266
Yodda tuting.
Qishloq xo„jaligi sohasi ehtiyojlari uchun davlat mablag„
ajratishi nafaqat qishloq xo„jaligi xodimlarini qo„llab-quvvatlash, balki
jamiyatdagi ijtimoiy keskinlik va tanglikni kamaytirishning muhim chorasi
hamdir.Bunda ko„pgina mamlakatlarda narx darajasi ham nazorat etilib,
narxning sun‟iy ortishiga yo„l qo„yilmasligi ta‟minlanadi. Jumladan
Fransiyada basharti qishloq xo„jaligi bozorida narx kafolatlangan me‟yordan
ham pasaysa, mahsulot ishlab chiqaruvchilarga davlat hisobidan nafaqat
mahsulotni ishlab chiqarganlik, balki uni saqlash va qayta ishlaganlik uchun
ham kompensatsiya to„lanadi. Bir so„z bilan aytganda dehqonlarga ular
mehnati bilan yaratilgan mahsulotdan o„z hissasini olish kafolatlanadi.
Yuqoridagilar
asosida,
qishloq
xo‗jaligi sohasidagi xorijiy
mamlakatlar tajribasi ushbu mamlakatlarda
davlat aholi ehtiyoji uchun
zarur bo‗lgan qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning
iqtisodiy va moddiy-texnik shart-sharoitlarini yaratish borasida muntazam
g‗amxo‗rlik ko‗rsatib keladi, degan xulosaga kelish mumkin.
2-§. Xorijiy mamlakatlarda agrar sohani tashkil etish va
rivojlanishining yuridik tabiati
Bugungi kunda har bir mamlakat iqtisodiyotida agrar sohaning o‗ziga
xos o‗rni mavjud. Chunki agrar tarmoq mamlakat aholisini muhim oziq-
ovqat mahsulotlariga bo‗lgan talabini qondirish asosidir.
Rivojlangan
mamlakatlar agrar tarmoqlarini o‗rganish shuni ko‗rsatadiki, bu
mamlakatlar qishloq xo‗jaligi umumiy iqtisodiyot tarmoqlarida kam
ulushni tashkil qiladi, ammo bu bilan qishloq xo‗jaligining iqtisodiyotdagi
o‗rni yo‗qolib qolmaydi. Bu esa bugungi kunda jahon andozalari asosida
rivojlanayotgan O‗zbekiston uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Quyida alohida rivojlangan davlatlarning qishloq xo‗jaligi sohasidagi
siyosati va uning ijobiy tomonlari masalasida qisqacha to‗xtalib o‗tamiz.
Fransiya.
Fransiyada qishloq xo‗jaligi sanoati sohasida boshqaruvni
Qishloq va o‗rmon xo‗jaligi
vazirligi, uning mahalliy va departament
boshqarmalari, qishloq xo‗jaligi palatalari, shuningdek qator aralash yarim
davlat tashkilotlari amalga oshiradi.Zero,qishloq xo‗jaligi ishlab
chiqarishini yo‗naltirish va qishloq xo‗jaligi
mahsulotlari bozori
boshqaruvining yagona tizimi tashkil etilgan bo‗lib, ularning vakolati
qishloq xo‗jaligi doirasidan ham chetga chiqadi, zero,
ushbu tizim oziq-
ovqat bozorini ham qamrab oladi. Fransiyada oziq-ovqat kompleksida
tarmoqlararo aloqalarni muvofiqlashtirish organi bo‗lib qishloq xo‗jaligi
va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishni yo‗naltirish va muvofiqlashtirish
bo‗yicha Oliy kengash hisoblanadi.
Ushbu Kengash tarkibiga Moliya,
267
sanoat, qishloq va o‗rmon xo‗jaligi vazirliklari vazirlari kiradi hamda
asosiy faoliyat yo‗nalishi bo‗lib, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari sohasidagi
davlat boshqaruvini takomillashtirish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: