartnomalar
tuzishgani holda, hudud uchun ajratilgan suvdan dehqon xo‗jaliklari ham
foydalanishadi.
Yoki
sug‗orish
tizimining
oxirida
joylashgan
iste‘molchilarga suv yetib borishi yomonlashishi oqibatida ariqning yuqori
qismidagi va pastki qismidagi iste‘molchilar o‗rtasida turlicha taqsimot
yuzaga keladi va suv taqsimotida ―adolat tarozisi‖ buziladigan holatlar
mavjud bo‗ladi. Shuning uchun ham uyushma oldiga qo‗yilgan ushbu
vazifaning ahamiyati juda katta.
Bu borada uyushma a‘zolari tomonidan ma‘lum muddatga
saylanadigan uyushma kengashi raisi yaxshi ishlashi kerak bo‗ladi.
Jumladan, suv iste‘molchilariga suv yetkazib berish yuzasidan
shartnomalar tuzish; irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini ishchi holatda
saqlash va ularga texnik xizmat ko‗rsatish; suv yetkazish va uni
iste‘molchilar orasida taqsimlash yillik rejasini amalga oshirish; sug‗orish,
zovur tarmoqlarini boshqarish va ishchi holatda saqlash kabi vazifalar
bevosita rahbarning faoliyatiga bog‗liq. Hozirgi kunda Suv iste‘molchilar
uyushmasini rivojlantirish uchun mavjud shart-sharoitlardan qaysi biri
muhimroq deb mutloq ishonch bilan aytish bir muncha qiyin. Ba‘zi omillar
faqatgina alohida hududlar uchungina katta ahamiyatga ega bo‗lishi
mumkin. Umuman, taxmin qilish mumkinki, hududda qanchalik ko‗p
rivojlantiruvchi
omillar
mavjud
bo‗lsa, mazkur hududda suv
iste‘molchilari faoliyati barqaror va uyushmaning rivojlanish ehtimoli esa
ko‗proq bo‗ladi. Suv iste‘molchilarining samarali faoliyati barqaror
uyushmaning yuzaga kelishi, rivojlanishiga imkon yaratadi va, aksincha,
uyushmaning samarali faoliyati, o‗z navbatida, qishloq xo‗jaligi
korxonalarida ishlab chiqarishning foydalilik darajasi ortishiga olib keladi.
Amaliyot va kuzatuvlar ko‗rsatishicha, SIUlar va suv iste‘molchilari
bo‗lgan qishloq xo‗jalik korxonalari o‗rtasidagi tashkiliy-iqtisodiy
munosabatlarning umumiy xususiyatlari quyidagicha:
-suvdan samarali foydalanish bilan bog‗liq qarorlar qabul qilish
jarayoniga birgalikda yondashish;
-ma‘lum
hududdagi
irrigatsiya-melioratsiya
tarmoqlaridan
foydalanish va egalik qilish huquqlari ustidan to‗liq nazorat qilish;
-suvdan foydalanish va irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlariga texnik
xizmat ko‗rsatish, moliyalashtirishda va nizolarni bartaraf etishda
hamjihatlik va ko‗pchilikning xohishiga bo‗ysunish;
200
-suvdan
foydalanish
jarayonini
birgalikda
moliyalashtirish,
irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‗rsatish, obyektlarni
tiklash va zamonaviylashtirish borasidagi ma‘suliyatning oshib borishi;
-o‗zaro kelishilgan holda irrigatsiya xizmatlari miqdori, xizmatlar
uchun haq to‗lash tizimi, uning bajarilishi ustidan uyushma doirasida
jamoatchilik nazoratini o‗rnatish;
-uyushma xizmatlaridan foydalanib o‗z vaqtida pul to‗lamaydigan
suv iste‘molchilariga ta‘sir ko‗rsatishning turli usullarini (ma‘muriy,
psixologik, iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy) hamkorlikda joriy etish va
nazoratini olib borish kabilar.
Tahlillarning ko‗rsatishicha, suvdan, irrigatsiya tarmoqlaridan
samarali foydalanishdagi asosiy to‗siqlardan biri taqsimlovchi kanallar
bo‗yicha suvning yaxshi taqsimlanmasligidir. Bu boradagi uyushma olib
boradigan tadbirlarning samarasi fermerlarning o‗z oldidagi ma‘suliyatni
his qilishiga bog‗liq.
Jahon aholisining ko‗payib borishi bilan uning oziq-ovqat
mahsulotlariga bo‗lgan talabining o‗sib borishi, o‗z navbatida qishloq
xo‗jaligi
tarmoqlarini
rivojlantirish,
hududiy
tarkibini
takomillashtirishning dolzarbligini belgilab beradi. ―2050 yilga borib jahon
aholisining 9 milliarddan ortishi, urbanizatsiya darajasining tez sur‘atlarda
o‗sishi va aholining 70 foizi shaharlarda to‗planishi (hozirda 49 foiz)
kutilayotgan bir paytda, dunyo aholisini boqish uchun global darajada
qishloq xo‗jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ikki
barobarga oshirish kerak bo‗ladi‖.
Shu sababdan ham qishloq xo‗jaligi sohasida istiqbolda ―eng avvalo,
suv va tabiiy resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy
etish..‖, ―paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish,
bo‗shagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog‗ olinadigan
ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog‗ va uzumzorlarni
joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish‖ kabi
masalalar strategik vazifa qilib belgilab olindi.
Shuningdek, qishloq xo‗jaligida ilmiy asoslangan ekinlarni
almashlab ekish tizimining izdan chiqishi, shuningdek, intensivlashtirish
omillaridan to‗liq va oqilona foydalanmaslik, qishloq xo‗jaligi yerlarining
mavjud meliorativ holati tarmoqning iqtisodiy va ekologik jihatdan
barqaror rivojlanishi uchun xavf-xatarlar ko‗lamining ortishiga olib
kelmoqda. Suv resurslaridan oqilona, davriy va samarali foydalanishni olib
borish maqsadida qishloq xo‗jaligida suvdan foydalanish rejalashtiriladi.
Mazkur rejalashtirish O‗zbekiston Respublikasi ―Suv va suvdan
201
foydalanish
to‗g‗risida‖gi
qonunning
48-moddasi,
―Suvdan
foydalanishning ichki xo‗jalik rejalarini tuzish olib borishga doir
yo‗riqnoma‖, ―Suvdan foydalanishni umumiy tizimini rejalashtirishni
tuzish va uni olib borishga doir yo‗riqnoma‖ga binoan amalga oshiriladi.
Qishloq xo‗jaligida suvdan foydalanish rejalari qonunga muvofiq
sug‗orish,
suv
chiqarish,
sug‗orish-suv
chiqarish
(birgalikda)
tarmoqlaridagi, magistral kanallardagi, suv omborlaridagi va boshqa
gidrotexnik hamda suv xo‗jaligi obyektlaridagi suvlardan foydalanish
ishlari suvdan foydalanishning ichki xo‗jalik va umumiy tizimli rejalarga
binoan yillik amaldagi suv bilan ta‘minganlikni hisobga olgan holda olib
boriladi.
Suvdan foydalanishning ichki xo‗jalik rejasi qishloq xo‗jalik
subyektlarining suv resurslaridan ekinlarni sug‗orishda foydalanishni
rejalashtirishni tuzish tartibini belgilaydi. U esa, o‗z navbatida, qishloq
xo‗jalik shirkati, fermer va dehqon xo‗jaliklari, bog‗dorchilik va
uzumchilik uyushmalari kabi subyektlarning yetishtirilishi kutilayotgan
qishloq xo‗jaligi ekinlarining suvga bo‗lgan talabini inobatga olish,
sug‗oriladigan yerlarni tayyorlash, boshqa noqishloq xo‗jalik maqsadlarda
suvdan foydalanish me‘yorlarini o‗rnatish uchun xizmat qiladi.
Xo‗jaliklararo meliorativ qurilmalar (kollektor, drenajlar)da suvdan
foydalanish va ulardagi suv rejimini tartibga solish ham ichki xo‗jalik va
umumiy tizimli rejalar asosida amalga oshiriladi. Sug‗oriladigan yerlardan
qishloq xo‗jalik mahsulotlarini yetishtirishda suvdan maxsus ravishda
foydalaniladi. Suvdan maxsus foydalanish uchun sug‗oriladigan yerlarda
turli xil ahamiyatga molik gidrotexnik inshootlar quriladi, meliorativ
shahobchalar yaratiladi va shu kabi turli suv olish, sug‗orish, oqizish va
tashlash moslamalari quriladi.
―Suv va suvdan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonunning 49-moddasiga
binoan yerdan foydalanish mulkchilikning qaysi shaklida bo‗lishidan
qat‘iy nazar, suv fondi yerlaridan, sug‗oriladigan yerlar doirasidagi
xo‗jaliklararo gidrotexnik inshootlardan, yer osti suv chiqargichlardan
yagona suv xo‗jaligi tizimi sifatida foydalaniladi. Mazkur inshootlar davlat
mulki hisoblanadi va ularni xavfsizlik nuqtai nazardan xususiylashtirish,
ya‘ni boshqa mulk shakliga o‗tkazish mumkin emas. Daryolar, magistral
va boshqa suv xo‗jaligi obyektlarining sohil bo‗yi mintaqalari, yer osti
suvini chiqarish sanitariya muhofaza tegralarining I va II poyaslari (doira
shaklidagi aylanma tegralari) tabiatni muhofaza qilish ehtiyojlari uchun
yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan olib qo‗yilishi mumkin.
202
O‗zbekiston Respublikasi ―Tabiatni muhofaza qilish to‗g‗risida‖gi
qonunning 48-moddasida ko‗rsatilganidek, atrof tabiiy muhitga zararli
ta‘sir ko‗rsatayotgan obyektlar, jumladan qishloq xo‗jalik obyektlari ham,
faoliyati cheklanishi, to‗xtatib qo‗yilishi, tugatilishi va o‗zgartirilishi
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, vakolatli tabiatni muhofaza
qilish idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur qonunning
49-moddasiga binoan qonunbuzarlik oqibatlari orqali suv resurslariga
yetkazilgan zararning o‗rni qoplash majburiyati huquqbuzar shaxslarga
yuklatiladi. Sug‗oriladigan yerlarda dehqonchilik uchun suv olish limitlari
gidromodul rayonlashtirish, ichki va umumiy tizimdagi rejalarda
belgilangan yillik me‘yorlar asosida amalga oshiriladi. Ko‗zda tutilmagan
holatlar, ya‘ni suv resurslarini zaxiralash yoki uning halqaro miqyosda
taqsimlash me‘yori o‗zgargan taqdirda ijroiya davlat markaziy va mahalliy
hokimliklar qarorlariga muvofiq o‗zgartiriladi. Suv olish va uning hisob-
kitobini yuritish ro‗yxatdan o‗tkazilgan suv manbalaridan (xo‗jalik
kanallarining bosh inshootlaridan, quduqlardan, nasos stansiyalari va
boshqa suv olish gidrotexnik inshootlardan) suv ajratish joylarida turgan
suv xo‗jaligi (2003 yildan esa havza suv boshqarmalari) organi bilan
tuzilgan shartnomaga muvofiq olib boriladi. O‗zbekistonda sug‗orish
suvining etishmasligi yer osti suvlari bilan bir qatorda oqindi suvlardan
qishloq xo‗jaligida foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi. Lekin, ulardan
foydalanish hamisha sanitar-gigienik, meliorativ va eqologik talablarni
bajarishni talab etadi. Qishloq xo‗jaligida yerlarni oqindi suvlar orqali
sug‗orish ―Suv va suvdan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonunning
51-moddasi, ―Tabiatni muhofaza qilish to‗g‗risida‖gi qonunning 19 va
24-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 3-avgustdagi 385-sonli
qarori bilan tasdiqlangan ―O‗zbekiston Respublikasida suvdan cheklangan
miqdorda foydalanish bo‗yicha vaqtinchalik yo‗riqnoma‖ga binoan amalga
oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining mazkur qaroriga ko‗ra oqova
suvlardan qishloq xo‗jaligida foydalanish faqatgina suv olish inshootlari
o‗rnatilgan va suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnomalar bo‗lgan
xo‗jaliklargagina beriladi. Suv olishning cheklangan miqdorlari suv
xo‗jaligi organlari tomonidan suv manbalarining taxmin etilgan va
syersuvlik darajasini hisobga olgan tarzda qishloq xo‗jaligida suvdan
foydalanuvchilar uchun yiliga 2 marta belgilaniladi. Ushbu suv olish tartibi
shartnomaga binoan va mazkur qarorning 4-bandiga muvofiq belgilangan
shartlarda amalga oshiriladi. Sanoat, kommunal xo‗jalik korxonalari va
boshqa
korxonalar
hamda
tashkilotlar
tuproq
unumdorligi
va
203
yetishtiriladigan qishloq xo‗jalik mahsulotlariga zararli ta‘sir qiluvchi
suvlarni qishloq xo‗jalik yerlarini sug‗orish uchun berishlari taqiqlanadi.
Yuqoridagilardan ko‗rinib turibdiki, iqlim o‗zgarishlari sharotida
qishloq xo‗jalik sohasida suvdan tabiiy resurs sifatida foydalanish va
muhofaza qilish holati bir qator xususiyatlarga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |