264
XIV BOB. XORIJIY MAMLAKATLAR AGRAR HUQUQINING
O„ZIGA XOS JIHATLARI
Xorijiy mamlakatlarda qishloq xo‗jaligi va uni rivojlanishini o‗ziga
xos jihatlari. Xorijiy mamlakatlarda agrar
sohani tashkil etish va
rivojlanishining yuridik tabiati. Bugungi kunda xorijiy mamlakatlarda
qishloq xo‗jaligi sohasida zamonaviy texnologiya va innovatsiyalardan
foydalanish.
1-§. Xorijiy mamlakatlarda qishloq xo„jaligi va uni rivojlanishini
o„ziga xos jihatlari
Qishloq xo‗jaligida investitsiya faolligini oshirishda investitsion
imtiyozlarni qo‗llash xususiy va xorijiy investorlarni ushbu jarayonga jalb
etishda,
avvalambor, ularning moddiy manfaatdorligiga salbiy ta‘sir
ko‗rsatmagan holda, tarmoqda ustuvor ahamiyatga ega bo‗lgan yerning
meliorativ holatini yaxshilash, suv xo‗jaligi infratuzilmasini qayta
ta‘mirlash va rivojlantirish, yangi agrotexnologiyalarni joriy etish, ichki va
tashqi investorlarga yaratilgan shart-sharoitlarda keskin tafovutga yo‗l
qo‗ymaslik va berilayotgan imtiyozlar iqtisodiy
jarayon ishtirokchilarini
to‗liq qanoatlantirilmog‗i lozim.
Yodda tuting.
Ta‟kidlash o„rinliki, bu boradagi xorijiy mamlakatlar
tajribasini o„rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Xorijiy mamlakatlarda
qishloq xo„jaligi samaradorligi asosan yirik fermer xo„jaliklariga bog„liq.
Tabiiyki, yirik ishlab chiqarishning ustunligi bozor iqtisodiyoti qonunlaridan
biri bo„lib, u zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish hamda xom-
ashyoni tejash imkonini beradi. Mutaxassislarning yirik xo„jaliklarga resurs
ehtiyoji mayda xo„jaliklarga nisbatan maydon birligi hisobida ikki baravar
kamligi haqida qayd etishgani ham bejiz emas. Xorijda qishloq xo„jaligida
ishlab chiqarish aynan shu yo„nalishda rivojlanmoqda. Xususan, AQSH,
GFR, Kanada va boshqa mamlakatlar tajribasi yirik tashkilotlarda kichik
xo„jaliklarga qaraganda ishlab chiqarish ko„lami 1,5-2 baravar yuqori va
ayni damda mahsulot tan narxi ham ancha past. Xorijda aynan yirik fermer
xo„jaliklari va birlashmalari qishloq xo„jaligi mahsulotlarini yetkazib
beruvchilardir.
Qayd etish o‗rinliki, chet elda qishloq xo‗jaligiga davlat aralashuvi
asosan rag‗batlantiruvchi tusga ega. Avvalambor, bu qishloq xo‗jaligi
texnikasini modernizatsiya qilish, ekologiya
va agrar sohada zamonaviy
ilm-fan yutuqlarini qo‗llashga qaratilgan faoliyatning davlat tomonidan
qo‗llab-quvvatlanishida namoyon bo‗ladi. Rivojlangan mamlakatlarda
265
qishloq xo‗jaligi sohasida subsidiya va dotatsiyalar 40%dan 80%gachani
tashkil etadi.
Agrar sohani davlat tomonidan rag‗batlantirishga qaratilgan qat‘iy
siyosatni namoyon etuvchi bunday manzarani boshqa rivojlangan
mamlakatlarda ham ko‗rish mumkin. Masalan,
Kanadada sutga davlat
byudjetidan dotatsiya ajratish 90%dan ortiqdir.
G‗arbiy YYevropa mamlakatlari agrar sohaga qishloq xo‗jaligidagi
tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlaridan kelib chiqib mablag‗ ajratadilar.
Chunonchi, iqlim murakkab va beqaror bo‗lgan mamlakatlarda davlat
byudjetining ko‗proq qismi agrar ehtiyojlarga sarflanadi. Quyidagi
ma‘lumotlar ham bu xususida aniq dalolat beradi. Fransiyada 7,1%,
Germaniya da 13,7%, Irlandiyada 14,8%, Avstriyada 13,7%, Daniyada
17,7%, Buyuk Britaniyada 27,2%, Norvegiyada 32,5%
Xorijiy mamlakatlarda qishloq xo‗jaligi
sohasida davlat subsidiyasi
ulushi miqdori to‗g‗risida aniqroq tasavvurga ega bo‗lish uchun ularning
fermerlar va ishlab chiqarish shirkatlari daromadlaridagi ulushlari
to‗g‗risidagi quyidagi ma‘lumotni keltirib o‗tamiz: ushbu ko‗rsatkich
AQSHda-30%, Yevropa Ittifoqi davlatlarida-49%, Shvetsiyada-59%,
Finlandiyada-71%, Yaponiyada 75%ni tashkil etadi.
Davlat tomonidan ko„rsatiladigan moliyaviy yordam miqdori va tavsifi
haqida quyidagi ko„rsatkichlar orqali yanada to„liqroq ma‟lumot olish
mumkin. Zero, Germaniyada har bir fyermyerga yiliga o„rtacha 35
ming markadan to„g„ri keladi va davlat organlari tizimida qishloq
xo„jaligi muassasalari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan
chora-tadbirlar ham amalga oshiriladi. Xususan, mustaqil auditorlik
uyushmalari tomonidan qishloq xo„jaligi shirkatlarining moliyaviy va
xo„jalik faoliyati yiliga kamida bir marotaba tekshiruvdan
o„tkaziladi.Bunday tekshiruv natijasida amaldagi kamchiliklarni
bartaraf etish yuzasidan maslahat va tavsiyalar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: