5-§. Qishloq xo„jalik korxonalarida mehnat intizomi
Qishloq xo‗jaligi taraqqiyotini ta‘minlash, qishloq xo‗jaligi ishlab
chiqarishni rivojlantirish, sanoatni xom ashyo, aholini sifatli ozik-ovqat
mahsulotlariga bo‗lgan extiyojlarini qondirishda qishloq xo‗jalik
korxonalarida mehnat intizomini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega.
Mehnat
intizomini
mustahkamlamasdan
turib
qishloq
xo‗jaligi
taraqqiyotiga yerishib bulmaydi.
Mehnat intizomi deganda qishloq xo‗jalik korxonalari xodimlarining
mehnat qonunchiligi va qishloq xo‗jalik korxonalari ichki mehnat tartibi
qoidalarida belgilab qo‗yilgan burchlariga og‗ishmay rioya qilish
majburiyatlari tushuniladi. Mehnat intizomi tushunchasi o‗z ichiga qishloq
xo‗jalik xodimlarining o‗ziga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishi,
261
mehnatga halol munosabatda bo‗lishi, mehnat natijalarining sifat va
samaradorligiga erishishi kabilarni qamrab oladi.
Qishloq xo‗jalik korxonalarida mehnat intizomi bilan bog‗liq bo‗lgan
munosabatlar Mehnat kodeksi va har bir korxonaning ichki mehnat tartibi
qoidalari bilan tartibga solinadi. Bu me‘yoriy hujjatlarda qishloq xo‗jalik
korxonalari xodimlarining burchlari, mehnat intizomini ta‘minlash
choralari, rag‗batlantirish, intizomiy jazolar kabi munosabatlar tartibga
solingan.
Mehnat kodeksining 176-moddasida ko‗rsatilishicha, xodim o‗z
mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarishi, mehnat intizomiga rioya
qilishi, ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini o‗z vaqtida va aniq
bajarishi, texnologiya intizomiga, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi
va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilishi, ish beruvchining
mol-mulkini avaylab asrashi shart.
Mehnat intizomini buzish uzrsiz sabablariga ko‗ra qishloq xo‗jalik
korxonalari umumiy yig‗ilishi, boshqa boshqaruv organlari qarorini yoki
mansabdor shaxslarning farmoyishlarini bajarmaslik, ishga kech kelish,
progul qilish, ishdan erta ketib qolish, ishga mast holda kelish, majburiy
mehnat minimumini bajarmaganlik, jamoa mulkiga beparvolik bilan
munosabatda bo‗lish, xavfsizlik texnikasi qoidalari va yong‗indan
muhofaza qilish tadbirlariga rioya qilmaslik, sifatsiz mahsulotlar ishlab
chiqarish, yerdan foydalanish qoidalarini buzish kabi ko‗rinishlarda
namoyon bo‗ladi.
Mehnat intizomini ta‘minlash halol mehnat uchun rag‗batlantirish va
mukofotlash usullari orqali, noinsof xodimlarga nisbatan esa jazo
choralarini qo‗llash orqali amalga oshiriladi.
Xodimni rag‗batlantirish usullari jamoa shartnomalari, ichki mehnat
tartibi qoidalari, jamoa kelishuvlari, intizom to‗g‗risidagi ustav va
nizomlarda belgilanadi. Ish haqi, mukofotlar, qo‗shimcha to‗lovlar,
ustamalar rag‗batlantirish turlariga kirmaydi.
Mehnat intizomini ta‘minlash maqsadida xodimga mehnat intizomini
buzganligi uchun quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‗llash mumkin:
1) hayfsan; 2) o‗rtacha oylik ish haqining 30%dan ortiq bo‗lmagan
miqdorida jarima; 3) mehnat shartnomasini bekor qilish.
Qishloq xo‗jalik korxonalarida mehnat nizolari deganda korxona
ma‘muriyati bilan xodim o‗rtasida mehnat to‗g‗risidagi qonunlar va
boshqa me‘yoriy hujjatlarni, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan
mehnat shartlarini qo‗llash yuzasidan kelib chikadigan kelishmovchiliklar
tushuniladi. Bu kelishmovchiliklar qishloq xo‗jalik korxonalarida
262
mehnatga haq to‗lash, qishloq xo‗jalik korxonasiga yetkazilgan zararni
undirish uchun ish haqidan ushlab qolish, boshqa ishga ko‗chirish, egallab
turgan lavozimidan bo‗shatish, majburiy progul uchun ish haqi to‗lash,
ta‘til va unga haq to‗lash, xodimga yetkazilgan zararni to‗lash va unga haq
to‗lash, mehnat normasini bajarish, mehnat muhofazasi va shunga
o‗xshashlardan iborat bo‗lishi mumkin.
Mehnat nizolari qishloq xo‗jalik korxonalarida mehnat nizolari
komissiyalari hamda tuman sudlari tomonidan ko‗rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |