O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


-§. Qishloq xo„jaligida lizing shartnomasi va uning ahamiyati



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

3-§. Qishloq xo„jaligida lizing shartnomasi va uning ahamiyati 
 
Lizing-bu tadbirkorlik turi bo‗lib, vaqtinchalik bo‗sh bo‗lgan yoki 
qarz qilib olingan pul mablag‗larini investitsiya qilish orqali, lizing 
shartnomasi asosida lizing beruvchi lizing shartnomasida ko‗rsatilgan 
mulkni, aniqlangan sotuvchidan sotib olish va lizing oluvchiga tadbirkorlik 
uchun aniqlangan to‗lovlar asosida vaqtinchalik foydalanishga yetkazib 
berish majburiyatlarini oladi. 
Biznesda lizing tadbirkorlik ijara deb tushuniladi: uskunalar, 
ko‗chmas mulk, bu degani asosiy vositalar. Lizing-bu moliyaviy 
operatsiya. Lizing o‗z asosida maqsadli kreditdir. O‗zbekistonda lizing 
operatsiyalar asosida hozirgi paytda bir qancha masalalarni echish 
mumkin, ulardan: 
*ishlab chiqarish vositalarni yangilash; 
*asosiy vositalarni sotib olish uchun maqsadli kreditlash; 
*investitsiya qilingan mablag‗lar va tashkilotning samarali ishlashini 
nazorat qilish; 
*lizing sistemasi orqali eng samarali ishlab chiqarishni rivojlantirish; 
*lizing asosida yetkazib berilgan mulk va uskunalar orqali chet el 
investitsiyalarini jalb etish (xalqaro qonunlar asosida ushbu tashqi qarzni 
o‗sishiga olib kelmaydi). 
Lizing munosabatlar turlari ko‗pligi shartnoma tomonlariga, har xil 
sxemalar amalga oshirish orqali, bir qancha qulayliklar yaratadi. Ulardan 
asosiylari quyidagilar: 
Investorni qarz mablag‗larini jalb etish orqali amalga oshiriladigan 
lizing operatsiyasi – bir qancha kompaniyalar ishtirokida lizing 
operatsiyasini moliyashtirish. 
Aksiyadorlik lizing-yirik obyektalarni lizingga berganda ishlatiladi 
(samolyotlar, kemalar, zavod va fabrikalar uchun kompleksda yetkazib 
berilgan asbob-uskunalar). 
Yetkazib beruvchi uchun lizing-bu turda mulk yetkazib beruvchi ham 
sotuvchi, ham asosiy lizing oluvchi sifatida chiqadi, ammo oxirgi 
foydalanuvchi sifatida bo‗lmaydi. Lizing oluvchining sublizing oluvchi 
topish va unga sublizingga berish majburiyati bo‗ladi. 
Imtiyozli lizing xizmatini ko‗rsatish shartlari: 


229 
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2- noyabr 2000-yil
424-sonli “Qishloq xo„jaligini lizing asosida qishloq xo„jaligi texnikasi bilan 
ta‟minlash chora-tadbirlari to„g„risida”gi
74
qaroriga asosan shirkat 
(kooperativ), fermer xo„jaliklari va mashina-traktor parklari respublika 
mashinasozligi korxonalari tomonidan, shu jumladan yetakchi xorijiy 
kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqarilgan traktorlar va o„rim-yig„im 
texnikalarini lizingga olishda quyidagi imtiyozlarga ega bo„lganlar: 
avans sifatida texnikaning faqat 15 foizlik qismigina to„lanadi; 
texnika 7-10 yilgacha bo„lgan muddatga lizingga beriladi; 
lizing marjasi foizi miqdori Markaziy Bank qayta moliyalash 
stavkasining 50 foizi darajasidan yuqori bo„lmaydi; 
lizing oluvchi tomonidan lizing obyekti avvaldan sug„urtalanib, sug„urta 
polisi lizing beruvchiga taqdim etiladi. 
Umumiy asoslarda lizing xizmatini ko‗rsatish shartlariquyidagilardan 
iborat. Bunda, lizing bozoridagi taklif va talabdan kelib chiqqan holda 
shartnoma asosida: 
avans sifatida texnikaning 40 foizgacha bo‗lgan qismi to‗lanadi; 
texnika 1,5 yildan 3 yilgacha bo‗lgan muddatga lizingga beriladi; 
lizing marjasi foizi miqdori yillik 16 foizgacha belgilanishi mumkin; 
lizing obyekti va uning sotuvchisi lizing oluvchi tomonidan 
tanlanadi. 
Bundan tashqari O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2019-yil 
12-iyuldagi 
―Qishloq 
xo‗jaligi 
mahsulotlari 
ishlab 
chiqaruvchilarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash chora 
tadbirlari to‗g‗risida‖gi 578-sonli qaroriga asosan ―Qishloq xo‗jaligi 
texnikasini kredit va lizing shartlarida xarid qilishni davlat tomonidan 
qo‗llab-quvvatlash tartibi to‗g‗risida‖gi nizom tasdiqlanib qishloq 
xo‗jaligida faoliyat yuritayotgan fermer va dehqon xo‗jaliklari uchun 
lizing va kreditlash sohasida bir qator qulayliklar yaratilib, lizing oluvch 
tomonidan xo‗jaligi texnikasi lizing yoki kredit shartlarida xarid 
74
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.11.2000 yil 424-sonli ―Qishloq xo‗jaligini lizing asosida 
qishloq xo‗jaligi texnikasi bilan ta‘minlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori. 


230 
qilinganida ularning foiz xarajatlarini tijorat banklari yoki lizing 
tashkilotlari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punkti 
miqdorida qoplab berish uchu O‗zbekiston Respublikasi davlat byudjeti 
mablag‗lari hisobiga ajratiladigan O‗zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi Qishloq xo‗jaligini davlat tomonidan qo‗llab-
quvvatlash jamg‗armasi pul mablag‗lari hisobidan qoplab beriladigan 
bo‗ldi. 
Qabul qilingan mazkur nizomga asosan qarz oluvchiga lizing hamda 
kredit shartlarida xarid qilingan qishloq xo‗jaligi texnikasining foiz 
to‗lovini qisman qoplab berish uchun subsidiya ushbu Nizom talablari 
asosida lizing tashkiloti, tijorat banki va Jamg‗arma o‗rtasida tuziladigan 
Bosh bitimga muvofiq ajratiladi. 
Subsidiya miqdori qarz oluvchi va lizing tashkiloti yoki tijorat banki 
o‗rtasida tuziladigan shartnoma shartlarida aks ettirilishi shart. 
Subsidiya lizing hamda kredit shartlarida xarid qilingan qishloq 
xo‗jaligi texnikasining kamida 1 yillik kafolat muddati, shuningdek, ushbu 
texnika uchun O‗zbekiston Respublikasi hududida servis xizmati 
ko‗rsatuvchi markazlar bo‗lganda lizing tashkiloti yoki tijorat bankining 
foiz to‗lovlarini qisman qoplab berish uchun ajratiladi. 
Qarz oluvchining lizing yoki kredit foizini qoplash uchun subsidiya 
tijorat banki va lizing tashkiloti tomonidan belgilangan foiz stavkasining 
10 foizlik punkti miqdorida ajratiladi. 
Bunda, lizing yoki kredit shartnomasi O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining 1,5 baravarigacha bo‗lgan 
foiz stavkasi bilan haydov traktorlari uchun 5-7 yil muddatga, chopiq, 
transport, bog‗dorchilik traktorlari, uch va undan ortiq korpusli aylanma 
omochlar hamda ko‗p vazifali pnevmatik va mexanik seyalkalar uchun
3-5 yil muddatga rasmiylashtirilgan bo‗lishi lozim. 
Shuningdek, qishloq xo‗jaligida shartnoma munosabatlarini hozirgi 
kun talablari asosida tashkil etish va uni amalga oshirish bilan bog‗liq 
masalalar, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 16-apreldagi 
PQ-1955-sonli 
―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖ 
aksiyadorlik 
lizing 
kompaniyasining kapitallashtirish darajasini yanada oshirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 
17.11.2016 
yildagi 
№ PF-4857-sonli ―O‗zagrotexsanoatxolding‖ 
aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‗g‗risida‖gi farmoni, O‗zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
17.11.2016 
yildagi 
PQ-2658-sonli 
―O‗zagrotexsanoatxolding‖ aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish 
chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi qarori, O‗zbekiston Respublikasi 


231 
Prezidentining ―2012-2016 yillarda qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini 
yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta 
jihozlash dasturi to‗g‗risida‖gi qarori hamda O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 04.01.2018 yildagi PQ–3459-sonli qarori ―Qishloq 
xo‗jaligining texnik jihozlash darajasini yanada oshirish borasida 
qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi qarorlari o‗z ifodasini topgan. 
Umuman olganda, qishloq xo‗jaligida shartnoma munosabatlarini 
hozirgi kun talablari asosida tashkil etish va uni amalga oshirish mazkur 
sohada ijobiy natijalarga erishishni ta‘minlashga yordam beradi.

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish