O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


-§. Qishloq xo„jaligida kontraktatsiya shartnomasi va uning



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

4-§. Qishloq xo„jaligida kontraktatsiya shartnomasi va uning 
xususiyatlari 
Kontraktatsiya shartnomasi tushunchasi O‗zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksining 465-moddasi belgilangan bo‗lib, unga asosan 
kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq qishloq xo‗jaligi mahsulotini 
yetishtiruvchi, qishloq xo‗jaligi mahsulotini qayta ishlash yoki sotish 
uchun bunday mahsulotni xarid qiladigan shaxsga 
-
tayyorlovchiga 
shartlashilgan muddatda topshirish (topshirib turish) majburiyatini oladi, 
tayyorlovchi esa bu mahsulotni qabul qilish (qabul qilib turish), uning 
haqini shartlashilgan muddatda muayyan bahoda to‗lash (to‗lab turish) 
majburiyatini oladi. 
Yodda tuting.
Agar ushbu Kodeksda boshqacha tartib belgilangan 
bo„lmasa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, kontraktatsiya 
shartnomasiga nisbatan mahsulot yetkazib berish shartnomasi to„g„risidagi 
qoidalar, tegishli hollarda esa davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib 
berishga doir davlat kontrakti to„g„risidagi qoidalar qo„llanadi. 
Etkazib berish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo„jaligi 
mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo„jaligini texnika bilan 
jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg„armasi mablag„lari, tijorat 
banklari kreditlari va qishloq xo„jaligi korxonalarining o„z mablag„lari 
hisobiga amalga oshiriladi. Lizing shartnomasi mavjud bo„lganda va 
haqiqatda avans to„lovi amalga oshirilganda (lizing obyekti 
qiymatining kamida 20%i) Jamg„arma tomonidan moliyalashtirish 
uchun mablag„lar ajratiladi.


232 
O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353-moddasida 
shartnoma so‗ziga quyidagicha ta‘rif berilgan, ya‘ni ikki yoki bir necha 
shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‗zgartirish 
yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi. 
Xo‗jaliklar bilan tayyorlov va xizmat ko‗rsatish tashkilotlari o‗rtasida 
qishloq xo‗jaligi mahsulotlari sotish, moddiy-texnika resurslari yetkazib 
berish va xizmatlar ko‗rsatish (ishlarni bajarish) yuzasidan tuzilgan barcha 
turdagi shartnomalar tuman qishloq va suv xo‗jaligi bo‗limlarida 
ro‗yxatdan o‗tkazilgandan keyin bajarilishi kerak. 
Tuman (shahar)lar hokimliklari o‗z vakolatlari doirasida xo‗jaliklar 
bilan tayyorlov va xizmat ko‗rsatish tashkilotlari o‗rtasida davlat 
ehtiyojlari uchun shartnomalar tuzilishi va bajarilishi bo‗yicha ishlarni 
muvofiqlashtirib boradi. 
Kontraktatsiya shartnomalari, shuningdek moddiy-texnika resurslari 
yetkazib berish va xizmatlar ko‗rsatish (ishlarni bajarish) yuzasidan 
tuzilgan shartnomalar xo‗jaliklarning biznes-rejalarida nazarda tutilgan 
hajmlardan kelib chiqqan holda, agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish 
boshlanishidan bir oy oldin, lekin kalendar yil boshlanishidan kechikmay 
tuzilishi lozim. Kontrakatsiya shartnomalar tuzilish jarayonida tuman 
Fermerlar 
kengashining 
shartnomaviy 
munosabatlari 
bo‗yicha 
mutaxassilari ishtirokida amalga oshirilishi lozim. Shartnoma tomonlardan 
har biri va tuman qishloq va suv xo‗jaligi bo‗limi uchun bir nusxadan 
tuziladi. Shartnomaning barcha nusxalari bir xil yuridik kuchga ega 
bo‗ladi. 
So`nggi yillarda agrar sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasida 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi 
―O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 
yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida‖gi PF–5853-son 
Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmon ijrosini ta‘minlash maqsadida 
qabul qilingan 2020 yil 6 martdagi ―Paxtachilik sohasida bozor 
tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida‖ PQ-4633-son 
qarori hamda ―G'alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor 
tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida‖gi PQ-4634-son 
qarorlari asosida mamlakatimizda bosqichma bosqich paxta va g`allaga 
nisbatan davlat xaridini amalga oshirishdan vos kechish tartibi belgilandi.
―O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-
2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida‖gi 
Farmonga muvofiq qishloq xo'jalik korxonalarida tashqi xo'jalik 


233 
shartnomasini rivojlantirish maqsadida quyidagilarni usutuvor yo'nalish 
sifatida belgilangan:
• oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta'minlash va iste'mol 
ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari 
yetishtirishni nazarda tutuvchi oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosatini 
ishlab chiqish va joriy etish; 
• qishloq xo'jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor 
tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati infratuzilmasini rivojlantirish, 
eksportni rag'batlantirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, 
yuqori qo'shilgan qiymatli qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab 
chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qo'shilgan 
qiymat zanjirini yaratish; 
• qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat tarmog'ini modernizatsiyalash, 
diversifikatsiya qilish va barqaror o'sishini qo'llab-quvvatlash uchun 
xususiy investitsiya kapitali oqimini ko'paytirishni nazarda tutuvchi sohada 
davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish 
mexanizmlarini joriy qilish masalalari belgilandi. Mazkur chora-
tadbirlarning belgilanishi bevosita qishloq xo'jaligida shartnoma 
munosabatlarini rivojlantirishga olib keladi.
Shuningdek, qishloq xo'jalik korxonasi hisoblangan Fermer 
xo'jaliklari va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar 
uchun moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar ko'rsatish 
sohasidagi nostrategik davlat korxonalarini xususiylashtirish yo'li orqali 
moddiy-texnika resurslari bozorida raqobatni kuchaytirish.
Bunda, quyidagilar:
-
davlat kredit mablag'lari hisobiga moddiy-texnika resurslari 
yetkazib berish va xizmatlar ko'rsatish amaliyotidan voz kechish;
-
agrosanoat majmui sub'ektlari o'rtasidagi savdo munosabatlarini 
barqaror rivojlantirishga ko'maklashish uchun standartlashtirilgan bo'nak 
shartnomalarini tajriba sifatida joriy etish nazarda tutilgan bo'lib, ushbu 
shartnomalarning tajriba sifatida joriy qilinishi qishloq xo'jalik 
korxonalarini mustaqil tadbirkorlik sub'ekti sifatidagi rolini oshirib 
borishga xizmat qiladi.
Masalan: 
Paxta 
xom-ashyosi 
va 
boshoqli 
don 
ekinlarini 
yetishtiruvchi barcha ssuda oluvchilarga kreditlash tatbiq etiladi. Kreditlar 
quyidagi maqsadlar uchun beriladi: 
ish haqi, soliqlarni to‗lash; mineral o‗g‗itlar, kimyoviy himoya 
vositalari, 
YOMM 
sotib 
olish; 
urug‗lik 
matyerial, 
mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar haqini to‗lash; lizing (moliyaviy ijara) 


234 
shartlarida yetkazib berilgan qishloq xo‗jalik texnikasi uchun lizing 
to‗lovlarini to‗lash; suv iste‘molchilari assotsiatsiyalarining xizmatlari 
haqini to‗lash; yetkazib berilgan elektr enyergiyasi uchun haq to‗lash; 
paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish bilan bog‗liq 
boshqa xarajat va ehtiyojlar haqini to‗lash: banklarning xizmatlari, xo‗jalik 
ichidagi irrigatsiya va kollektor-drenaj tarmoqlarini saqlash va tozalash 
haqini to‗lash, sug‗urta to‗lovlari bo‗yicha xarajatlar, Qishloq xo‗jaligi 
vazirligining markaziy apparati, hududiy va tuman bo‗linmalari hamda 
O‗zbekiston fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalari kengashini 
saqlashga ajratmalar.
Qishloq xo`jalik korxonalari tomonidan tuziladigan shartnomalarni 
standartlashtirish fermer xo`lakilari va boshqa qishloq xo`jalik subyektlari 
uchun qulay sharoit yaratishni ta‘minlaydi.

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish