O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

Yodda tuting.
 
Paxta xom ashyosining barcha navlari va klasslari 
bo‗yicha xarid qilish narxlari oshirildi. Solishtirish uchun: 1-klassli I nav (1a 
turi/43 kodi) uchun o‗tgan yilgi xarid narxi 3 000 740 so‗m/tn bo‗lgan bo‗lsa, 
2018 yil hosili paxta xom ashyosining xuddi shunday navi endi 5 717 240 
so‗m/tn etib baholandi. Ya‘ni ushbu pozitsiya bo‗yicha o‗sish 90,5%ni tashkil 
etdi. 
Shuningdek, tijorat banklari tuman filiallari tomonidan kredit liniyalari 
har bir yetishtiruvchi bo‗yicha ochilmoqda. Buning uchun quyidagilar zarur:
kontraktatsiya 
shartnomasi 
(qishloq 
xo‗jaligi 
mahsulotlari 
yetishtiruvchilardan yetishtirilayotgan yoxud ular ishlab chiqarayotgan 
mahsulotlar xarid qilinishiga doir munosabatlarni tartibga soladi); 
tegishli tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadigan kredit resurslarining 
kafolatlangan hajmi. Bunda qarorda kredit resurslarining mintaqalardan har 
biri va oylar bo‗yicha umumiy miqdorlari tasdiqlangan.
Ssuda oluvchi xizmat ko‗rsatuvchi tijorat bankiga kredit olish uchun 
ariza bilan murojaat etadi, unga kontraktatsiya shartnomasi va tuman 
hokimi tomonidan tasdiqlangan kredit resurslarining kafolatlangan hajmini 
ilova qiladi. 
Kredit qaytarilishini ta‘minlash turlari: qarzdor olgan kreditni 
qoplamasligi xatarining tijorat banki foydasiga sug‗urtalanishi to‗g‗risida 
sug‗urta polisi yoki ssuda oluvchining bo‗lg‗usi hosilni sug‗urtalashi; 
kafillik va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ta‘minot turlari. 
Masalan: paxta hom-ashyosi hosili doirasida sinab ko‗rishni hisobga 
olgan holda ro‗yxat bo‗yicha hududlarda to‗qimachilik sanoati korxonalari 
hamda fermer xo‗jaliklari o‗rtasida paxta xom ashyosini yetishtirish va 


235 
yetkazib berish yuzasidan to‗g‗ridan-to‗g‗ri kontraktatsiya shartnomasini 
tuzish asosida paxta-to‗qimachilik ishlab chiqarishi tashkil etiladi. 
Paxta-to‗qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga lizing asosida 
qishloq xo‗jaligi texnikasi xarid qilish, mineral o‗g‗itlar, urug‗lik, yoqilg‗i-
moylash materiallari, o‗simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va 
boshqa material resurslar yetkazib berish bo‗yicha fermer xo‗jaliklari 
uchun nazarda tutilgan shartlar hamda tartib tatbiq etiladi; paxta-
to‗qimachilik ishlab chiqarishi doirasida o‗z ehtiyojlari uchun ishlab 
chiqarilgan paxta tolasi ixtiyoriy asosda sertifikatlanadi; ishlab chiqarilgan 
paxta tolasining o‗z ishlab chiqarish quvvatlari ehtiyojlaridan oshadigan 
hajmlari paxta-to‗qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari tomonidan 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri kontraktlar yoki birja savdolari orqali boshqa mahalliy 
iste‘molchilarga sotiladi; paxtadan olingan chigit paxta-to‗qimachilik 
ishlab chiqarishi tashkilotchisi tomonidan mahsulotni qaytarish asosida 
yog‗-moy korxonalariga, yog‗-moy mahsulotini keyinchalik birja savdolari 
orqali realizatsiya qilish sharti bilan, qayta ishlangan chigit chiqindilari 
(shrot, sheluxa) esa to‗g‗ridan-to‗g‗ri shartnomalar bo‗yicha birinchi 
navbatda, 
fermer 
xo‗jaliklariga, shuningdek, boshqa 
mahalliy 
iste‘molchilarga sotiladi; O‗zbekiston paxta sotish sxemasini yana bir bor 
o‗zgartirdi qo‗shimcha mahsulotlar (lint, o‗lik paxta va boshqalar) paxta-
to‗qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchisi tomonidan mahalliy 
iste‘molchilarga birja savdolari orqali sotiladi; paxta xom ashyosi narxi 
fermer xo‗jaliklarining rentabelligi hisobga olinib, shartnoma asosida 
belgilanadi va davlat ehtiyojlari uchun belgilangan narxlardan past 
bo‗lmasligi lozim. 
Oldi-sotdi shartnomasining alohida turi hisoblangan kontraktatsiya 
shartnomasi esa qishloq xo‗jaligi korxonalarida yetishtirilgan yoki ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarni sotib olish bilan bog‗liq munosabatlarni tartibga 
Kontraktatsiya shartnomasiga nisbatan mahsulot etkazib berish 
shartnomasi to„g„risidagi qoidalar, tegishli hollarda esa davlat ehtiyojlari 
uchun tovarlar yetkazib berishga doir davlat kontrakti to„g„risidagi qoidalar 
qo„llanadi (FKning 465-moddasi ikkinchi qismi). 
“Kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq 
xo„jaligi mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida tanlov asosida davlat 
buyurtmasini qabul qiladigan yetkazib beruvchi qishloq xo„jaligi mahsulotini 
yetishtirish hamda davlat buyurtmachisiga yoki unga biriktirilgan sotib 
oluvchiga topshirish majburiyatini oladi, davlat buyurtmachisi (sotib oluvchi) 
yetkazib berilgan mahsulotni qabul qilish va uning haqini shartlashilgan 
muddatda belgilangan bahoda to„lash majburiyatini oladi”. 
 


236 
solishga qaratilgan. Kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq qishloq 
xo‗jaligi mahsulotini yetishtiruvchi qishloq xo‗jaligi mahsulotini qayta 
ishlash yoki sotish uchun bunday mahsulotni xarid qiladigan shaxsga-
tayyorlovchiga shartlashilgan muddatda topshirish (topshirib turish) 
majburiyatini oladi, tayyorlovchi esa bu mahsulotni qabul qilish (qabul 
qilib turish), uning haqini shartlashilgan muddatda belgilangan bahoda 
to‗lash (to‗lab turish) majburiyatini oladi (Fuqarolik kodeksining
465-moddasi birinchi qismi). 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish