O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


-§. Qishloq xo„jaligida ish vaqti va dam olish vaqti



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

2-§. Qishloq xo„jaligida ish vaqti va dam olish vaqti 
 
 
Qishloq xo‗jalik korxonalarida ish vaqti va dam olish vaqti 
O‗zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, shirkat xo‗jaliklarining 
Namunaviy Ustavi hamda qishloq xo‗jalik korxonalari Ichki mehnat tartibi 
qoidalari bilan tartibga solinadi. 
Qishloq xo‗jalik korxonalarida ish vaqti - bu qishloq xo‗jalik xodimi 
jamoat ishlab chiqarishida sarflashi zarur bo‗lgan mehnat miqdoridir. Ish 
vaqtini me‘yorlash qishloq xo‗jalik xodimi o‗z ish joyida bo‗lishga va o‗z 
vazifasini vijdonan bajarishga majbur bo‗lgan vaqt davrlari bilan 
belgilanadi. Ish vaqtining normal muddati O‗zbekiston Respublikasi 
Mehnat Kodeksiga ko‗ra haftasiga 40 soatdan oshishi mumkin emas. Shu 
sababdan, qishloq xo‗jalik korxonalarida normal ish vaqtining davomiyligi 
olti kunlik ish haftasida kuniga yetti soat, dam olish va bayram kunlari 
oldidan esa olti soat qilib belgilanadi. 
Qishloq xo‗jaligida ish vaqtini me‘yorlash o‗ziga xos xususiyatga 
ega. Ishlab chiqarish zaruriyati tug‗ilib qolganda qishloq xo‗jalik 
korxonalarida belgilangan ish kuni tartibi buzilib, ish kunining boshlanishi 
va tugashini o‗zgartirishi, uzaytirilishi mumkin. Ammo qishloq xo‗jalik 
korxonalarida kunlik ish vaqtini uzaytirish o‗n soatdan oshib ketmasligi 
kerak. Uzaytirilgan ish vaqti homilador ayollar, emizikli ayollar, yosh 
bolasi bor ayollarga nisbatan tatbiq qilinishi mumkin emas. 
Dala ishlari ko‗p bo‗lgan davrlarda normal ish vaqtidan ortiqcha 
ishlagan shaxslarga, boshqa dala ishlari davrida yoki qish davrida ish kuni 
tegishlicha qisqartirilib, yillik ish vaqti o‗rtacha normal ish vaqtidan oshib 
ketmasligiga yerishiladi. Agar yil davomida normal ish vaqtiga erishib 
bo‗lmasa, qishloq xo‗jalik xodimiga qo‗shimcha haq to‗lanishi mumkin
Chorvachilik va boshqa ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz bo‗lgan 
ishlarda, shuningdek dolzarb qishloq xo‗jalik ishlarida qatnashayotgan 
mexanizatorlar uchun ikki yoki uch smenali ish vaqti tashkil etilishi 
mumkin. Bunday hollarda ishlab chiqarish xarakteriga qarab mehnatni 
tashkil etish grafigi tuziladi.
Qishloq xo‗jalik xodimlarining ayrim toifalariga, masalan yosh 
bolasi bor ayollar, voyaga etmagan o‗smirlar, zararli mehnat sharoitlarida 


252 
ishlayotgan xodimlar uchun qonunda belgilangan tartibda qisqartirilgan ish 
vaqti o‗rnatilishi mumkin. 
Dehqon xo‗jaliklari ish vaqtini o‗zlari mustaqil tarzda belgilaydi. 
Qishloq xo‗jalik xodimlarining ish vaqtini me‘yorlash, ularning dam olish 
vaqtini aniqlashga yordam beradi. Qishloq xo‗jalik xodimlarining dam 
olish vaqtlari kunlik va yillik dam olish vaqtlariga bo‗linadi. Kunlik dam 
olish vaqtiga ish kunida dam olish vaqti; kunlik ishdan keyin dam olish; 
haftalik uzluksiz dam olish vaqti; ortiqcha ishlagan vaqti uchun 
qo‗shimcha dam olish; bayram kunlari dam olish vaqti kiradi. Yillik dam 
olish vaqtiga esa asosiy va qo‗shimcha ta‘tillar kiradi. 
Qishloq xo‗jalik ishlari qizg‗in paytlarda qishloq xo‗jalik 
xodimlarining dam olish vaqtlarini ish kam paytlarga ko‗chirish mumkin. 
Qishloq xo‗jalik xodimlarining dam olish kunlari haq to‗lanadigan 
yillik ta‘tillar berish bilan ham kafolatlanadi. Qishloq xo‗jalik 
xodimlarining yillik haq to‗lanadigan ta‘tillari davomiyligi 24 ish kunidan 
kam bo‗lmasligi kerak. 
Ayrim toifadagi qishloq xo‗jalik xodimlarigaqo‗shimcha ta‘tillar ham 
berilishi mumkin. Jumladan, qishloq xo‗jaligida ishlayotgan traktorchi 
ayollarga qo‗shimcha ta‘til 12 kungacha uzaytirilishi mumkin.
12 yoshgacha ikki va undan ortiq bolasi bor ayollarga uch kunlik 
qo‗shimcha haq to‗lanadigan ta‘til beriladi.

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish